Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


GASTRULYATSIYA VA O’Q ORGANLARNING HOSIL BO’LISHI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

GASTRULYATSIYA VA O’Q ORGANLARNING HOSIL BO’LISHI 
 
Gastrulyatsiya mobaynida homila varaqlari va o`q organlarining boshlang`ich kurtagi 
hosil bo`ladi. Gastrulyatsiya umurtqali hayvonlarda tuxum hujayralardagi oziqa moddasining 
miqdoriga qarab turlicha kechadi. Gastrulyatsiyaning 4 turi farqlanadi (39-rasm): 1) 
invaginatsiya; 
2) 
immigratsiya; 
3) 
epiboliya; 
4) 
delyaminatsiya.
Invaginatsiya (lat in - ichkariga, vagina - qin) da blastula devorining bir qismi blastula 
ichiga botib kiradi. M i g r a t s i y a d a blastula devorini hosil qilgan blastomerlarning bir qismi 
blastula ichiga (immigratsiya) yoki tashqarisiga (emigratsiya) ko`chib ikkinchi qavatni hosil qi-
ladi. Epiboliya (yunon. epibole qoplash) - blastula devorining sekin bo`linayotgan qism hujayra-
larining tez bo`linayotgan qism hujayralari bilan qoplanishi. Delyaminatsiya (lat. de - ajralish, 
lamina - plastinka) blastula devorini hosil qilgan blastomerlarning tangentsial bo`linishi natija-
sida blastula devorining ikki qavatli bo`lib qolishi. Xordali hayvonlar rivojlanishida 
gastrulyatsiyaning bir yo`la bir necha turini kuzatish mumkin, lekin shulardan ma’lum bir turi 
asosiy o`rin tutadi. 
Lansetniklarda gastrulyatsiya invaginatsiya turi bo`yicha kechadi. Blastulaning tubi 
ichkariga botib kirib ustki devorigacha borib yetadi. Natijada blastotsel torayib, tashqi parda - 
ektoderma, ichki varaq - entodermadan iborat ikki qavat devorli qadah hosil bo`ladi. Qadahning 
bo`shlig`i 
birlamchi ichak 
yoki 
gast rotsel 
deyiladi. Bo`shliqqa kirish yeri 
birlamchi og`iz 
yoki 
blastopora 
deb nomlanadi. Birlamchi og`iz 4 ta lab bilan chegaralangan: homilaning orqa 
tomoniga to`g`ri keluvchi dorsal lab, old tomoniga to`g`ri keluvchi v e n t r a l lab va ular 
orasidagi 2 yon lablar. Lab hujayralarini blastula qirg`oq zonasining mayda hujayralari hosil 
qiladi. Homila bo`yiga o`sadi va blastopora lablari bir-biriga yaqinlashadi. Tashqi varaq hisobiga 
dorsal labdan boshlanuvchi hujayralar tortmasi hosil bo`lib, bu tortmani 
nerv plastinkasi 
deb 
yuritiladi. Keyinchalik undan nerv naychasi hosil bo`ladi. Uning ostida, lekin ichki varaq 
hisobiga hujayralar tortmasi hosil bo`lib, uni 
hordal plastinka 
deb ataladi. Undan hayvonning 
o`q skeleti hosil bo`ladi. Ikkala kurtakning hosil bo`lishida blastoporaning dorsal lab materiali 
ishtirok etadi. Ikki devorli homila hosil bo`lgach, o`q organlarining hosil bo`lishi boshlanadi. 
Nerv plastinkasi homilaning bo`yi bo`yicha nerv ariqchasi holida tashqi varaqdan ajralib chiqadi. 
Tashqi varaqning uchlari bir-biriga qarab o`sadi va birlashadi. Shunday qilib, tashqi varaq – 
ektoderma shakllanadi. Nerv ariqchasi chetlari buralib, ektoderma ostida yotuvchi nerv naychasi 
hosil bo`ladi. Shu yo`l bilan ichki varaq hisobiga xordal plastinkadan xordal trubka, undan esa 
xordal tortma hosil bo`ladi (40-rasm, 

b). 


66 
39- rasm. Gastrulyatsiya turlari. 
A-invaginatsiya; B-epiboliya; V-migratsiya; G-delyamiiatsiya (V. G. Yeliseev va 
boshqalar, 1972). 
Shu vaqtning o`zida ichki varaq tarkibidagi qirg`oq zonasining hujayralari xordal tortma 
atrofida ichki va tashqi varaq orasiga o`sib kiruvchi ikkita cho`ntak hosil qilady. Bu cho`ntaklar 
gastrotseldan ajralib, gastrula bo`yi bo`yicha joylashuvchi mezodermani hosil qiladi. Mezoderma 
xaltacha shaklida o`sib, unda pariyetal va visseral varaqlarni farq qilish mumkin. Mezoderma 
tortmalarining barcha qismi bir xil bo`lmay, dorzal qismi segmentlarga - somitlarga ajralgan. 
Ular segment oyoqchalariga davom etadi. Ventral qismi segmentlarga ajralmaydi. Bu qism 
splanxnotom deb yuritiladi. Xorda va mezoderma birlamchi ichki varaqdan ajralgandan so`ng 
ichki homila varag`i - entoderma shakllanadi. 
Amfibiyalarda gastrulyatsiya i n v a g i n a t s i y a va e p i b o l i y a turida o`tadi. 
Amfibiylar blastulasining tubi sariqlikka boy bo`lib, ularning maydalanishi juda sekin ro`y 
beradi. Gastrulyatsiya jarayoni qirg`oq zona sohasida boshlanadi. Bu yerda o`roqsimon egat 
hosil bo`ladi. O’roqsimon egat chuqurlashishi natijasida gastrotsel bo`shlig`i, blastopora, dorsal 
va yon lablar hosil bo`ladi. Ventral lab esa hali vujudga kelmagan bo`ladi. Uning o`rnida esa 
sariqlikka boy blastomerlar joylashadi. Invaginatsiya bilan bir vaqtning o`zida blastula vegetativ 
qutbining yirik hujayralarini animal qutbning tez ko`payayotgan mayda hujayralari bosib ketib, 
epiboliya ham boshlanadi. Invaginatsiya va epiboliya natijasida ektoderma va entoderma, 
shuningdek ventral lab hosil bo`ladi. Dorsal lab sohasida bo`linayotgan mayda hujayralar 
gastrula ichiga o`sib kirib, mezodermani hosil qiladi. Mezoderma hosil bo`lgach ilk ichki qavat 
hisobiga entoderma va xorda, keyinroq esa ektodermadan nerv naychasi rivojlanadi. Nerv 
naychasining hosil bo`lishi va mezodermaning somitlarga bo`linishi lansetnikdagi kabi sodir 
bo`ladi. 


67 
40- rasm. A, B - Lansetnikda o`q organlarining hosil bo`lishi. 
1-nerv plastinkasi; 2-ektoderma; 3-xordal plastinka; 4-mezoderma; 5-entoderma, 6-
xorda; 7- oxirgi ichak (A. A. Zavarzindan). 
Baliqlarda gastrulyatsiya invaginatsiya va delyaminatsiya yo`li bilan kechadi. 
Maydalangan pusht gardishi sariqlikda birmuncha cho`ziladi; uning ustidan ko`tariladi va orqa 
qirg`og`ida burila boshlaydi. Buning natijasida qirg`oq kertigi hosil bo`ladi. Bu kertik 
uzunlashadi, chuqurlashadi, natijada, homila gardishi ikki qavat bo`lib qoladi. Tashqi qavati 
ektodermani, ichki qavati esa entodermani tashkil qiladi. Birlamchi ichak bo`shlig`idan 
gastrotsel hosil bo`ladi va u lansetniklarning, amfibiylarning birlamchi ichagidan tubining 
bo`lmasligi bilan farq qiladi. Ularda tub bo`lib parchalanmagan sariqlik hisoblanadi. Bu yerda 
ham lablar bilan chegaralangan blastopor bo`lib, lantsetnik, amfibriylarnikidan orqa labning 
bo`lmasligi bilap farqlanadi, orqa lab o`rnida esa sariqlik bo`ladi. Invaginatsiya va qirg`oq 
kertigining hosil bo`lishi bilan bir vaqtda delyaminatsiya ham ro`y beradi, ya’ni sariqlik ustida 
yotuvchi qirg`oq bla-stomerlarining ajralishi natijasida ham entoderma hosil bo`ladi. Shunday 
qilib, baliqlarda 2 ta entoderma farqlanadi. Biri-invaginatsiya yo`li bilan hosil bo`lgan g a s t r a l 
e n t od e r m a va ikkinchisi delyaminatsiya natijasida hosil bo`lgan sariqlik entodermasi. Bir 
vaqtning o`zida lablar sohasidasida mayda hujayra materialining ajralishn hisobiga xor-
domezodermal kurtak hosil bo`ladi va ular gastrulyatsiyaning boshlanishidayoq ekto-va 
entodermaning orasiga suqilib kirib, alohida o`sa boshlaydi. Ektodermaning tarkibida oldingi 
labdan nerv plastinkasi o`sadi. 
Qushlarda gastrulyatsiya d e l a m i n a t s i y a bo`yicha kechadi. Maydalangan homila 
gardishi 2 varaqqa ajraladi. Entoderma ostida uncha katta bo`lmagan 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish