Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar har bir hayvon hujayralarida uchraydigan organellalardir. 

Mitoxondriya nomi (yunon. mitos - ip, chondros - dona) birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan 

berilgan  bo`lsada,  Flemming  (1882)  va  Altman  (1890)  boshqa  nom  bilan  bu  organellani  undan 

ilgariroq ta’riflab bergan edilar. 

Mitoxondriya  shakli  o`zgaruvchan  bo`lib,  ko`pincha,  ipcha  yoki  donacha  holida  ko`rinadi. 

Ma’lum  funktsional holatlarda uning formasi  o`zgarishi  mumkin. Masalan,  uzun  mitoxondriya bir 

tarafdan  shishib  yoki  bir  tarafidan  botib  tennis  raketkasi  shaklini  olishi  mumkin.  Ba’zan 

mitoxondriyaning markaziy zonasi tiniqlashib, pufakcha tusiga kiradi. 

Mitoxondriya kattaligi o`zgaruvchan. Ko`pincha hujayralarda bu organellalarning eni nisbatan 

o`zgarmas (0,5 mkm ga yaqin). Uzunligi esa o`zgarib turadi (eng uzuni 7 mkm). Lekin hujayraning 

funktsional  holatiga  qarab  juda  ingichka  (0,2  mkm)  va  yo`g`on  (2  mkm)  tayoqchasimon  xillarini 

uchratish mumkin. 

Mitoxondriya shakli va kattaligi  osmotik 

bosimga va fiksatorning pH iga qarab o`zgaradi. 




 

23 


Mitoxondriya,  asosan,  sitoplazmada  bir  tekis  joylashadi.  Ba’zan  esa  bu  qoida  buziladi. 

Mitoxondriyaning  bunday  joylashishi  ularning  funksional  holatiga  bog`liq.  Ular  qayerda  energiya 

ko`proq  kerak  bo`lsa  o`sha  yerga  to`planadi.  Masalan,  diafragmaning  mushak  tolalarida 

mitoxondriyalar  miofibrillalarning  disklari  atrofida  bo`ladi,  ko`z  to`r  pardasining  tayoqcha  va 

kolbachasimon  hujayralarida  esa  ichki  bo`g`imning  bir  qismiga  yig`iladi.  Buyrak  kanalchalari 

hujayralarida mitoxondriya bazal plazmatik membranada yotadi. 

Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish kiyin. Ularning miqdori hujayra tipiga 

va funksional holatiga bog`liq, jigarda 30-35%, buyrakda 20% oqsil mitoxondriyaga to`g`ri keladi. 

Jigar  gomogenatining  1  grammiga  8,7-10

10

  mitoxondriya  to`g`ri  keladi.  Sog`  jigar  hujayrasi  2500 



mitoxondriya, regeneratsiya bo`layotgan jigar hujayralarida va jigar o`smalari hujayralarida ularning 

soni kam. Elektron mikroskopik tadqiqotlar mitoxondriyaning i k k i  q o- b i q bilan o`ralganligini 

ko`rsatadi  (10-rasm,  a).  T  a  sh  q  i    m  e  m  b  r  a  n  a  n  i  n  g    qalinligi  taxminan  6  nm  bo`lib,  shu 

organellaning  o`tkazuvchanlik  xususiyatini  belgilasa  kerak.  Ichki  tarafda  yotuvchi  i  ch  k  i 

mitoxondrial  membrana  tashqarisidagidan  farqli  o`laroq,  tekis  bo`lmay,  o`simta  (krista)  lar  hosil 

qiladi  (11-rasm,  a).  Bu  membrananing  ham  qalinligi  taxminan  6  nm.  Ichki  membranalar  orasidagi 

bo`shliq mayda donador moddalar bilan to`lgan bo`lib, matriks deb etaladi. Mitoxondriya matriksida 

elektron zich (to`q) granulalar bo`lib, ularning zichligi Ca++ va Mg

++

 ionlariga bog`liq. 



Mitoxondriya  kristalari  organella  matriksini  butunlay  ajratmaydi  va  shuning  uchun  ham 

matriks  yaxlit  bo`ladi.  Mitoxondriya  membranalari  murakkab  tuzilishga  ega  bo`lib,  ikkita  tashqi 

elektron zich (to`q) qavatlardan va o`rta och qavatdan tuzilgan. Har xil tipdagi hujayralarda kristalar 

soni turlicha. Buyrak hujayralarida, skelet va yurak mushagida kristalar soni ko`p va zich joylashgan. 

Jigar hujayralarida, spermatidlarda esa kam va siyrak. Bir teshdagi hujayralarda ham mitoxondriya 

kristalarining  soni  xar  xil  bo`lishi  mumkin.  Ba’zi  bir  holatlarda  (skelet  mushagi  mitoxondriyalari, 

neyron  o`simtalarida  va  ba’zi  bir  organizmlarning  spermatidlarida)  kristalar  mitoxondriya  o`qiga 

ko`ndalang emas, balki o`q bo`yicha joylashishi mumkin. Ba’zi oddiy hanvonlarda ichki membranalar 

kristalar  o`rniga  naycha  hosil  qiladi.  Kristalarning  bunday  strukturasi  ba’zan  umurtqali  hayvonlar 

hujayralarida, masalan, buyrak usti bezining po`st qismi  

 

 

 



10- rasm. A - mitoxondriyaning ultramikroskopik tuzilishi (sxema): 

1- Mitoxondriyaning tashqi membranasi; 2 - mitoxondriyaning ichki membranasi;  

3-

kristalar; 4 - mitoxondriya matriksi; B-Mitoxondriya membranasi elementar  



tanachalarining 

tuzilishi (sxema)-1- elementar tanacha; 2 - kristalar; 3 - matriks;  

4- tashqi  

membrana 

donachalari; 5 - mitoxondriyaning tashqi membranasi (A – I.V.Almazov,   L.S.Sutulov,  1978.  B  –  

I.A.Alov va boshqalar, 1969). 

 

(11-rasm, b), quyon urug`donining interstitsial hujayralarida uchraydi. 




 

24 


So`nggi  vaqtlarda  mitoxondriyalar  ichki  membranasida  zamburug`simon  yana  bir  nozik 

komponent  topilgan  bo`lib,  u  dumaloq  zarracha  (diametri  6-10  nm)  va  krista  bilan  tutashuvchi 

oyoqchadan (uzunligi 3-5 nm) iborat (10-rasm, b). Bunday «E l e m e n t a r   z a r r a l a r» har xil 

tipdagi  hujayra  mitoxondriyalarida  topilgan.  Taxmin  bo`yicha  ana  shu  zamburug`simon 

strukturalarda  ATF  sintezi  bilan  bsg`liq  bo`lgan  fermentlar  joylashgan.  Mitoxondriya  ximiyaviy 

tarkibining asosiy qismi proteindan (kuruq og`irligining 65-70%), yog`dan (quruq og`irligining 23- 

30%)  iborat  bo`lib,  fosfolipid,  DNK,  RNK,  noorganik  kationlar  K+,  Mg

++

,  Fe



++

,  Ca


+

  va  boshka 

moddalar  mavjud.  Mitoxondriya  asosiy  funksiyasi  ADF  va  noorganik  fosfatdan  ATF  hosil  qilishi 

hamda  Krebs  sikli  oraliq  moddalarining  aerob  yo`l  bilan  oksidlanishini  ta’minlashdir.  ATF 

makroergik bog`larning energiyasi mexanik (mushaklarda), elektrik (bosh miya hujayralarida, nerv 

hujayralari  o`simtalarida,  retseptorlarda  va  baliqning  elektrik  organida),  yorug`lik  osmotik 

energiyalarga aylanishi mumkin. 

Mitoxondriya  uzoq  hayot  kechirmaydi.  Mitoxondriyaning  biologik  yarim  hayot  (bor 

mitoxondriya  yarimning  yangilanishi)  davri  ko`p  hujayralarda  9,6-10,3  kunga  teng  (buyrak 

hujayrasida esa 12,4 kun). Mitoxondriya kurtak otish yo`li bilan yoki ko`ndalangiga ikkiga bo`linishi 

natijasida ko`payadi. Mitoxondriyaning o`sishi va bo`linishi davrida mitoxondriya ichidagi sintetik 

protsesslar  mitoxondriya  lipoproteid  membranasini  va  asosiy  fermentlarini  hosil  qiladi,  ba’zi  bir 

enzimlar esa (masalan, sitoxrom C) ribosomalarda sintez bo`lib mitoxondriyalarga keltiriladi. 

Hujayraning funktsional aktivligi  oshsa,  masalan, buyrakning kompensator  gipertrofiyasida, 

mitoxondriya  yiriklashadi  va  matriksni  zich  joylashgan  kristalar  to`ldirib  turadi.  Oxirgi  yillarda 

o`tkazilayotgan tadqiqotlar mitoxondriyalarning har xil ta’sirlarga nospetsifik ravishda bir xil shishish 

bilan javob berishini ko`rsatdi. Bunda mitoxondriya kengayadi, kristalar kattalashadi va kamayadi. 

Mitoxondriyaning  ultramikroskopik  tuzilishi,  hajmi,  oksidlanish  fermentlarining  aktivligi 

o`rganilganda  mitoxondriya  shishishi  natijasida  nafas  olish  fermentlarining  o`zgarishi,  ya’ni 

mitoxondriya 

shishishiga 

sababchi 

faktorlar 

mitoxondriyaning 

oksidlanish-qaytarilish 

fermentlarining aktivligini susaytirib yuborishi qayd qilingan. 

Mitoxondriya  yuqori  effektli  ishni  ta’minlovchi  organella  bo`lib,  struktura  va  funktsiyaning 

birligini ko`rsatuvchi juda ajoyib tuzilmaning timsolidir. 

 

 

 



11-rasm. Mitoxondriyalar. A - Qalqonsimon bez oldi bezi hujayralaridagi  mitoxondriyalar. 

Elektron mikrofotogramma. X87.500. B - Buyrak usti bezi   tutamli  

zona 

hujayralaridagi 



mitoxondriyalar. Elektron mikrofotogramma.   X 87.500. 

1-mitoxondriyaning  tashqi  membranasi;  2-mitoxondriyaning  ichki  membranasi;  3-

 

mitoxondriya matriksi; 4-mitoxondriya kristalari; 5-naysimon kristalarning  



ko`ndalang 

kesmasi. 




 

25 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish