Ilm yo’li variativa dasturini o’rganish va tahlil qilish mtt tarbiyachining ish hujjatlarini o’rganish


MTT tarbiyachining ish hujjatlarini o’rganish



Download 23,23 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi23,23 Kb.
#374628
1   2
Bog'liq
Ilm yo’li variativa dasturini o’rganish va tahlil qilish

MTT tarbiyachining ish hujjatlarini o’rganish

Turli tipdagi maktabgacha ta‟lim muassasasining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi

Davlat instruktiv hujjatlari

Maktabgacha ta‟lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi15

. Quyidagilar:

- davlat boshqaruvi organlari;

- mahalliy davlat hokimiyati organlari;

- davlat korkabinetlari;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta‟lim

muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda ro'yxatdan o‟tkaziladi. Quyidagilar:

davlat boshqaruv

organlari

mahalliy davlat

hokimiyati organlari

davlat korxonalari qonun hujjatlariga

muvofiq boshqa

davlat tashkilodari

davlat maktabgacha

ta‟lim


muassasalarining

muassislari bo'lisfii

mumkin

Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga



bo'linadi:

- umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari;

ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar

uchun);


- sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali

asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);

Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga,

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga,

yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi.

Maktabgacha ta‟lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan

attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi belgilangan davlat me‟yorlariga va maktabgacha ta'lim

muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga

qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta‟minlaydi.

Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan

belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga

haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim

vazirligi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha ta‟lim muassasasining ish kun tartibi iva u yerda qancha vaqt bo'Iishi

Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu

kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.

Maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va

«Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib

boriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim

muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari

va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha

ta'lim muassasalariga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyotxodimlari

tomonidan ta‟minlanadi, ular Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda

bolalarning hayoti, sog'lig‟i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari

o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me‟yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya

qilinishi uchun javob beradilar.

Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organlariga

yuklanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi

uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi.

Maktabgacha ta‟lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida

bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan

ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi.

Maktabgacha ta‟lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni

tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan

Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish

uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan Iozimnomalar

asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari

qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis

tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi

mumkin emas.

Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va

vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni

saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida

belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylikkengashining faoliyati O'zbekiston

Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom

asosida amalga oshiriladi.

Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni o'z ustavi,

kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar

shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat

maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta‟lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda

tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.

Ota-onalar:

o'z bolalari uchun ta‟lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida

ta‟lim berish tilini tanlash;

davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta‟lim- tarbiya berish uchun zarur

shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda

bo'lishni talab qilish;

muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga

qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish

huquqiga ega.

Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega

bo'lishlari mumkin.

Ota-onalar quyidagilarga majbur:

belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida

bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash;

bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari

shakllantirilishini qat‟iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga

ozoda kiyingan holda olib kelish.

Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham

olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari

o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy

xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan

tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

Tegishli pedagogik ma‟lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega

bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan

shug'ullanish huquqiga ega.

Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi

taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va

imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta‟lim muassasasi ustavida, shuningdek,

mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida

belgilab qo'yiladi.

Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

davlat maktabgacha ta‟lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan

tartibda qatnashish;

o'z kasbiy sha‟ni va qadr-qimmatini himoya qilish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishi

mumkin.


Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim

dasturlarini tatbiq etish;

ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,

estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shartsharoitlar yaratish;

bolalarga yuqori professional darajada ta‟lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta‟lim

sifatini oshirish;

pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni

tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota- onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik

bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;

o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda



takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish