43
26- rasm. Hujayraning mitoz usuli bilan bo`linishi (sxema).
I, 2-interfaza; 3, 4-profaza; 5-metafaza; 7, 8-telofaza (Meziyadan).
27-rasm. A, B-Mitoz (kariokinez). Piyoz po`sti. Temirli gematoksilin bilan bo`yalgan.
A-ob. 60, ok. 10; B-ob. 40, ok. 10. 1-profaza; 2-metafaza: 3-anafaza; 4-telofaza.
Metafazada butunlay shakllangan xromosomalar ekvatorial yuzada joylashgan bo`ladi (27-
rasm, a va 28-rasm, a). Xromosomalarning dukka qarab harakat qilishi xromosoma sentromerlarining
mitotik apparatning xromosoma iplarga birlashishi bilan tugaydi (ekvatorial plastinka yoki onalik
yulduzi). Metakinez (xromosomalarning dukka harakati) natijasida xromosomalar duk ipchalarga
nisbatan perpendikulyar yotadi, xromosomalarning bunday joylashishi ularning sonini, shaklini va
44
kattaligini aniqlashga yordam beradi.
Har bir tur mavjudotda ma’lum sondagi
xromosomalar bor. Xuddi shu fazada har
bir xromosoma bir xil ikki nusxadan -
xromatidadan
tashkil
topganligi
ko`riladi.
Anafaza
-
xromosomalar
xromatidalarining
bir-biridan
ajralishidan boshlanadi. Bu vaqtda har
bir
xromosoma
hosil
qilgan
qiz
xromosomalar (xromatidalar) qarama-
qarshi qutbga qarab harakat qiladi. Bu
tarzda «qiz yulduzi» shakllanadi (27-
rasm, b). Xromosomalarning harakati bir
xilda - sinxron kechadi. Bu harakat
mexanizmi hali noma’lum.
Telofaza - mitozning oxirgi davri.
Uning boshlanishi xromosomalarning
hujayraning qarama-qarshi qutblariga
yetishiga to`g`ri keladi. Telofaza go`yo
profazaning teskarisi bo`lib, hamma
jarayonlar teskari tartibda ketadi. Duk
yo`qoladi,
buralgan
xromosomalar
yoyilib, uzunlashadi. Qiz yadrolar
qaytadan tiklanadi, yadrocha va yadro
qobig`i hosil bo`ladi (27-rasm, b, v va
28-rasm,
b).
Mitotik
apparat
parchalanadi va hujayra tanasining
bo`linishi ro`y beradi (sitotomiya yoki
sitokinez). Qiz hujayralari yadrosi
interfazadagi hujayralarga xos tuzilishga
ega bo`ladi. Sitotomiya mexanizmi hali
yetarli o`rganilmagan.
Xromosomalar (yunon. chroma -
rang, soma - tana) - yadro xromatinidan
tashkil topgan bo`lib, hujayralarning
irsiy belgilarini saqlovchi substratdir.
Har bir xromosoma uzunasi bo`ylab
ikkita morfologik bir xil tuzilgan
xromatidalardan tashkil topgan. Har bir
xromatida
bir
gigant
dezoksiribonukleoproteid
ipchadan
hosil bo`lgan.
Shunday
qilib,
xromosoma,
xromatidaning asosiy struktur birligi
DNK. molekulasidir. Xromosomalarda
uzunligi bo`yicha bo`yaluvchi qismlar -
27- rasm. V. Hayvon hujayrasidagi migoz. Ingichka
ichak
kriptasi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. Ob-
40, ok. 10. 1-boshlang`ich telofaza; 2-kechki telofaza
28- rasm. A- mitoz bo`linish. Metafaza. Xromosomalar
ekvatorda joylashgan. Ingichka ichak kriptasi. Elektron
mikrofotogramma.
X
12.000.1-xromosomalar,
2-
mitoxondriya .
28-rasm. B - mitoz bo`linish. Telofaza. Sitoplazmaning
bo`linishi, qiz hujayra
yadrolarining
shakllanishi.
Ingichka ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma X
12.000.
1-qiz hujayralar yadrolari; 2-sitotomiya; 3-
mitoxondriyalar.
45
xromomerlar (yoki disklar) va bo`yalmaydigan qismlar - xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gomologik xromosomalar - ma’lum bir muntazam tuzilishga ega. Xromosomalarning
tuzilishi ma’lum turlar uchun doimiy. Xromosomalarning shakli birlamchi tortmaning joylashishiga,
ya’ni xromosoma ikki yelkasining birlashish o`rniga bog`liq. Xromosomalarning bu yeri och bo`lib,
unda ma’lum struktura- sentromera (kinetoxor yoki kinomera) joylashadi.
Mitozning anafaza davri xromosomalarning morfologik tuzilishini o`rganish uchun qulay.
Metafaza va anafazadagi ko`rinishga qarab xromosomalar 3 tipga bo`linadi: 1) akrotsentrik- qisqa,
ba’zan yaxshi ko`rinmaydigan ikki yelkali tayoqchasimon xromosomalar: 2) submetatsentrik - turli
uzunlikdagi yelkali L- ko`rinishini eslatuvchi xromosomalar; 3) metatsentrik V-simon, yelkalari teng
yoki deyarli teng xromosomalar.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng doirada farq qiladi. Odatda odam
xromosomalarining uzunligi 4-6 mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har xil bo`ladi.
Odam somatik hujayralarida soni juft, ya’ni diploid 46 xromosoma bor. Jinsiy hujayralar yakka, ya’ni
gaploid xromosomalar to`plamini saqlaydi (odamda 23 ta). Ikki gameta-ning (erkak va ayol)
birlashishi natijasida gomologik xromosomalar qo`shiladi va diploid to`plam xromosomalarini hosil
qiladi, ular keyingi hamma somatik hujayralarga beriladi.
Hujayraning xromosoma to`plami faqat oddiy xromosomalarni (autosomalarni) ushlabgina
qolmay, undan morfologik jihatdan va o`z xususiyati bilan farq etadigan kamida yana bitta
xromosoma ushlaydi. Bunday xromosomalar qo`shimcha xromosoma yoki jinsiy xromosomalar
deyiladi. Jinsiy xromosomalar tuzilishi bo`yicha 2 turli bo`ladi. Erkaklar somatik hujayralarida X-va
Y xromosoma, ayol organizmida esa ikkita bir xil jinsiy xromosomalar uchraydi (XX). Spermatozoid
va tuxum hujayra yadrolari birlashganda urug`langan tuxum hujayra bitta X-xromosomani
spermatozoiddan, ikkinchi X-xromosomani esa tuxum hujayradan oladi. 1949yilda Barr va Bertram
urg`ochi mushukning nerv hujayralari yadrosida erkak mushuk yadrosida uchramaydigan kichik
xromatin tanachalar borligini ko`rsatishdi. Keyiichalik bunday tanachalar ayol neytrofil hujayrasida
«baraban tayoqcha» shaklida bo`lishi aniqlandi. Hozirgi davrda jinsiy xromatin ayol (X-xromatin,
Barr tanachasi) organizmining deyarli hamma hujay-ralarida topilgan. Ma’lum bo`lishicha, ikki X-
xromosoma ushlovchi ayol somatik hujayralarida ikki X-xromosomaning biri xromatin tanachalar
shaklida joylashar ekan (shuning uchun bir X-xromosoma tutuvchi erkak somatik hujayralarida bu
tanacha topilmaydi). X-xromosomalar soni o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan genetik kasalliklarda bu
tanachalar soni ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: