Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Plastinkasimon  kompleks  (Golji  kompleksi  yoki  Golji  apparati)  1898  yilda  Kamillo  Golji 

kumush tuzi bilan bo`yash usulini ishlatib, nerv hujayralarida to`rsimon  tuzilmani ko`rdi (14-rasm, 



a). Bu tuzilmani u ichki to`rsimon apparat nomi bilan atadi. 

Golji kompleksini tirik hujayrada o`rganish qiyin. Chunki Golji kompleksining nur sindirish 

ko`rsatkichi sitoplazmanikiga  yaqin turadi. Shu tufayli uzoq  yillar davomida bir-biriga zid bo`lgan 

ilmiy ishlar paydo bo`lib, ularning ko`pchiligi hozirgi vaqtda deyarli eskirib qoldi. 

Elektron  mikroskopni  qo`llash  Golji  plastinkasimon  kompleksining  tuzilishi  to`g`risida 

aniqroq tushuncha hosil qildi. Golji kompleksi asosan hujayra ichidagi membranalardan iborat bo`lib, 

sitoplazmatik  vakuolalar  sistemasini  differen-tsiallashgan  qismidir.  Golji  kompleksining  tuzilishi 

o`zgaruvchan. Birinchi marta yadro atrofida yotuvchi murakkab to`r sifatida ta’riflangan bu tuzilma 

ba’zan yadro atrofida yotuvchi tasma yoki yadro ustida yotuvchi qalpoqcha holida ko`rinadi. Hamma 

hollarda  ham  Golji  kompleksi  to`rsimon  tuzilmadir.  Golji  kompleksining  bunday  joylashishi  va 

tuzilishi organellaning birdan-bir va tipik belgisi deb hisoblanadi. Keyingi yillarda Golji kompleksini 

yuqorida qayd qilingan joylashishidan tashqari, doira, o`roqsimon va tayoqchasimon (diktiosomalar 

yoki Golji tanachalari) shaklida joylashishi aniqlangan. Golji kompleksining shakli turli hujayralarda 

farqlanishdan  tashqari,  bir  hujayraning  funktsional  holatiga  qarab  ham  o`zgarib  turadi.  To`rsimon 

struktura kattalashishi yoki kichiklashishi mumkin. 

 

 



 

14- rasm. Golji kompleksi. A - ganglioz nerv hujayralari. Golji usuli bilan  bo`yalgan.  b.  40, 

ok. 10. B - Golji kompleksining elektron mikrofotogrammasi. X 30.000  

V.-Golji kompleksi (sxema). 

 

Elektron  mikroskopik  tadqiqotlar  Golji  kompleksi  uch  xil  qismdan  tashkil  topganligini 



ko`rsatadi (14-rasm, b, v). 

1. Ya s s i  s i s t e r n a l a r  s i s t e m a s i - silliq membranalar (lamella) bilan chegaralangan. 

Yassi sisternalar ko`pincha 5-8 ta bo`lib, bir-biriga yaqin yotadi. 

Sisternaning  soni,  uzunligi  va  ularning  o`zaro  masofasi  turli  hujayralarda  bir-biridan  farq 

qiladi. Yaqin sisternalar orasidagi masofa 14-15 nm dan ko`p emas. Har bir sisterna ichidagi bo`shliq 

esa 9-25 nm va undan ko`pdir. Membranalarning qalinligi 7-8 nm. 

2. M a y d a  m i k r o p u f a k c h a l a r - sisternalar oxirida joylashadi. Mikropufakchalarning 

diametri 30-50 nm dan katta emas. 




 

29 


3. Y i r i k   v a k u o l a l a r. Bular ham sisternalar va mikropufakchalar singari membranalar 

bilan o`ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,8 mkm va ko`pincha ular yassi sisterna bog`lamlarining o`rta 

qismida yotadi. 

Golji kompleksi membranalari ham boshqa organellalar va hujayra membranalari singari oddiy 

biologik membranadan iborat. Golji kompleksining har xil qismlari o`zaro bog`liq. bo`lib, bir-biridan 

hosil bo`lishi mumkin. Masalan, yirik  vakuolalar sisternalarning kengaymalaridan hosil bo`lgan. 

Umurtqali  hayvonlarning  turli  hujayralarida  Golji  kompleksi  bir  xil  taraqqiy  etmaydi.  Golji 

kompleksi ko`pincha ishlamayotgan,  differensiallashmagan hujayralarda kuchsiz rivojlangan.  Golji 

kompleksining  ayrim  qismlari  assit  o`simta  hujayralarida  reduktsiyaga  uchraydi.  Golji  kompleksi 

hujayraning funktsional holatiga qarab o`zgarishiga uchrab turadi, 

Golji kompleksining joylashishi har xil hujayralarda o`ziga xos bo`ladi. U yadro atrofida yoki 

hujayra  markazi  atrofida  joylashadi.  Qutbli  differentsiyalashgan  epiteliy  hujayralarida  Golji 

kompleksi yadro ustida, ba’zan esa ba’zal qismda yotadi. 

Golji kompleksini differensial sentrifugalash orqali ajratib olish qiyin bo`lganligi uchun uning 

bioximiyaviy tarkibi yaxshn o`rganilmagan. Umurtqali hayvonlar Golji kompleksida ko`p miqdorda 

yog`, lipoproteid, fosfolipid bor. Golji kompleksida tiamin pirofosfatazaning yuqori aktivligi mavjud. 

Undan tashqari, kislotali va ishqoriy fosfataza, nukleotiddifosfataza fermentlari borligi aniqlangan. 

Ko`pgina  tadqiqotlar  natijasida  Golji  kompleksi  faoliyatining  sekretsiya  jarayoni  bilan 

bog`liqlngi  aniqlangan.  Klassik  sitologiya  usulpari  bilan  tekshirilganda  sekret  granulalari  Golji 

kompleksi  zonasida  joylashishi  ma’lum  bo`ldi.  Sekretor  granulalarning  Golji  kompleksi  bilan 

bog`liqligi  qadahsimon  hujayralarda,  me’da  osti  bezining  atsinar  hujayralarida  va  shilliq  ishlovchi 

hujayralarda  yaqqol  tasdiqlangan.  Hujayradagi  birlamchi  sekret  mahsuloti  birinchi  galda  Golji 

kompleksining  sisterna  mikropufakchalariga,  so`ng  esa  vakuolalarga  o`tadi.  Golji  kompleksining 

vakuolalari  hujayra  yuzasnga  qarab  harakat  qiladi  va  vakuola  pardasi  hujayra  membranasi  bilan 

birlashib, sekret tashqariga  quyiladi.  Me’da osti bezining atsinar hujayralari pilokarpin  yoki  ovqat 

berish  yo`li  bilan  stimullashtirilganda  Golji  kompleksining  vakuolyar  komponentlari  va  zimogen 

granulalari hosil bo`lishi tezlashadi. 

 

 



 

15- rasm. A – H

glyukozaning qadahsimon hujayra Golji kompleksi sohasida va  sekretor 



donachalarda joylashishi. Elektron mikroskopik avtoradiografiya.  X 10.000. 

1-Golji  kompleksi;  2-sekretor  donachalar:  3  –  H

3

  -  glyukoza  (treklar).  B.Golji 



 

kompleksiking  lipidning  transport  qilinuvchi  shakllarini  (xilomikronni)  hosil  kilishda 

 

ishtiroki. 



Och 

ichak 


vorsinkasining 

prizmatik hujayrasi. Elektron mikrofotogramma - 




 

30 


 

X20.000. 

1-Golji kompleksi; 2-lipid donachalar; 3-xilomikron; 4-mitoxondriya. 

 

Oxirgi  vaqtlarda  Golji  kompleksining  glikoproteidlar  sintezida  ishtirok  etishi  to`g`risida 



ma’lumotlar  bor.  Glikoproteidlar  hosil  bo`lishida  qatnashadigan  H

3

  -  glyukoza  Golji  kompleksiga 



yig`iladi (15-rasm,  a).  Ribosomalarda sintez bo`lgan oqsil ham shu  yerga kelib karbonsuvlar bilan 

qo`shiladi va glikoproteid hosil bo`ladi. 

Golji kompleksining yog` s o` r i l i sh i d a ishtiroki to`g`risida ham dalillar bor. Hayvonga 

yog`  berilgandan  so`ng  40-75  min.  o`tgach,  ko`pgina  mayda  lipoid  tomchilari  ichak  prizmatik 

epiteliysi  Golji  kompleksining  kengaygan  sisternalarida  va  va  kuolalarida  yig`iladi  (15-rasm,  b). 

Shunday qilib, bu organella yog` so`rilishida ham ishtirok etadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish