Marjali operatsiya -
investor xaridini qimmatli qog’ozlardan keladigan
kelgusidagi daromadlar hisobida qisman kreditlash.
Markaziy (emission) bank -
mamlakatning barcha kredit tizimini
boshqaruvchi, pul birliklarini muomalaga chiqarish va ularni muomaladan qaytarib olish
bo’yicha yagona (monopol) huquqga ega bo’lgan bank.
Market-meyker -
moliyaviy muassasa, har xil valyutalarni sotish va sotib olish
kurslari kotirovkasini amalga oshiradi va ular bo’yicha bitimlarga kiradi.
Mahalliy
obligatsiya
-
xukumatning
mahalliy
organlari
tomonidan
chiqariladigan hokimiyat kafolati bilan ta’minlangan obligatsiya.
Moliya injiniringi
– moliya-kredit sohasida (davlat moliyasi, davlat, munisipal
va koorporativ moliya hamda moliya bozorlari) sohasidagi moliyaviy innovatsiyalar
yaratish va amaliyotga joriy qilishni (transfertini) o’rgatuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |