Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XI BOB NERV SISTEMASI (SYSTEMA NERVOSUM)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

XI BOB NERV SISTEMASI (SYSTEMA NERVOSUM) 

 

Odam  nerv  sistemasi  juda  murakkab  tuzilgan  bo’lib,  orga-nizmdagi  barcha  hayotiy  jarayonlarni 

boshqarishni  va  organizm-ning  tashqi  muhit  bilan  o’zaro  aloqasini  ta’minlaydi.  Nerv-sistemasi 

endokrin  sistemasi  bilan  chambarchas  bog’lanib,  yagona  nerv-gumoral  boshqaruv  markazini  hosil 

qiladi. 

Anatomik jihatdan nerv sistemasi shartli ravishda m a p k a-ziyva periferik qismlarga bo’linadi. 

Nerv sistemasi ta’sirida organizmda kechadigan barcha fao-liyatlar funktcional sistema tarzida ro’y 

beradi. Funk-tcional sistema  - organizmning o’zgargan biror holatga mosla-shuvida ro’y beradigan 

markaziy va periferik mexanizmtarning dinamik uyg’unlashuvidan iborat murakkab jarayondir. Bu 

siste-maning  o’ziga  xosligi  uning  tarkibiga  kirgan  strukturalarning  dinamik  o’zgaruvchanligidadir. 

Funktcional sistema geterogen bo’lib, uning tarkibiga turli anatomik sistemalarga mansub bo’l-gan 

biror jarayonda ishtirok etuvchi elementlar kiradi. 

Bajaradigan  vazifasiga  ko’ra  nerv  sistemasi  somatik  yoki  tcerebrospinal  hamda  vegetativ  nerv 

sistemasiga  bo’li-nadi.  Somatik  nerv  sistemasi  ichki  organlar,  tomirlar  va  bez-lardan  tashqari, 

tananing  barcha  qismini  boshqarsa,  vegetatia  nerv  sistemasi  ichki  organlar,  tomirlar  va  bezlar 

faoliyatini 

boshqaradi. 

Nerv sistemasi morfologik va turli funktcional xususiyat-larga ega bo’lgan neyronlar zanjiridan iborat 

reflektor  yoylar  orqali  organizmda  bo’ladigan o’zgarish holatlari haqida  markaz-ga (bosh  miyaga) 

axborot etkazib beradi va ularning aloqasini 

ta’minlaydi. 

Nerv  sistemasining  taraqqiyoti.  Nerv  sistemasi  embrion  ta-nasi  dorzal  qismining  ektodermasidan 

takomil etadi.. Ektoder- 

madan nerv plastinkasi, nerv tarnovchasi va nerv (mag’iz) nayla-rining hosil bo’lishi haqida umumiy 

gistologiya bo’lnmida bafurja to’xtalib o’tilgan. 

Nerv  plastinkasidan  hali  nay  hosil  bo’lmasdanoq,  uning  yuqo-ri  qirralaridan  ikkita  lateral  hujayra 

tasmalari, ya’ni tu-tun chizimchalari hosil bo’ladn. Bu chizimchalardan esa umurtqa-lararo gangliylar 

yuzaga keladi. 

Ma’lumki nerv nayi dastavval bir qavat hujayralardan iborat. So’ngra, hujayralarning tez bo’linishi 

natijasida nay devori ko’p qavatli hujayralarga ega bo’ladi. Nerv nayi bosh (kranial) va dum (kaudal) 

teshiklarga  ega.  Embrnon  taraqqiyo-tining  to’rtinchi  haftasining  oxiriga  borib,  oldin  kaudal  ney-

roporalar, so’ng asta-sekin nerv nayining bosh tomonidagi te-shik - kranial neyropora bekilib ketadi. 

Nerv nayining bosh tomonida qopsimon kengayma mavjud bo’lib, bu tuzilma birlam-chi miya kurtagi 

hisoblanadi.  Nerv  nayining  shu  qismida  uchta  birlamchi  mpya  pufaklari:  prosencephslon-  oldingi, 

mesencephalon  o’rta,  rhombencephalon  -  orqa  miya  pufagi  ro’yobga  chiqadi.  Bu  pufaklar  bosh 

miyaning kurtagi hisoblanadi. Qeyingi jarayon, ya’ni to’rtinchi hafta davomida oldingi va orqa miya 

pufaklari-ning har  biri bir-biridan ajralib  ketmagan 2 ta  pufakchaga  bo’linadi. SHunday qilib, 5 ta 

miya pufaklari hosil bo’ladi. Nerv nayining qolgan qismidan esa orqa miya kurtaklari taraq-qiy etadi. 

Embrion  taraqqiyotiniig  6-haftasida  nay  devori  ventral  va  dorzal  tomonlariga  nisbatan  aniq 

ifodalangan  ko’p  qavatli  bo’-lib  qoladi.  SHu  davrda  nayning  yon  devorlarida  3  qavat  hujay-ralar 

yuzaga  keladi.  Nay  devorining  ichki  yuzasida  o’siqchalarga  ega  bo’lgan  ependima  hujayralari 

qoplamasi joylashadi. Nay-ning o’rta qavati cho’zinchok, radial joylashgan hujayralardan iborat. Bu 

qavat  hujayralaridan  markaziy  nerv  sistemasi  kul-rang  moddasining  neyron  va  neyrogliotcitlari 

differentcial-lashadi.  Nayning  yuza  qavati  o’rta 

qavat  hujayralarining  o’siq-laridan  iborat.  Bu 



 

163 


qirg’oq  qavatdir.  Bu  qavat  keyinchalik  nerv  sistemasining  oq  moddasini  hosil  qiladi.  Nerv  nayi 

hujayra-larining  differentciallashuvi  jarayonida  2  xil  hujayra  -  nerv  (neyroblastlar)  va  tayanch 

(glioblastlar) hujayralar yuzaga keladi. 

Markaziy perv sistemasining mnya qobiqlari embriogenez-ning 2-oyida nerv kurtagi ektodermasidan 

(miyaning  yumshok  va  to’r  qavatlari)  hamda  markaziy  nerv  sistemasi  kurtagini  o’ra-gan 

mezenximadan (qattiq miya pardasi) taraqqiy etadi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish