Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Lizosomalar. Differensial sentrifugalash metodi bilan mitoxondriya va mikrosomalar orasida 

alohida zarrachalar va ularning to`plamlari tafovut qilinadi. Bu zarrachalar - belgiyalik bioximik De 

Dyuv  tomonidan  ochilgan  bo`lib  lizosoma  (yunon.  lysis  -  eritish,  soma  -  tana)  deb  ataladi.  Ular 

kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar sut emizuvchilarda, qushlar, 

amfibiylarda va boshqa hayvon va odam organizmi hujayralarida topilgan. 

Elektron mikroskop ostida zarrachalar kattaligi o`rtacha  - 0,4 mkm bo`lib, dumaloq shaklga 

ega. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o`ralgan. Lizosomalar moddasi 

turli xil tabiatli bo`lib, ko`pincha, qoramtir ko`rinishga ega. Lizosomalar qobig`i buzilganda gidrolitik 

fermentlar  ajraladi.  Lizosomalarda  hozirgi  davrgacha  40  dan  ortiq  ferment  (kislotali  fosfataza, 

kislotali ribonukleaza, arilsulfataza, beta-glyukuronidaza, beta-galaktozidaza, katepsin va boshqalar) 

aniqlangan.  Lekin  lizosomalarda  lipidlarni  (xususan,  fosfolipidni)  erituvchi  fermentlar  bo`lmaydi. 

Shuning  uchun  lizosomalarda  parchalangan  moddalardan  (fosfolipidlardan)  tashkil  topgan 

miyelinsimon struktura qoladi. 

Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm qilishdagi 

rolidir. Bu xulosa fagotsitoz qiluvchi hujayralarda lizosomalarning ko`p bo`lishi bilan tasdiqlanadi. 

Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi. 



Birlamchi lizosomalarga Golji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolizlarga mo`l 

mayda  vezikulalar  (yig`uvchi  granula)  kiradi.  Birlamchi  lizosomalar  ichida  hali  hech  qanday 

parchalanayotgan moddalar yo`q. 

Ikkilamchi  lizosomalar  fagotsitoz  va  pinotsitoz  jarayonida  hujayraga  tushgan  moddalarning 

birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo`luvchi lizosomalardir (16-rasm). 

 

 

16-rasm. Lizosomalar. Hujayra ichida modda parchalanishining elektron   mikroskopik 



 

sxemasi. 

 1-Endoplazmatik to`r; 2- yig`uvchi granula; 3 -autofagiya qiluvchi vakuola; 4-   endotsitoz; 

5-fagosoma; 6-lizosoma; 7-hazm qiluvchi vakuola; 8-qoldiq tanacha; 9- 

chiqarish  (I.  V.  Almazov 

va L. S. Sutulovdan, 1978). 

 

Ikkilamchi  lizosomalarning  ikki  turi  farqlanadi:  a)  fagolizosomalar  yoki  geterofagosomalar. 



Bu  lizosomalar  fagotsitoz  jarayonida  hujayraga  tushgan  moddalarni  birlamchi  lizosomalar  bilan 


 

31 


qo`shilishidan  hosil  bo`ladi;  b)  autofagosomalar  birlamchi  lizosomalarni  nobud  bo`layotgan 

mitoxondriya, ribosoma, endoplazmatik to`r komponentlarini va ba’zi  boshqa tuzilmalarni qamrab 

olishi hisobiga hosil bo`ladi. 

Qoldiq  tanachalar  yoki  telolizosomalar.  Gidrolitik  parchalanish  natijasida  ba’zi  moddalar 

oxirigacha parchalanmaydi va lizosoma ichida parchalanmagan moddalar yig`iladi. Bu lizosomalarni 



qoldiq  tanacha  deb  yuritiladi.  Qoldiq  tanachalar  qavatli  tuzilmalarni  hosil  qilishi  mumkin.  Ba’zan 

qoldiq tanacha ichida pigmentlar yig`ilishi mumkin. Qari odamlarda miya nerv hujayralarida, jigarda 

va mushak to`qimalarida qarilik pigmenti «lipofustsin» to`planadi. 

Lizosomalarning hosil bo`lishi  Golji kompleksi bilan  bog`liq. Birlamchi  lizosomalar  mayda 

pufakchalar  yoki  zich tanalar shaklida Golji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali  fosfatazaning 

Golji  kompleksida  bo`lishi  lizosomalarning  hosil  bo`lishida  Golji  kompleksining  roli  borligini 

ko`rsatadi. Lizosoma fermentlari esa endoplazmatik to`rda sintez bo`ladi. Lizosomalar takomilining 

boshqa manbai plazmatik membrana xisoblanadi. Bu membranadan pinotsitoz va hazm vakuolalari 

hosil bo`ladi. Ana shu vakuolalar, birlamchi lizosomalar bilan birlashadi. Bu holatni hujayraga har xil 

yot  moddalar  -  xren  peroksidazasi,  kolloid  oltin  va  boshqa  moddalar  kiritilib  tekshirilgan 

eksperimentlarda ko`rish mumkin. 

Har  xil  patologik  jarayonlarda  lizosoma  fermentlari  sintezining  buzilishi,  birlamchi 

lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va gidrolizlarning 

sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish