Tajriba-sinov ishlarini o`tkazish bosqichlari va yillari
1. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari (2014-2015 o`quv yili)
2. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari (2015-2016 o`quv yili)
3. Tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlari (2016-2017 yil yanvarg’-noyabrg’ )
Tajriba-sinov maydonchalari
Eksperimental tajriba-sinov ishlarini o`tkazish uchun quyidagi oliy ta’lim muassasalari tajriba-sinov maydonchalari sifatida belgilandi:
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Navoiy davlat pedagogika instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Nukus davlat pedagogika instituti
1. Asoslovchi bosqichda (2015-2016 o`quv yili) tajriba-sinov maydonlari sifatida belgilangan oliy tahlim muassasalarida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish holati o`rganildi, so`rovnomalar o`tkazish orqali mavjud muammolar aniqlandi. Anketa so`rovlari chet tillari o`qituvchilari va chet tillarni o`rganuvchi talabalar o`rtasida o`tkazildi. So`rovnomalarda jami 250 nafar (200 nafar talaba, 50 nafar o`qituvchi) respondent ishtirok etdi. O`qituvchilar uchun tayyorlangan so`rovnomalardagi savollarga berilgan javoblar tahlili quyidagi natijalarni ko`rsatdi:
2. Shakllantiruvchi bosqich (2016-2017 o`quv yili) tajriba-sinov ishlarini o`tkazish bosqichi bo`lib, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- oliy ta’lim muassasalarida pedagogik tahlim yo`nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid oid tushunchalarini sinab ko`rish;
- oliy ta’lim muassaslarida pedagogik tahlim yo`nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid qiziqishlarini o`rganish va uning pedagogik asoslarini ishlab chiqish;
-tajriba-sinov guruhlarini tashkil qilish, ular bilan ishlash.
Ushbu bosqichda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, dastavval, tajriba maydonlarida tajriba va nazorat guruhlari ajratib olindi (3.1.1-jadvalga qarang).
Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarini faraziga ko`ra, agar oliy tahlim muassaslarida pedagogik tahlim yo`nalishida ingliz tili tahlimi jarayonida ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinsa, talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini DTS talablari darajasida rivojlantirish imkoniyati paydo bo`ladi, degan fikrga kelindi.
Tadqiqot ishining ushbu farazi, kelingan ilmiy-nazariy xulosalardan kelib chiqib, bo`lg`usi chet tili o`qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasining rivojlanish darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlar belgilandi: tili o`rganilayotgan mamlakat tarixi, xalqning turmush tarzi, milliy urf-odatlari. SHu asosda ishlab chiqilgan mashqlar va topshiriqlar tizimi tajriba maydonlarida ajratib olingan guruhlarda sinovdan o`tkazildi. Olingan natijalar nazorat guruhlari bilan qiyoslanib, natijalarning qiyosiy-solishtirma ko`rsatkichlari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |