Mamlakat ichkarisida yuk tashishda temir yoʻl asosiy rol oʻynaydi. 2000 km t.yildan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy temir yoʻl magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda Marokashning garbiy va sharqiy qismlarini Jazoir va Tunis bilan tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uz. 60 ming km. Marokashda 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer.
Do'stlaringiz bilan baham: |