Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
Baxtsiz xodisalardan sug’urtalash 
 
Baxtsiz xodisalarning juda ko’p har-xil turlari mavjud. Ular ham maishiy hayotda, 
ham  ishlab  chiqarishda  turli  xil  sabablar  orqali  sodir  bo’ladi.  Ularning  oqibati  turli 
og’irlikdagi  jaroxatlar  bo’lib,  ular  sog’liqni  qisman  yo’qotilishiga  yoki  o’limga  olib 
keladi.  Har  qanday  hodisa,  agar  u  to’satdan  ro’y  berishning  oqibati  bo’lsa,  sug’urtalash 
hodisasi  deb  tan  olinadi.  Jaroxatlarning  asosiy  sabablari  ishlab  chiqarishning,  mehnat 
sharoitining, mashg’ulot turining xavflilik darajasi hisoblanadi. Shunga bog’liq ravishda 
baxtsiz  xodisalardan  sug’urtalanuvchilar  tarif  sinflariga  bo’linadilar  va  ular  uchun 
aloxida-aloxida sug’urta to’lovlari stavkalari o’rnatiladi. 
Tarif  stavkalari  yuqorida  ko’rsatilgan  mol-mulkni  sug’urtalash  uslubiday 
hisoblanadi.  Sug’urta  summalarini  to’lash  tarif  sinfini  va  shartnomada  ko’rsatilgan 
sug’urta summasidan jaroxatning og’irligiga qarab foizni hisobga olgan holda to’lanadi. 
Sog’liqni  yo’qotishni  baholash  uchun  maxsus  jadvallar  tuziladi  va  bu  jadvallarda 
jaroxatlanishlarning  ro’yxati  va  ularning  oqibatlari  ko’rsatiladi.  Masalan,  jaroxatlanish 
natijasida  qo’lning  yuqori  qismi  suyagi  sinsa,  bunda  sog’liqni  yo’qotganlikni  qoplash 
uchun sug’urta summasining 15% miqdorida to’lov ajratiladi va h.k. Mehnat qobiliyatini 
to’la  yo’qotganda  yoki  o’lim  holatlarida  to’lov  to’laligicha  amalga  oshiriladi  (xalok 
bo’lgan  odam  uchun  sug’urtani  uning  merosxo’rlari  oladilar).  Individual  holdagi 
sug’urtalashga 16 dan 74 yoshigacha bo’lgan fuqarolar qabul qilinadilar (chegara 75 yosh 
hisoblanadi),  bunda  sug’urtalash  muddati  1  yildan  5  yilgacha  bo’ladi.  Sug’urtalash 
mas’uliyati 1-guruh ishlamaydigan nogironlar uchun qabul qilinmaydi. 
Baxtsiz  xodisalardan  sug’urtalanuvchilar  o’z  ishlovchilari  foydasiga  bir  yilga 
shartnoma tuzgan korxonalar, tashkilotlar ham bo’lishi mumkin. 
Bunday  shartnomalarda  tarif  stavkasining  miqdori  sug’urtalanuvchining  faoliyat 
turiga,  kasbiga,  mehnat  sharoitiga  va  o’rnatilgan  sug’urta  summasiga  bog’liq  ravishda 


 
201 
aniqlanadi.  Sug’urta  to’lovi  butun  sug’urta  muddati  uchun  bir  yula  to’lanadi.  Baxtsiz 
xodisa  ro’y  berganda  sug’urtalovchi  jaroxatlangan  kishiga  mehnat  qobiliyatini 
yo’qotganligining har bir kuni uchun nafaqa to’laydi, lekin bu muddat xodisa yuz bergan 
kundan  boshlab  4  oydan  oshmasligi  kerak.  To’lov  sug’urta  summasiga  bog’liq  holda 
amalga  oshiriladi.  Nogironlik  holati  kelib  chiqqanda  esa  nafaqa  nogironlik  guruhiga 
bog’liq  holdan  sug’urta  summasidan  o’rnatilgan  foiz  bo’yicha  to’lanadi.  Bu  birinchi 
guruh  uchun  -  80%,  ikkinchisi  uchun  -  60%,  uchinchisi  uchun  -  40%  ni  tashkil  qiladi. 
O’lim  holatida  esa  shartnomada  ko’rsatilgan  sug’urta  summasining  hammasi 
merosxo’rlariga to’lanadi. 
Baxtsiz xodisalardan sug’urtalash qisqa muddatlarga, ya’ni bir yoki yil davomidagi 
bir necha oyga tuzilishi mumkin. Bunday hollarda tarif stavkalari yillik stavkaga nisbatan 
koeffitsientlar  yordamida  hisoblanadi.  Masalan,  baxtsiz  xodisalardan  3  oy  muddatga 
tuzilgan sug’urtalashning tarif stavkasi yillik stavkaning 0,4 qismiga teng bo’ladi. 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish