Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


SUYAKLARNING O’ZARO BIRLASHUVI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SUYAKLARNING O’ZARO BIRLASHUVI 

Suyaklararo bog`lanish harakatsiz (sindesmozlar, simfizlar, sinxondrozlar va sinostozlar) va 

erkin harakatli bo`g`imlar shaklida bo`lishi mumkin. 

Sindesmozlar - suyaklarning o`zaro zich tolali biriktiruvchi to`qima orqali birlashuvidir. Bunda 

pishiq  kollagen  tolalar  qo`shni  suyaklar  to`qimasiga  teshib  kiradi  va  u  bilan  tutashib  ketadi. 

Sindesmozlarga kalla suyaklarining bog`lanishi misol bo`ladi. 

Si n x on d r o z l a r - suyakning tog`ay to`qimasi yordamida birlashuvidir. Bunda asosan tolali 

tog`ay ishtirok etadi (umurtqalararo disklar). Har bir disk tashqi tolali fibroz halqa va  yumshoqroq 

bo`lgan pulpoz markazdan iborat. Pulpoz markaz yosh bolalarda asosan gomogen moddadan iborat. 

7-8 yoshda unda kollagen tolalar va tog`ay hujayralar paydo bo`ladi. Tolalar miqdori bola ulg`aygan 

sari  oshib  boradi  va  20-23  yoshga  kelib  pulpoz  markaz  tolali  tog`ay  tusini  oladi.  Simfizlar  - 

suyaklarning  tog`ay  va  biriktiruvchi  to`qima  orqali  birlashuvi,  qov  suyaklarining  birlashuvi  bunga 

misol  bo`la  oladi.  Bunda,  ikki  qov  suyagi  o`zaro  mustahkam  zich  tolali  biriktiruvchi  to`qima 

yordamida  birlashadi.  Tog`ay  to`qimasi  esa  faqatgina  ikkala  qov  suyagining  yuzasida  joylashadi. 

Chanoq suyaklaridagi bu simfiz birlashuv ayol ko`zi yorish vaqtida cho`zilib, homilaning tug`ilishiga 

imkon yaratib beradi. 

Sinostozlar  -  ikki  suyakning  bir-biri  bilan  o`ta  mustahkam  birlashuvi  bo`lib,  bunga  chanoq 

suyaklarining tutashuvi misoldir. 

Ajralgan (erkin harakatli) birlashuvlar yoki bo`g`imlarda suyaklarning bir-biriga tegib turuvchi 

yuzalari  tog`ay  bilan  qoplangan.  Ular  orasida  ba’zan  oraliq  tog`ay  meniski  bo`lishi  mumkin. 

Bo`g`imlar kapsula bilan o`ralgan. Bo`g`imlar orasida sinovial suyuqliq bo`lib, u harakatning erkin 

kechishini ta’min.laydi. 

Suyaklar  yuzasini  qoplovchi  tog`ay  bo`g`im  tog`ayi  deb  ataladi.  Bo`g`im  tog`ayida  mayda, 

yassilashgan xondrotsitlar joylashadi. Ularning ostida tipik xondrotsitlar izogen gruppalar hosil qiladi. 

T o g` a y  t o` q i m a c i n i n g suyak bilan chegarasida ohaklangan tog`ayni va kngi hosil bo`layotgan 

suyak to`qimasini ko`rish mumkin. 

Bo`g`im kapsulasi tashqi fibroz qavat va ichki sinovial pardadan iborat. Tashqi qavat zich tolali 

biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan. Ichki pardada esa bo`g`im bo`shlig`iga qaragan qoplovchi qavat, 

uning  ostida  esa  kollagen-elastik  tolalar  qavatlari  farqlanadi.  Ichki  qoplovchi  qavat  sinoviotsit 

hujayralaridan  tashkil  topadi.  Bu  hujayralar  bir  turda  bo`lmay,  ular  orasida  sinovial  fibroblastlar, 

makrofaglar va kam differensiallashgan hujayralarni ko`rish mumkin. 

 

 



 

 



 

138 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish