21
hujayra oraliq moddasi bo`lmay, qo`shni membranalarning oqsil molekulalari o`zaro qo`shilib
ketadi. Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh qavatli membranani ko`ramiz (har bir
plazmatik membrana elektron mikroskop ostida 3 qavat bo`lib ko`rinsa, bu sohada 2 plazmatik
membrananing to`q qavatlari birlashib,
5
qavatli bo`lib ko`rinadi). Bu
birlashish ichak epiteliy
hujayralari sohasida turli moddalarning ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`tishiga to`sqinlik
qiladi. Natijada, zaharli moddalar ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`ta olmaydi. Moddalar
faqat epiteliy hujayralariga so`rilish hisobiga ichki muhitga o`tishi mumkin.
Oddiy birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o`rab turadi va natijada
o`ziga xos belbog`ni hosil qiladi.
7 – rasm. Jiyakli silindrsimon hujayralar apikal kismidagi mikrovorsinkalarning:
A – kundalang (X60.000) va B – buylama (X70000) kesmasi.Elektron
mikrofotogrammalar.
1 - plazmatik
membrana; 2-fibrillalar; 3- sitoplazma; 4 -terminal to’r; a- glikokaliks.
22
8- rasm. Hujayralarning birikish turlari.
1-oddiy birikish; 2- interdigitatsiya; 3- desmosoma; 4- zich birikish; 5-tirqishli birikish.
3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish
ham farqlanadi. Elektron
mikroskopda ko`rilganda desmosoma sohasida qo`shni hujayralar sitoplazmalarining
bir-biriga
tomon yo`nalgan bo`rtmalari ko`zga tashlanadi. Bu bo`rtmalar plazmolemma bilan qoplangan
bo`lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o`zaro birlashadi.
Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni
birlashtiruvchi plastinka
deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi.
4.
Tirqishli tutashish
- bu tutashishda ikki qo`shni hujayralar plazmatik membranalari
orasida 2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. Bo`yovchi moddalar bir hujayra sitoplazmasiga
kiritilganda shu soha orqali qo`shni hujayraga o`tadi. Demak, tirqishli tutashish sohasida nozik
kanalchalar bo`ladi.
Tadqiqotchilar fikricha, ikki qo`shni hujayra plazmatik membranalarining
oqsillari silindr shaklida tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon
tuzilmalar (kanalchalar) joylashgan (9-rasm). Bu naysimon tuzilmalar
orqali ionlar bir
hujayradan ikkinchi hujayraga o`tadi. Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va
turli molekulalar almashinuvida muhim o`rin tutadi. Undan tashqari,
bu tutashish orqali bir
hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin (masalan, yurak mushak hujayralarida).
5.
Sinapslar va sinaptik birikish.
Bu bog`lanish nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki
nerv hujayrasi orasida - neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo`lmagan tuzilmalar (retseptor va
effektorlar) orasida bo`lishi mumkin («Nerv to`qimasi»-ga q.).
6. Hujayra yon yuzasidagn
interdigitatsiyalar
tez o`zgaruvchan tuzilma bo`lib, bunda bir
hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o`siqchalari qo`shni hujayraning xuddi shunday
o`siqchalari orasiga kirib birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: