“Ilm yo‘li” variativ dasturi ilm olishning maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy bosqichidir



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#599020
  1   2
Bog'liq
725d903303064c0bb912a77712ecc38b



yilnoma
“Ilm yo‘li” variativ dasturi ilm 
olishning maktab ta’limiga 
tayyorlashning zamonaviy bosqichidir
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor 
qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, 
Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan 
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro 
tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish 
maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi 
“Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish 
bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z 
zimmasiga
6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha 
majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya 


berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni 
tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli 
bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga 
tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, 
O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha 
ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, 
uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni 
maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan 
hujjat bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat 
davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni 
tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston 
Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi 
mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy 
hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga 
oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha 
ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-
sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va 
yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan 
Davlat 
talablari 
kiritildi. 
Dastur 
(kurrikulum)ning o‘rgatuvchi 
jarayonidagi 
integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish 
maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab 
chiqishni taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash 
guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 


tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish 
Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli 
pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy 
omillar bilan belgilanadi:
• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida 
shakllanadi;
• maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil 
etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
• umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
• ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
• g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun
quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi:
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng
imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik 
tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish 
imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-
onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;
• 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik 
tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 
muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy 
rivojlanish va sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish 
malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un 
rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan;
• maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish