Ilmiy pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ham boshqa yo‘nalishlar kabi ijod usuli bilan yangilik yaratadi, ta’limdagi xilma xil muammolarni qo`yadi va hal qiladi, ularning o`ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o`ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo`ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o`zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko`maklashadi. Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo`ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega. Ilmiy ijod - bu ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan foydalanish, ilmiy bilimni yangi qonunlar va qonuniyatlar, yangi ilmiy prinsiplar va nazariyala, inson faoliyatining xar xil sohalaridagi amaliyotga faol chiqishlar bilan boyitish bilan bog‘liq bilish va bunyodkorlik faoliyatidir.
Ilmiy ijod bu asosiy jihati o`rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning,
ularning harakat va rivojlanish qonunlarining moxiyatini abstrakt tushunchalar,
sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat
bo`lgan ob`ektiv voqelikni sub`ektiv aks ettirishdir. Inson ijodiy ilmiy tadqiqotlar yordamida o`zini kurashgan olamga epistemologik jixatdan faol, muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muxim jihati bo`lib, u ilmiy tadqiqot ob`ekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi sohalari xaqida ma`lumotlar olishda namoyon bo`ladi. Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi yangi ilmiy bilimlarni umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta`biri bilan aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi zamon qobiliyatli olimi yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma`lumotli odam bo`lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko`nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga, keng xayot tajribasiga ega, o`tkir zehnli bo`lishi kerak. Fanni ijodiy, faol rivojlantiri hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotining ajralmas jihatidir. Dolzarb ilmiy muammolarning yechimini topishga nisbatan ijodiy, o`ziga xos yondashuv ko`pgina hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlariga xos xususiyatdir. Pеdagogikaning ilmiy tadqiqot mеtodlari qanchalik to`g`ri tanlansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu dara'jada yaqshilanadi, pеdagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli, pеdagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to'la yaratilgan va ishlab chiqilgan emas.
Odatda fandagi har bir yangi qadam faqat avvalgi yutuqlarga tayangan hol-
da boyitilishi mumkin:
- yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli bo‘lib haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi;
- o ‘tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi;
- o ‘tmishdagi bilimlaming faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga
mos keluvchi elementlargina ahamiyatlidir.
Ta’lim va tarbiya masalasini turli fanlar tadqiq etishi mumkin. Ta’lim-tarbiya esa k o ‘p qirralidir. Ta’lim-tarbiya sotsiologiya, falsafa, psixologiya va boshqa fanlarning o ‘rganish obyekti bo’lib , turli rakurslarda o ‘rganiladi: qadriyat; madaniyat komponenti; ijtimoiyla shuv; dinamik va statistik tizim; o‘qituvchi va o ‘quvchining o ‘zaro faoliyati; jarayon; natija; mustaqil ta ’lim; boshqaruv va loyihalashtirish obyekti; ta’lim xizmatlari sohasi va h.k. Har bir fan muayyan rakurs, dolzarb tadqiqot masalalari, tushuncha doirasi, nazariy va metodologik pozitsiyalar kontekstida voqelik obyektini o ‘rganadi va bu bilan tadqiqot predmetini loyihalashtiradi.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilami kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta ’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili. M e’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi: pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o ‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlami fanning fundamental asoslariga mu- voftqligini aniqlash; maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus
bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalaming bir xil qo‘llanilishi; pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish; tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati; pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi; pedagogik fanlar tizimi, ulaming o ‘zaro aloqasi. Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatiar ham bevosita metodologiyaning m e’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizirn haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog'i, metodologiya predmeti - faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati - bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi- metodologik tadqiqot va metod ologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo'nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi -
metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi. Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l q o ‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birin- chisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qoMlash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi — umumnazariy savollar esa
pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta ’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yyechimiga qaratiladi.Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilaming diqqat markazida b o iib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qiiish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bogMangan. Ularning to ‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlami amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi dalillar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida
rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga
bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushun-
chasiga nisbatan turlicna yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini ko‘proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to ‘g ‘risidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari to ‘g ‘risidagi taiim o t» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o ‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o'zgartirish metodlari to ‘g ‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.
Shu o’rinda aytish kerakki, O‘zbekiston Mustaqilligining ilk yillarida milliy metodika, pedagogika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etgan tadqiqotlar yaratildi, bugungi milliy metodika о‘qitishning jahon miqyosidagi xalqaro strategiyalari, jahon adabiy ta’limidagi yondashuvlarning turfalashuvi, dunyo maydonlarida sohaga oid yaratilayotgan tadqiqotlarning rivojlanishi, ahamiyatiga asoslangan tahlil natijalari bilan qiyoslansa adabiyot о‘qitish metodikasining ilmiy, nazariy asoslari, taraqqiyoti xavas qilgudek darajada emasligini kо‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi ona tili va adabiyoti saohasida olib boriladigan tadqiqotlar mavzularini tanlashda asosas, zaru, davlatning iqtisodiyotiga, davlat ta’limi taraqqiyotiga hissa qo’sha oladigan mavzularni tanlsh va ular asosida milliy ta’limni yuqori bosqichlarga olib chiqish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |