Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

VENALAR 

 

Venalar tomirlar sistemasining olib ketuvchi qismi hisoblanadi. Venalar devorining tuzilishi 



ularning  faoliyati  bilan  uzviy  bog’liq.  Arteriyalarga  nisbatan  qon  bosimining  pastligi  (15–20  mm 

simob ustuni) va oqim tezligining kamligi (a’zolar venalarida 10 mm/s atrofida) sababli venalar devori 

yupqa  va  ularda  elastik  elementlar  kam  bo’ladi.  Tananing  qaysi  qismida  joylashganligiga  qarab, 

venalar  devorining  tuzilishi  bir-biridan  farq  qiladi.  Tananing  pastki  qismidagi  venalarda  qon  o’z 

og’irligi kuchini yengib harakatlanadi va bu holat venalar devorida mushak elementlarining kuchli 

rivojlanishini, hamda ularda klapanlar bo`lishini taqozo qiladi. Tananing yuqori qismidagi venalarda 

esa, qon o’z og’irlik kuchi bilan harakat qilganligi tufayli ularning devori ancha yupqa va mushak 

elementlari kam bo’ladi. Qon oqishi xususiyatlariga ko’ra ba’zi a’zolar (miya pardalari, ko’zning to’r 

pardasi, qon yaratuvchi a’zolar, yo’ldosh) ning venalarida mushak elementlari mutlaqo bo’lmaydi. 

 

Devorida mushak elementlarining rivojlanish darajasiga qarab venalar ikki tipga bo’linadi: 1) 



mushaksiz venalar; 2) mushakli venalar. Mushakli venalar o’z navbatida yana uch gruppaga bo’linadi: 

1) mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan, 2) mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan va 3) 

mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalar. 

 

Mushaksiz yoki tolali tipdagi venalar (venae fibrotypicae). Bularga qattiq va yumshoq miya 

pardalari, ko’zning to’r pardasi, suyak, taloq va yo’ldosh venalari kiradi. Miya pardalari va ko’zning 

to’r  pardasi  venalari  qon  bosimiga  mos  ravishda  o’zgaruvchan  bo’ladi.  Ular  juda  ham  kengayishi 

mumkin, lekin ularda to’plangan qon o’z og’irlik kuchi bilan yirikroq venalarga osongina oqib ketadi. 

Suyak,  taloq  va  yo’ldosh  venalarining  devori  esa  uni  o’rab  turuvchi  to’qimalar  bilan  zich  birikib 

ketgan va shu sababli ular puchaymaydi, qon ulardan ham oson oqib ketadi. Bu venalarning devori 

bazal membrana ustida yotgan bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Bazal membranadan 

tashqarida yupqa biriktiruvchi to’qimali qavat bo’lib, u o’zini o’rab turgan to’qimalar bilan qo’shilib 

ketadi. 

 

Mushak tipidagi venalar (venae myotypicae) dan mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan 

venalarga tananing yuqori qismida joylashgan kichik va o’rta kalibrli (1–2 mm) venalar hamda yuqori 

kavak  vena  kiradi.  Bu  venalar  devori  ham  uch  qavatdan  tuzilgan.  Ichki  qavat  endoteliy  va  yaxshi 

rivojlanmagan  subendoteliydan  iborat.  O’rta 

qavatda  aylanasiga  yo’nalgan  silliq  mushak 



 

212 


tutamlari joylashgan. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda ayrim silliq mushak 

hujayralari yotadi. 

 

Mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan venalar qatoriga yuqori kovak vena kiradi. Uning 



devori uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va biriktiruvchi to’qimadan iborat. Endoteliy osti 

qavatidan  so’ng  aylanasiga  yo’nalgan  silliq  mushak  hujayralarining  tutamlari  yotadi.  Mushak 

tutamlari  orasida  biriktiruvchi  to’qima  qatlamlari  joylashib,  ular  aniq  chegarasiz  tomirning  tashqi 

qavatiga  qo`shiladi.  Biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  eng  kuchli  taraqqiy  etgan  tashqi  qavatida  esa 

uzunasiga yo’nalgan elastik tolalar va sirkulyar hamda qiyshiq joylashgan kollagen tolalar mavjud. 

 

Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar (masalan, yelka venasi) devorida ham 3 ta 



qavat  farq  qilinadi  (130-rasm).  Ichki  qavat  endoteliydan  iborat  bo’lib,  uning  hujayralari 

arteriyalardagiga  nisbatan  kaltaroq.  Biriktiruvchi  to`qimadan  iborat  endoteliy  osti  qavati  sust 

rivojlangan  bo’lib,  u  yerda  uzunasiga  yo’nalgan  ayrim  mushak  hujayralari  kuzatiladi.  Vena  ichki 

elastik  membranasi sust rivojlangan bo’lib, u o’rta va tashqi qavatlarning elastik elementlari bilan 

tutashib ketgan elastik tolalar to’ridan iborat. O’rta qavat sust rivojlangan va unda kollagen tolalar 

ko`proq bo’ladi. Mushak hujayralari bu yerda aylanasiga yo’nalib, ayrim tutamlar hosil qiladi. Elastik 

elementlar oz miqdorda bo’ladi. Tashqi qavat bu venalarda eng kuchli taraqqiy etgan. Unda uzunasiga 

yo’nalgan  kollagen  tolalar  ko’proq  bo`ladi.  Elastik  tolalar  esa  ozroq.  Tashqi  qavatda,  shuningdek, 

uzunasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari ham uchraydi. 

 

 



                                 

 

130  -  rasm.  Mushak  elementlari  o’rtacha  taraqqiy  etgan  vena.  Gematoksilin-eozin  bilan 



 

bo’yalgan. 0b. 20.ok. 10. 

 

I  –  ichki  qavat;  a  –  endoteliy;  b  –  endoteliy  osti  qatlami;  2  –  o`rta  qavat;  d  –  mushak 



 

hujayralari; 3 –  tashqi qavat. 

 

 

Mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalarga tananing pastki qismidagi  yirik  venalar 



kiradi.  Ular  tuzilishining  o’ziga  xosligi,  qon  oqish  tezligining  keskin  susayishi,  tomirda  qon 

bosimining  pasayishi  qonning  o’z  og’irlik  kuchini  yengishi  uchun  kerak  bo’ladigan  qo’shimcha 

zaruriyatlar  bilan  bog’liq.  Tomir  devorining  har  uchala  qavatida  mushak  ele-mentlarining  kuchli 

rivojlanganligi va ichki qavatda klapanlarning borligi ana shu bilan izohlanadi. 

 

Son venasi mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venaga misol bo’ladi. Uning devori ham 



uch qavatdan iborat. Ichki qavat endoteliy va subendoteliydan tuzilgan. Ichki qavat tomir ichiga turtib 

chiqqan klapanlarni hosil qiladi. Klapanlarning negizi biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uning 

ustini endoteliy hujayralari qoplaydi. Klapanlar tomirdagi qonning teskari oqishiga to’sqinlik qiluvchi 



 

213 


tuzilma  hisoblanadi.  O’rta  qavat  aylanasiga  yo’nalgan  silliq  mushak  tutamlari  va  ular  orasidagi 

biriktiruvchi to`qima qatlamlaridan iborat. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda 

uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari joylashadi. 

 

Pastki kovak vena tashqi qavati eng kuchli taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ichki qavati 



endoteliy  va  uning  ostida  yotgan  yupqagina  endoteliy  osti  qatlamlaridan  iborat.  Endoteliy  osti 

qatlamida uzunasiga yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari uchraydi. Urta qavat ham sust taraqqiy 

etgan va undagi ayrim silliq mushak tutamlari aylanasiga joylashgan. Adventitsiya qavati juda qalin 

bo’lib, u ichki va o’rta qavatlarining qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta qalin. Tashqi qavatda 

uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining yo’g’o.n tutamlari yotadi. Bu yerda biriktiruvchi 

to’qima tolalari mushak tutamlari orasida yupqa qatlamlar hosil qiladi. Venalarning tashqi va o’rta 

qavatlarida qon tomirlarning tomirchalari va nerv tolalari kuzatiladi. 

 

Ba’zi a’zolar qon tomirlarining o’ziga xos tuzilishi. Qon tomirlarning ba’zi bo’limlari a’zolarga 



xos tuzilishga ega. Masalan, kalla  suyagi arteriyalari devorining o’rta va tashqi qavatlarida elastik 

elementlarining  sust  rivojlanganligi  bilan  ajralib  turadi;  tashqi  elastik  memb-rana  esa  umuman 

bo’lmaydi. Ichki elastik membrana esa, aksincha, yaqqol ko’rinib turadi. Bosh miya arteriyalari ham 

xuddi  shunday  xususiyatlarga  ega.  Kindik  arteriyasida  ichki  elastik  membrana  bo’lmaydi.  Ensa 

arteriyasi  devorining  ichki  pardasida  silliq  mushak  hujayralari  tutamlari  kuchli  taraqqiy  qilgan. 

Buyrak, ichak tutqich, taloq va toj arteriyalari devorining tashqi pardasida bo’ylama yo’nalgan silliq 

mushak  hujayralari  tutamlari  yaxshi  rivojlangan.  Bachadon,  jinsiy  olat,  yurakning  so’rg’ichsimon 

mushagi  va  kindik  tizimchasi  arteriyalarida,  ayniqsa  uning  yo’ldoshga  o’tish  joyida,  silliq  mushak 

hujayralari tutamlari ham ichki hamda tashqi qavatlarda uchraydi. 

 

Ba’zi bir venalar ham qaysi a’zoda joy1ashishiga ko’ra o’ziga xos tomonlari bilan farqlanib 



turadi. Masalan, o’pka va kindik venalarida o’rta pardasidagi sirkulyar yo’nalgan silliq mushak qavati 

yaxshi rivojlangan bo’ladi va arteriolalarni eslatadi. Yurak venalari esa o’rta qavatida bo’ylamasiga 

yo’nalgan silliq mushak hujayralarini tutadi. 

 

Darvoza venasining o’rta pardasi ikki: ichki aylana va tashqi bo’ylama mushak qavatlaridan 



iborat. Ba’zi venalar, masalan, yurak venalari o’z tarangligini oshiruvchi elastik membrana tutadi. Bu 

esa doimo qisqarib turadigan a’zoda venalar ichki bo’shlig’ining muntazam ochiq bo’lishini ta’minlab 

turadi. Yurak qorinchalarining chuqur venalari sinusoid kapillyarlarisimon tuzilgan bo’lib, devorida 

mushak  hujayralari  va  elastik  membranalar  tutmaydi.  Yurakning  epikard  qavatida  joylashgan 

venalarida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari uchraydi. Buyrak usti bezi venalarining 

ichki qavatida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari yostiqchasimon bo’rtib joylashadi. 

Jigar venasi, ichak shilliq osti pardasidagi venalari, burun shilliq qavatining venasi, jinsiy olat venasi 

va boshqa venalar qon oqishini boshqarib turuvchi mushakli sfinkterlar bilan ta’minlangan. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish