Ilmiy bilish ijodiy faoliyatining empirik va nazariy turlari reja



Download 29,73 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2022
Hajmi29,73 Kb.
#399534
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ILMIY BILISh IJODIY FAOLIYATINING EMPIRIK VA NAZARIY TURLARI


ILMIY BILISh IJODIY FAOLIYATINING EMPIRIK VA NAZARIY TURLARI

Reja:

1. Ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlari.

2. Ilmiy nazariya ijodiy jarayoning shakli va natijasi sifatida.

3. Iqtisodiy fanda empirik va nazariy tomonlarining o’zaro aloqasi.



1. Ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlari.

Avvalgi ma’ruzalarda insoniyatning ma’naviy madaniyatida ijodning rolini batafsil analizdan o’tkazib, biz ijodga obektning mutlaqo yangi, ilgari ko’rilmagan holatini (yangi narsalar, xodisalar, jarayonlarni) vujudga keltiruvchi inson insoniyatning atrof-olam bilan faol o’zaro ta’sirga kirishishi shakli deb ta’rif berdik.

Insonning ijodiy faolligiga uning xayotiy faoliyatining rang barang, ba’zan kutilmagan, bir qarashda jumboqli sohalarida namoyon bo’ladi.

Kundalik xayot, oddiy ong darajasida insonning ro’zg’orda, uyda, chorbog’da, dala xovlidagi ijodi xaqida gapirish o’rinli bo’ladi, zotan, inson bu erda o’zining hayotiy faoliyati maydonini ijodiy o’zlashtiradi, o’zgartiradi, qayta tuzadi.

Ishlab chiqarishda, o’z mehnati predmetiga izchil ta’sir ko’rsatish borasidagi mexnat faoliyati jarayonida insonning ijodiy qobiliyati har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishdagiijod jarayonixipma-xildir. Masalan, stexda, zavodda yangi texnologik jarayon, yangi ishlab chiqarish stiklini yaratish - ijod, yangi mexanizmlar va mashinalarni loyihalash xam - ijod, yangi binolar, xatto shaxarlar va posyolkalarni loyixalash, qurish - bu ijodning qurilish va me’morchilikda-gi ko’rinshplaridir.

Agar vrach bemorni davolashga o’ziga xos tarzda, tibbiyotning eng yangi yutuqlarini jalb etgan holda yondashgan bo’lsa, bu erda tibbiyotdagi ijod xaqida gapirish o’rinli bo’ladi. Ishchi, muhandis, konstruktor kattaiqtisodiy samara beradigan, ishlab chiqarishunumdorligini oshiradigan rastionalizatorlik tak-lifini kiritgan bo’lsa, bu erda biz o’z kasbiga tom ma’noda ijodiy yondashuvning guvoxi bo’lamiz.

Qishloq xo’jalik ekinlarining yukori hosil beradigan yangi navlarini, qoramol va parrandalarning mahsuldor zotlarini agrosanoat kompleksiga joriy etish - bu ham odamlarning qishloq xo’jaligidagi ijodidir.

Badiiy ijodning turlari juda xilma-xildir. Bastakorning ijodi - bu yangi musiqa - qo’shiqlar, simfoniyalar, operalar va hokazolar yaratish demakdir. Yozuvchi, shoir, dramaturgning ijodi — bu talant bilan yozilgan qissalar, romanlar, xikoyalar, dostonlar, she’rlar, pesalardir. Rassom va haykaltaroshning ijodi — bu ajoyib rasmlar, freskalar, ofor-lar, haykallar, bareleflar va hokazolardir. Aktyorning ijodi - bu teatrda, kinoda, televidenieda maromiga etkazib o’ynalgan roldir.

Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishiga, o’z kasbiga butun qalbini, iste’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirshpga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda-shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxs g’ayrat-shijoat, bilan, ba’zan dam olish va uyquni unutib, o’zi haqida, o’zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o’z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bo’lsa, o’sha odamlar haqida o’ylab ijod qiladi.

Insonning tabiatni bilish jarayonida, biluvchi sub’ekt tabiatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto xavfli kuchlari bilan yakkama-yakka qolganida odamlarning 63 ijodiy qobiliyatlari, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql-idrok, ta-savvur, fantaziyalar, xotira, intuistiya, sog’lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.

Borliqning sirini bilishga intilishda insonning mahorati, topqirligi, ustomonligi va uddaburonligi bilish jarayonidagi ijodningko’rinishlarini tavsiflaydi. Odamlar ob’ektning u yoki bu jihatlari va xossalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonidan va uning natijalaridan behad lazzatlanadilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy analizdan o’tkazib, tushunib etib va ulardan o’z amaliy faoliyatida faol fovdalanib, olg’a harakatlanish istagi tug’iladi. Sub’ektning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonining o’zi esa ko’pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor, faol yoshlar uchun behad qiziqarlidir.

Bilish jarayonidagi ijodda odamlarning qobiliyati, iste’dodi, hatto dahosi yorqin namoyon bo’ladi, yangi bilim olish jarayonining o’zi xam, bilish faoliyatining natijalarini mushoxada qilish, teran va aniq tushunib etish ham ijodiy jarayondir.

Sub’ektning ijodiy-bilish bilan bog’liq faolligidan bilim olish, uni o’zlashtirish, oshirish, inson ehtiyojlari uchun undan foydalanshp tizimiga o’tadigan bo’lsak, ijodning son jixatidan yangi bosqnchiga ko’tarilamiz — bu fan emas, balki ilmiy bilishdir. Fan deganda mutgasil, faol va ijodiy ravishda yangi bilimlar ishlab chiqaradigan ijtimoiy institut tushuniladi, olimlar, ilmiy xodimlar, oliy ma’lumotli mutaxassislar esa — bu ilmiy bilish bilan shug’ullanuvchi odamlardir. Muttasil ijodiy izlanish, bilimga intilish, o’z ilmiy tadqiqot faoliyatida halollik va xolislik chinakam olimning zarur sifatidir. Chinakam olim, ijodkor fanda bitta maqsadga - ob’ektiv haqiqatga, aniq, to’g’ri, mukammal va teran bilimga erishishga xizmat qiladi.


Download 29,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish