Ilmiy ish asoslari


Malakaviy bitiruv malakaviy ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari



Download 9,27 Mb.
bet105/114
Sana23.01.2022
Hajmi9,27 Mb.
#405951
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
Bog'liq
2 53999826108332156001

Malakaviy bitiruv malakaviy ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tahlim vazirligining tahlim yo`nalishi bo`yicha bitiruv malakaviy ishini bajarishda bitiruvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:

- butun ta’lim jarayoni davomida mutaxassislik bo`yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;

- olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq ilmiy texnikaviy topshiriqlarini yechishda ishlata olish;

- berilgan topshiriqlarni bajarishda izlanish usullarini o`rganish, ulardan qo`yilgan muammo va topshiriqlarni yechishda va tajriba o`tkazishda foydalanish;

- talabaning amaliyotda va ishlab chiqarish tizimida mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash.

Malakaviy bitiruv mavzularini mutaxassislarni shakllantiruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakulg’tet Ilmiy kengashida ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Malakaviy bitiruv ishlar ro`yxati ushbu ishlarni bajarish semestri boshlanishidan bir oy oldin ehlon kilinadi. Malakaviy bitiruv ishlari talabalarning bitiruv ishi bajarilgunga kadar, bajargan kurs loyihalari (ishlari), ilmiy (fundamental fanlar bo`yicha) va mutaxassislik fanlari (texnologiyada EHMni qo`llash, jarayonlar va apparatlar, ularni loyihalash, umumiy texnologik asoslar) hamda boshqa yo`nalish fanlar bo`yicha kurs va loyiha ishlari, shuningdek, bitiruv ishlari kafedradagi “Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari” jamoasi mavzularining davomi sifatida bajarilishi kerak. Bitiruv ishlari mantiq jihatdan oldingi bajarilgan ishlarning mantiqiy tugallangan bo`lishi talab qilinadi.

Bitiruv ishlar mavzularini talabalar erkin tanlash huquqiga ega, bunda belgilangan mavzulardan tanlashlari yoki o`zlari ham asoslagan qolda yangi mavzular olishlari mumkin. Bitiruv ishlar mavzulari, talabalarga ularning shaxsiy arizalari bo`yicha biriktirilgandan so`ng bitiruv ishi kafedra va fakulg’tet takdimnomasiga asosan institut rektorining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.

Malakaviy bitiruv ish mavzusiga muvofiq rahbar talabaga bitiruv ishga amaliyot obhektini o`rganish va material yig`ish uchun topshiriq beradi. SHu bilan birga maxsus shaklda ilmiy rahbar yordami bilan tayyorlangan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlagan va bajarilish muddatlari ko`rsatilgan bitiruv ishi topshirig`i ham beriladi. Malakaviy bitiruv ish rahbari talabaga topshiriqlarni vaqtida bajarish bo`yicha taqvim rejani ishlab chiqishda, kerakli adabiyotlar va manbalarni topishga yordam beradi. Bitiruv ishi tugallangach, ilmiy raxbar uni imzolaydi va bitiruv ishining bajarilishi, talabaning ishga bo`lgan munosabati haqida yozma xulosa beradi. Ilmiy rahbar xulosasida bajarilgan ishlarning barcha qismlari kiskacha tavsiflanishi kerak. Talaba himoyadan 7-10 kun oldin, rasmiylashtirilgan bitiruv ishini ilmiy rahbarning taqrizi bilan dastlabki muhokama-himoya uchun kafedraga topshiradi.

Kafedrada tuzilgan komissiya ahzolari malakaviy bitiruv ishining mazmuni, rasmiylashtirilishini ko`rib chiqib, kamchiliklarini ko`rsatadi va kafedra mudiriga ishning himoyaga ko`yilishi to`g`risida taklifni takdim etadi. Kafedra mudiri talaba malakaviy bitiruv ishining himoyaga ko`yilishi to`g`risidagi taklifni ko`rib chiqib, bitiruv malakaviy ishi titul varag`iga qo`l ko`yadi. Agar kafedra mudiri, bitiruv ishini ximoyaga qo`yilishi mumkin emas deb hisoblasa, unda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbar ishtirokida alohida ko`rib chikiladi. Kafedra majlisi karori fakulg’tet dekani orqali tasdiqlash uchun institut rektoriga chiqariladi. Kafedra mudiri tomonidan himoyaga qo`yishga ruxsat berilgan malakaviy bitiruv ishlari fakulg’tet dekani tomonidan tashqi takrizga yuboriladi. Takrizchilar sifatida boshqa institut professor-o`qituvchilari xam taklif kilinishlari mumkin, fakat ular shu yo`nalishdagi kafedralarda ishlayotgan bo`lishlari kerak.

Malakaviy oitiruv ishlarining himoyasi Davlat Atestatsiya Komissiyasining (DAK) ochiq majlisida kamida komissiya ahzolarining yarmi qatnashgan holda o`tkaziladi. Malakaviy bitiruv ishlarining himoyasiga quyidagi hujjatlar takdim etiladi:

- fakulg’tet dekanining talabalar o`quv rejasini bajarganligi va olgan baholari haqida mahlumot;

- bitiruvchi - talaba haqida tavsifnoma;

- bitiruv ishi rahbarining xulosasi;

- bitiruv ishiga olingan taqriz.

Malakaviy bitiruv ishini himoya qila olmagan talaba institutni bitirganidan so`ng 3 yil ichida malakaviy bitiruv ishini qayta himoyaga ko`yishi mumkin, bunda shu yo`nalishda ishlaganligi to`g`risida hujjat va tavsiyanoma berilishi kerak. Malakaviy bitiruv ishi himoyadan so`ng (kamida 10 yil) saqlanadi.




Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish