400
Follikullar atreziyasi. Ovogenezning o’sish davriga kirgan primordial follikullarning hammasi
ham o’z taraqqiyo-tining oxirigacha etib bormay, ko’pchilik follikullar (ba’zan 90 protcent)
atreziyaga uchraydi. Atreziya - tuxum hujayrasining o’lishi va follikul o’rnida
atretik tananing
hosil bo’lishidir. Atretik tana tuxumdonda balog’at yoshiga etgunga qadar va homi-ladorlik
vaqtlarida ko’plab uchraydi. Atretik tananing o’lcham-lari sariq tananikidan ancha kichik bo’lib,
markazida o’lgan ovo-tcitning yaltiroq pardasi saqlanib qoladi, uning atrofida esa interstitcial
hujayralar joylashadi. Bundan tashqari atretik tana uni o’rab turgan to’qimadan aniq ajralib
turmaydi.
Tuxumdonning yoshga qarab o’zgarishi. Tuxumdonning tciklik o’zgarishlari ayollarda balog’at
yoshidan boshlab 45-50 yoshgacha davom etadi. SHu davrdan
boshlab follikullarning
rivojlanishi asta-sekin susayadi, jinsiy tcikl buziladi - klimakterik davr boshlanadi va 60
yoshlarga borganda barcha jinsiy hujayralar yo’qolib to’qimaning miqdori esa oshadi.
Tuxumdonning tomir va nervlari. Tuxumdon qon tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan. Arteriyalar
a’zoning darvozasi soha-sida egri-bugri yo’l tutib mag’iz moddada qisman shoxlanadi, po’st-loq
moddada esa radial yo’nalgan shoxchalar beradi. Bulardan hosil bo’lgan kapillyarlar follikullar
devorini o’rab quyuq to’r hosil qiladi. Mag’iz modda va darvoza sohasida mayda venalar to’ri
yig’ilib tuxumdon venasiga quyiladi.
Limfa kapillyarlari tuxumdon follikullarini o’raydi, so’ng-ra po’stloq moddaning limfa
kapillyarlari bilan birgalikda bir stvolga yig’iladi va mag’iz moddadan o’tib darvozadan chi-
qadi.
Tuxumdon nerv tolalariga ham boy bo’lib, ularning ko’plari tomirlar bilan birga keladi.
Bular
orasida sezuv nerv oxir-lari ham uchraydi.
Tuxumdon vazifalari. Tuxumdonlar generativ vazifani baja-radi, ularda ayollar jinsiy hujayralari
ishlab chiqariladi. SHu bilan birga tuxumdonlar ichki sekretciya bezi hisoblanadi. Tu-
xumdonning endokrin vazifasidan biri o’sayotgan follikullarda estrogen yoki follikulin
gormonini ishlab chiqarishdan iborat-dir. Bu gormonlar follikulning donador qavati
hujayralarida ishlanadi. Bachadonning o’sishi va jinsiy tciklning qaror topishi balog’atga etish
davridan, ya’ni tuxumdonlar o’z faoliyatlarini boshlab, estrogen ajralishi bilan boshlanadi.
Tuxumdon faoliya-tining klimakterik so’nishi bachadonning atrofiyasi
va jinsiy tcikllarning
to’xtashiga olib keladi. Estrogen gormoni ikkilamchi jinsiy belgilarni ham yuzaga chiqaradi.
Estrogendan tashqari, tuxumdonda sariq tananing lyutein hu-jayralari tomonidan ishlab
chiqariladigan progestron gormoni ham mavjud. Progestron ta’siri ostida bachadon shilliq
qavati-ning bezlari o’z faoliyatini boshlab, sekret chiqaradi. Bachadon
bezlari kattalashadi va
egri-bugri holatda yotadi. Bachadon shil-liq pardasi shishadi, tomirlari qon bilan to’ladi. SHu
vaqtning
401
250- rasm. 34-24 . Tuxum yo’lining.ko’ndalang^kesimi. Vrug’lik mikroskopi.
X
fc8 -
shoki
L
a
L
ar(f„„
b
r„
L
a
r:2
_
am
„
ula
;^_^^
yo’living
tuTq!
,
chi
. ^^^
^^
o’zida progestron tuxumdonga ta’sir ko’rsatib, boshqa follikul-larning o’sishini to’xtatib turadi.
Tuxumdon faoliyatini aktivlashtirish gipofiz oldingi bo’-limining gonadotrop gormonlari
ta’sirida bo’lali. Bunda fol-likullarni stimullovchi (FSG), lyuteinlovchi (LG) gormonlar
tuxumdon follikullarining katta o’sish davriga o’tishi va fol-likulyar hamda interstitciy
hujayralari tomonidan estrogenning ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari,
lyuteinlov-chi gormon ovulyatciyani yuzaga keltiradi va sariq tananing hosil bo’lishidagi
dastlabki davrda muhim rol’ o’ynaydi.
Sariq tana faoliyatiga, ya’ni progestron ishlab chiqarilishiga gipofizning lyuteotrop gormoni
(LTG) ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus ovarial gormonlar - estrogen va progesteron bilan bir qatorda oz miqdorda bo’lsa-da,
tuxumdondan androgenlar - erkaklar jinsiy gormoni ajralishi aniklangan, bu esa embrio-nal
taraqqiyotdagi ikki jins o’rtasida bo’lgan umumiylikni ko’r-satadi.
Androgenlar maxsus gilus
hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Bu hujayralar kichik to’plamchalar sifatida tuxum-don
darvozasi sohasida joylashadi.
Ovarial funktciyalarni boshqarishda gipofizning gonadotrop gormonlari bilan bir qatorda
tuxumdonga keladigan nerv oxir-lari ham muhim rol’ o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: