Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. Marokashning Shimoli-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va janubi-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va boshqalarlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |