Ilmdadir kuchimiz,
Ko’pdir huquq burchimiz,
Barin etar sarxisob,
Bizning bosh qomus kitob.
Dunyolar go’zaldir iste’dod bilan
Milliy saxnamizning fayzlari qaytdi,
San’at soxasida shodliklarim jam,
Yuragim hurlikka rahmatlar aytdi.
Har moddangdan o’zligimni angladim,
Sening birla to’ri yo’lni tanladim,
Hayotimga nurli- nurli qaradim,
Qomusim yurtimning iftixorisan.