Toshkent viloyati Zangiota tumani
15-umumiy o’rta ta’lim maktabining
kimyo fani o’qituvchisi
Pirxondinov Nuriddin Muxtorovichning
“Kimyo va hayot” mavzusida1-soatlik
takrorlash-auksion darsi.
ILM-U TAFAKKUR-KISHINI EZGULIKKA BOSHLAYDIGAN BEQIYOS KUCH,ILM VA TAFAKKUR ODAMLAR QALBIGA NUR, ONGGIGA ZIYO,XONADONIGA FAYZU-BARAKA KELTIRADIGAN BUYUK MO‘JIZADIR.
I.A KARIMOV
Dars shiori:
“Tabiat-bu ajdodlardan qolgan meros emas,balki avlodlar qarzga olgan boylikdir”.
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: O’quvchilarning anorganik moddalar haqida olgan bilimlarini mustahkamlash;
tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni kasbga yo’naltirish, ishlab chiqarish jarayonidagi ekologik muammolar mohiyatini ochish orqali ekologik tarbiya berish;
rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi axloqiy sifatlarni, olgan bilimini hayot bilan bog’lay olishni, Vatanni, uning tarixi, madaniyati, urf-odatlarini, eng asosiysi insonni hurmat qilishni, estetik didni, iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarkib toptirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, noan’anaviy dars.
Darsning usuli: aqliy hujum, qadamba-qadam, savol-javob, suhbat,bahs.
Dars jihozi: darslik, rasm,taqdimot, ko’rgazmalar, baholash kartochkalari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
Xomchenko. Kimyo. Toshkent.1990.
-
Karimov N. Kimyo fanidan masalalar yechish. Toshkent. “Fan”, 1964.
-
Internet ma’lumotlari.
-
“Maktabda kimyo” ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy jurnali.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism:
-
o’quvchilar bilan salomlashish.
-
O’quvchilar davomatini tekshirish.
-
Bugungi kun yangiliklari bilan fikr almashish.
O’qituvchi o’tgan oyning muhim sanalari to’g’risida to’xtalib o’tadi.
II. O’tilgan mavzuni va uyga vazifani so’rash.
O’qituvchi sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’ladi. Guruhlar o’rtasida “Kislotalar, asoslar, tuizlar” mavzusida bellashuv o’tkaziladi.
O’quvchilarni baholash quyidagicha belgilanadi: har bir o’quvchining dars davomida bergan javobiga qarab unga kartochka berib boriladi. Qaysi guruh shu kartochkalarni ko’p yig’sa, g’olib shu guruh hisoblanadi.
O’qituvchi o’tilgan mavzuni xulosalaydi va bugungi mavzuni e’lon qiladi.
III. Yangi mavzu rejasi:
O’qituvchi:-Biz bugun darsimizda qadamba-qadam usulidan foydalanamiz. Darsimiz 4 qadamdan iborat. Bular quyidagilar:
-
|
Qadamba- qadam
|
C
|
Sirli sandiq
|
H
|
Anorganik moddalar xossalari
|
O
|
1 marta ko’moq afzal
|
(C6H10O5)n
|
Bilasizmi?
|
O’qituvchi: endi auksionimizni boshlaymiz.
Kim savollarga eng ko’p javob bersa, o’sha mukofatlanadi.
Savol: Sovun va uning xususiyatlari haqida nimalar bilasiz.
Javob: Hozirgi kunda biz ishlatadigan sovunlar- bu stearin, olein kislotalarning natriyli va kaliyli tuzlaridir (qo’shimcha to’ldiruvchi moddalari bilan). Biz turli xil sovun turlarini bilamiz. Bular: atir sovun, xo’jalik, qattiq, suyuq, dezinfeksiyalovchi, xushbo’y, davolovchi va h.k. Lekin sovun boshqa xizmatlar uchun ham ishlatiladi. Ob-havoni aniqlash xizmati sovun pufaklaridan foydalanadi. Mat ova dori ishlab chiqarish texnalogik jarayonida, rang ishlab chiqarishda, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ham sovun ishlatiladi.
O’qituvchi: Javob uchun rahmat.
Sovg’a tariqasida yaxshi sovunni qazbulqilib oling.
Savol: Kir yuvish kukuni qanday xususiyatlarga ega bho’lishi kerak?
Uy sharoitida kir yuvish kukunini hosil qilish mumkinmi?
Javob: Do’konlarda turli xil kir yuvish vositalari sotiladi. Ular tarkibiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Bular kir yuvish vositalari, ishqorlar, oqartiruvchi va rang beruvcfhi moddalar, suvni yumshatuvchi moddalar va h.k. Kir yuvish kukunini tanlashda, albatta, tarkibiga e’tibor berish kerak. Rangli matolarni yuvishda natriy karbanat (kuchli oksidlovchi) mavjud vositalarni ishlatish mumkin emas.
Eng yaxshi javob bergan o’quvchiga kir yuvish kukuni sovg’a qilinadi.
Savol: Qanday qilib yaxshi soch yuvish vositasini xarid qilish mumkin?
Javob: Soch yuvish vositasi bu faqat sochni yuvish emas, balki kirni
yo’qotish, bosh terisini yumshatish, bosh terisini davolash uchun ham ishlatiladi.
Shampun uchun eng yaxshi tavsif- bu ko’pik sifati. Agar shampun suyuq, tiniq va ochiq rangda bo’lsa, bu sifati uncha yaxshi bo’lmagan maxsulotdir. Uning tarkibiga rang beruvchi moddalar qo’shilgan.
Savol: Limon yordamida dog’larni nketqazish mumkinmi?
Javob: Ha, haqiqatdan ham zangni ketqazish uchun limon va xlorid kislotadan foydalanish mumkin. Agar kiyimda dog’ paydo bo’lsa, limon sharbati bilan artib tozalash kerak.
Savol: Shakar haqida nimalar bilasiz?
Javob: Shakar- bu miya hujayralariuchun asosiy yoqilg’I va energiya manbai hisoblanadi. Uning tarkibidagi gkyukoza va fruktozani organism juda tez qabul qiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, asr boshida odam shakarni o’rtacha 2kg hozir esa 20 marta ko’proq iste’mol qiladi. Bu juda ko’p, harakatlarimiz esa avvalgiga nisbatan kamroqdir. Har bir inson bir kunlik shaker miqdori 70-80 gr bo’lishi shart. Albatta, shaker deganda biz hamma shirinliklarni, shokoladva konfetlarni ham inobatga olamiz.
Ko’pincha shakar o’rniga asal iste’mol qilishni maslahat beradilar. Toza, yaxshi asalni qanday aniqlash mumkin?
Asal tarkibiga 75% glyukoza va fruktoza, 1-1.5% saxaroza va 18% suv, undan tashqari vitaminlar, mineral tuzlar, fermentlar, organic kislotalar kiradi. Sifatsiz asal tarkibida bo’r, kraxmal, un, daraxt qipig;I, shakar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Birinchi navbatda asalni teng miqdorda suvda eritish kerak. Suvda erimaydigan qo’shimchalar eritma tagiga tushadi yoki ko’tariladi. Kraxmal borliginin aniqlash uchun esa bir necha tomchi yod tomizish kerak (ko’k rang hisil bo’ladi).
Bo’r borligini sirka kislota orqali aniqlash mumkin (gaz ajrala boshlaydi). Agar shakar qo’shilgan bo’lsa, kumush nitrate yordamida aniqlash mumkin (oq cho’kma hosil bo’ladi).
Savol: Eng mashhur spirtsiz ichimlik haqida nimalar bilasiz?
Javob: Spirtsiz ichimlik- bu koka-kola, 1886 yil 8 mayda farmaseft Djon Stit Pemberton yaratgan, nomini esa uning hisobchisi Frenk Robinson o’ylab chiqqan.
AQSHning Atlanta shahri Jorliya shtatidagi “The Coca-Cola Companu” kompaniyasida 1892 yildan beri ishlab chiqariladi.
“Koka-kola” uchun 5 sent degan reklamalar 1890-1900 yillarda ko’p ishlatilgan.
Uning shisha idishi esa 1915 yildan beri ishlatiladi. 1955 yildan bankalarda ham sotiladi. 1988 yildan esa MDH davlatlarida sotila boshlagan.
Tarkibi: 3 qismi koki o’simligining bargi (kokain moddasi bor) va bir qismi tropic daraxt yong’og’i.
Kimyoviy tarkibi:
Shakar
Uglerod (IV) oksidi (E290)
Rang: koler (E150), karmazin (azorubin) (E122)
Ortafosfat kislota (E338)
Kofein
Tabiiy ta’m beruvchilar
Oshqozon va oshqozon osti bezi kasalliklari, o’n ikki barmoqli ichak kasalliklari, qandli diabet bilan kasallangan kishilarga ichish tavsiya etilmaydi.
Agar shu vaqtgacha ishlab chiqarilgan koka-kolani butun dunyodagi kishilarga berib chiqsak, har bir kishiga 1500 shishadan to’g’ri kelar edi.
Savol: Ichimlik mineral suvi tarkibini bilasizmi?
Javob: Mineral suv tarkibida tuz va kimyoviy birikmalar saqlaydi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra turlicha bo’ladi: Gidrokarbanatli- sport bilan shug’ullanadiganlar uchun, buyragida toshi borlar uchun ham tavsiya qilinadi, oshqozon kasaliga to’g’ri kelmaydi.
Xloridli- oshqozon va siydik yo’llari kasalliklari uchun, qon bosimi yuqori insonlarga umuman to’g’ri kelmaydi.
Sulfatli- jigar, o’t pufagi, semirish, qandli diabet bilan kasallanganlarga to’g’ri keladi, yosh bolalar va o’smirlarga to’g’ri kelmaydi, chunki o’sishni to’xtatib qo’yadi.
Magniyli- stress holatiga tushganlar uchun.
Savol: Sovun nima?
Javob: Suvda eriydigan, yog’ va asoslarning birikishidan hosil bo’ladigan kimyoviy modda bo’lib kir va xushbo’y –atir sovunga b o’linadi. Hozirgi vaqtda suyuq holatda ishlab chiqariladi. Ma’lumotlarga qaraganda sovun eramizdan avvalgi 2800 yilda Vavilon va Shumerda ishlab chiqarilgan. 1808 yilda fransuz kimyogari Mishel Ejen Shevryol (1786-1889) tekstil fabrikasining iltimosiga ko’ra sovunning tarkibini aniqlab beradi.
Qattiq sovun- C17H35COONa
(Suyuq sovun-C17H35COOK)
IV.Mustahkamlash.
Natriy xlorid yoki osh tuzi –oq mayday kristallardan iborat, yirik, mayday, tozalangan, yodlangan bo’lishi mumkin.
Tuz (sol) so’zining kelib chiqishi rim harbiylariga borib taqaladi, chunki o’sha vaqtda tuz shu darajada qimmatbaho ediki, ularga oylik ish haqi o’rniga tuz berilar edi. Sol so’zi ingliz tilida salaru-ish haqi degan ma’noni anlatadi.
Odam organizmining suv- tuzli balansini normada saqlashda natriy-kaliyli ion almashinishida asosiy rol o’ynaydi. Bir sutkada inson 10-15 gramm tuzga ehtiyoj sezadi.
Fiziologik jihatdan inson uchun 1 kunlik tuz normasi 1.5g. Undan ortiq iste’mol qilish poliartrit, tuz to’planish qon bosimi, skleroz kasalliklarining avj olishiga olib keladi. Tuzsiz parhez ko’pi bilan 10-11 kunga cho’zilishi mumkin, aks holda u o’lim bilan tugaydi.
1684 yilda Moskvada tuz narxining oshib ketganligi sababli tuz janglari bo’lib o’tgan.
Qog’oz eramizdan oldin 105 yilda xitoylik Say Lun tomonidan pilladan olingan shoidan ishlab chiqilgan. O’ta Osiyoda VI-VII asrlarda chiqarila boshlangan.
Qog’oz sellyulozadan olinadi. 1803 yildan Angliyada zavodda ishlab chiqarila boshladi.
Qalam: (grafit) –qora tosh degan ma’noni anglatadi, chizish va yozish uchun ishlatiladi. 2 xil bo’ladi: oddiy va rangli qalamlar.
Qalam -1683 yilda Germaniyaning Nyurnberg shahrida ishlab chiqarila boshlangan. Lekin uning tarkibida oltingugurt va elim qo’shilganligi tufayli u tezda kasodga uchragan. Biz bilgan qalamni 1794 yilda fransuz olimi Nikola Jak Konte ixtiro qilgan.
Mustahkamlash qismida o’quvchilarga kimyo fanidan qiziqarli tajriba ko’rsatiladi.
Yonsa ham kuymaydigan ro’molcha:
Dastro’mol yoki bir parcha surp suvda yaxshilab ho’llanadi va siqib tashlanadi. So’ngra uni spirtga botiriladi va salgina siqib olinadi. Temir qisqich bilan ushlab turilgan bu dastro’mol yondiriladi. Yonib bo’lgach dastro’molni tomoshabinlarga yoyib ko’rsatiladi. Uning kuymaganligiga ishonch hosil qilinadi.
Buning sababi shundaki, ho’l dastro’mol yuzasidagi spirt yonayotganda issiqlik ta’sirida suv bug’lanib to’qimani kuyishdan saqlab qoladi.
Toza spirt deyarli rangsiz alanga hosil qilib yonadi.
2C2H5OH+6O2= 4CO2+6H2O
Ushbu tajribada spirt o’rniga asetondan foydalansa ham bo’ladi.
Atseton meva hidiga ega bo’lgan va oson qaynaydigan rangsiz suyuqlik (qaynash temperaturasi 56.240C ga teng). Suv va organic erituvchilar bilan yaxshi aralashadi va oson yonadi.
CH3-CO-CH3+4O2=3CO2+3H2O
Atseton (dimetilketon) yonganida ajraladigan issiqlik namlangan gazlamani quritish va kuydirish uchun yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham dastro’mol yonmay qoladi.
Eslatma:Spirt va atseton bilan o’tkaziladigan tajribalarda yong’indan saqlanish qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
V.Darsni yakunlash, xulosalash:
O’qituvchi so’zi:
Demak bugungi darsimizda kimyo fanining yutuqlari, uning kundalik hayotimizda ahamiyatiga yana bir marta amin bo’ldik.
VI. Uyga vazifa:
-
5 tadan test savollari tuzib kelish;
-
2. Maishiy kimyoda ishlatiladigan biror modda haqida ma’lumotlar yozib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |