43
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
komponentlarining ta’riflanishdagi tanish, tanlanma va yakuniy belgilarni aniqlash yo`li bilan
o`zlashtirish bo`yicha izchil va puxta ishlashga yo`naltiriladi.
Birinchi (namoyish-mashq qilish) modulining tuzilishi:
1-bo`lim – orfografik materialni o`rganishga tayyorgarlik.
2-bo`lim – qoidaning ifodalanishi ustida ishlash.
3-bo`lim – o`rganilgan orfogrammalarning so`zlarda belgilanish tartibi.
4-bo`lim –orfografik bilim, ko`nikma va malakalarni birlamchi mustahkamlash.
Ikkinchi (nazorat-mashq qilish) moduli variantli topshiriqlar va mashqlarni, yordamchi kadrlarni
o`z ichiga oladi.
Uchinchi (test) modul o`quvchi baholanadigan tabaqalashtirilgan topshiriqlardan tashkil topadi.
Dastur tuzishda o`quvchilar faoliyatining motivatsiyalanishi zarurligi hisobga olinadi. Bu xildagi
dasturlar asosida ishlaganda mashqlarni bajarish maqsadi tushunarli bo`lishi lozim. Ta’limiy nuqtayi
nazardan ma’lum qoidalar hamda qoidalar tizimini egallash, psixologik jihatdan orfografik tahlilni
o`tkazish chog`ida tafakkur va aqliy faoliyat rivojlanadi.
Faoliyat maqsadi bilan dastlabgi tanishish kompyuter dasturlari bilan ishlashda o`qituvchining
oldindan tushuntirishi orqali amalga oshiriladi.
Dasturlar displey ekranida taqdim qilinadigan materiallar xarakteri bo`yicha farqlanadi. Ular
faqat til birliklari (so`z, so`z birikmalari, gaplar)ni, til materiali va sxemalarni, jadval va rasmlarni o`z
ichiga olishi mumkin.
Orfografiya bo`yicha dasturlar asosida til materiali yotadi. Biroq yorqin ko`rish obrazlari, grafik
ko`rgazmalilik, tasvirlarning dinamik xarakterda bo`lishi (multiplikatsiya) materialning yaxshiroq
xotirlab qolinishiga muvofiqdir. Kombinatsiyalangan dasturlar xarakteri bo`yicha turlicha ko`rgazmali
materialni taqdim etishda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Metodik adabiyotlarda dasturlarning ikki tipi farqlanadi:
1) faqat xatoni qayd etuvchi dasturlar;
2) tushuntiruvchi dasturlar.
Ikkinchi tipdagi dasturlarning istiqbolli ekanligi shubhasizdir. Chunki kompyuter xatolarni
tushuntirishi, uni bartaraf etish yo`llarini ko`rsatishi, qoidalarni ongli tarzda qo`llashga yo`llashi
mumkin.
Shunday qilib, orfografik mavzularni o`rganish darslarida namoyish-mashq qilish, nazorat-mashq
qilish, test modullarini o`z ichiga oladigan va faqat xatolarni qayd qilishgina emas, balki tushuntirishga
qodir, individual ishlashga yo`naltirilgan adaptiv-o`yinli va muammoli topshiriqlar kiritilgan
kombinatsiyalangan dasturlar ijobiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: