Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


ARTERIOLO-VENULYAR ANASTOMOZLAR



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

ARTERIOLO-VENULYAR ANASTOMOZLAR  

(ANASTOMOSIS ARTERIOLOVENULARIS) 

 

 



Bular shunday tomirlarki, ulardan oqayotgan arterial qon kapillyarlarga o’tmasdan, to’g’ridan-

to’g’ri  venalarga  quyiladi.  Arteriolo-venulyar  anastomoz  (AVA)  larni  deyarli  hamma  a’zolarda 

uchratish mumkin. Ularning diametri 30–500 mkm bo’lishi, uzunligi esa 4 mm gacha yetishi mumkin. 

 

AVA larni tuzilishiga ko’ra ikki gruppaga ajratish mumkin: 



 

1. Haqiqiy AVA lar (shuntlar). 

 

2. Atipik AVA lar (yarim shuntlar). 



 

Haqiqiy  AVA  larda  venaga  toza  arterial 

qon  quyiladi.  Tuzilishiga  ko’ra  ular  ham  ikki 



 

210 


xilga  tafovut  qilinadi:  a)  maxsus  bekituvchi  tuzilmaga  ega  bo’lmagan  va  b)  maxsus  bekituvchi 

tuzilmaga ega bo’lgan haqiqiy AVA lar. Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan ABA larda bir 

tomirning  ikkinchisiga  o’tishi  chegarasi  bo’lib  arteriola  o’rta  qavatining  tugagan  joyi  hisoblanadi. 

Qon  oqimi  arteriola  devorining  o’rta  qavatidagi  silliq  mushak  hujayralari  tomonidan  boshqariladi 

(129-rasm, I). 

 

Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA larning ham ikki turi farqlanadi: tutashuvchi 



arteriya  tipidagi  AVA  devorining  ichki  pardasida  bo’ylama  yo’nalgan  mushak  hujayralari  yaxshi 

taraqqiy etgan bo’lib, tomir bo’shlig’iga chiqib turuvchi yostiqchalar yoki burmalar hosil qiladi (129-

rasm,  II  A).  Mushak  hujayralarining  qisqarishi  natijasida  yostiqchalar  tomir  bo’shlig`ini  berkitib 

qo’yadi. 

 

 

 



129-rasm. Arteriolo-venulyar anastomozlar (AVA) (Yu.I. Afanasevdan).               

I – Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan AVA.  

1 – arteriola; 2 – venula; 3 – anastomoz; 4 – anastomozning silliq mushak hujayralari. 

II – maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA: A – tutashuvchi arteriya tipidagi anastomoz;  

B  –  epitelioid  tipidagi  oddiy  anastomoz.  D  –  epitelioid  tipidagi  murakkab  (koptokchasimon) 

anastomoz. 

1 – endoteliy; 2 – bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralar tutami; 3 – ichki elastic membrana; 4 

– arteriola; 5 – venula; 6 - anastomoz; 7 – anastomozning epiteliysimon hujayralari; 8 – biriktiruvchi 

to’qimadagi gemokapillyarlar. 

III – Atipik anastomoz. 1 – arteriola; 2 – kalta gemokapillyar; 3 – venula. 

 

 

Bu anastomozlarning ikkinchi turi epitelioid tipidagi AVA lar bo’lib, ular ham o’z navbatida 



oddiy  va  murakkab  bo’lishi  mumkin.  Epitelioid  tipidagi  oddiy  AVA  lar  arterial  qismining  o’rta 

qavatida ichki bo’ylama va tashqi aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari joylashganligi bilan 

ajralib turadi. Anastomozning venoz qismiga yaqinlashgan sari ularning ichki bo’ylama qavati kalta 

oval shakldagi, sitoplazmasi oqish hujayralar (E-hujayralar) bilan almashinadi (129-rasm, II B). Shu 

mushak hujayralari epiteliysimon hujayralar deb yuritiladi. Bu AVA larning venoz qismi devori juda 



 

211 


yupqalashib ketadi. O’rta qavati juda kam miqdorda aylana joylashgan silliq mushak hujayralarini 

tutadi.  Murakkab  yoki  koptokchasimon  epitelioid  tipidagi  AVA  larning  oddiy  anastomozdan  farqi 

shuki, ularda qon olib keluvchi arteriola 2–4 ta tarmoqqa bo’linadi, so’ngra venoz segmentiga o’tadi. 

Bu tarmoqlar yagona umumiy biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan (129-rasm, II D). Bunday 

anastomozlar  qo’l  panjalarining  terisida  ko`plab  uchraydi.  Anastomoz  devoridagi  epiteliysimon 

hujayralar  suvni  o’ziga  shimib,  shishish  xususiyatiga  ega  bo’lganligidan  tomir  bo’shlig’i  torayishi 

yoki butunlay bekilib qolishi mumkin. Bu hujayralardan suyuqlikni chiqishi esa anastomoz orqali qon 

oqishini ta’minlaydi. Ana shunday tarzda anastomoz orqali qon harakati boshqariladi. 

 

Atipik  AVA  lar  (yarimshuntlar)  da  arteriola  va  venula  bir-biri  bilan  kalta  kapillyar  tipidagi 



tomir orqali birlashadi (129-rasm, II). Bu tomir devori orqali qisman modda va gaz almashinuvi sodir 

bo’ladi, shu sababli venulaga qisman aralash qon quyiladi. 

 

A’zolar  orqali  qon  oqimini  boshqarishda  va  qon  bosimini  bir  maromda  ushlab  turishda 



arteriolo-venulyar anastomozlarning ahamiyati juda katta. Ular tufayli a’zolar o’z zaruriyatiga yarasha 

qon bilan ta’minlanadi. A’zo yoki uning bir qismi ish bajarayotgan bir paytda qonning ko’p qismi 

AVA  lar  orqali  to’g’ridan-to’g’ri  venalarga  yo’naladi.  Qonni  kapillyarlar  orqali  o’tkazish 

zaruriyatining kamayishi yurak faoliyatini biroz yengillashtiradi. Bundan tashqari, arteriya qonining 

bosimi  anastomozlar  orqali  vena  tomiriga  uzatilishi  ularda  qon  oqimini  tezlashtiradi  va  venada 

kislorodga  boy  arterial  qonning  oqishini  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  organizmning  qon 

aylanishining buzilgandagi va har xil patologik jarayonlardagi kompensator reaksiyalarida AVA lar 

juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish