Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
185 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
VIII-BOB. SUG’URTA BOZORI STATISTIKASI  
 
8.1. Sug’urta bozori statistikasining  
predmeti va vazifalari 
 
Sug’urta  moliyaviy  faoliyatning  bir  turi  bo’lib,  uning  maqsadi  korxonalar, 
tashkilotlar va xususiy shaxslarga sug’urta riski sodir bo’lgan taqdirda zararlarini o’rnini 
ular  tomonidan  to’langan  pul  mablag’lari  hisobidan  tashkil  qilingan  sug’urta  fondidan 
qoplash hisoblanadi. 
Sug’urta  riski  -  kishilarning  ongli  faoliyatiga  bog’liq  bo’lmagan  holda  (halokat, 
yo’l  fojiasi,  avariya,  suv  toshqini,  er  qimirlashi,  qurg’oqchilik,  o’lim,  krizis  hamda 
boshqa  tabiiy  va  sotsial  falokatlar)  ro’y  berishi  ehtimoliga  va  tasodifiga  ega  bo’lgan 
voqealardir. 
Sug’urtaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi: 
1) shikastlangan mol-mulkdan kelgan zararni qoplash bo’yicha moddiy manfaatlar; 
2) shaxsiy hayot, sog’liq, mehnat qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan xatarlar; 
3)  mas’uliyat  xatarlari,  ya’ni  sug’urtachining  qoplanmagan  qarzlari,  mahsulotni 
muddatida  etkazib  bermaslik,  uchinchi  tomonga  zarar  etkazilish    va    boshqalar    bilan  
bog’liq  bo’lgan  potentsial yo’qotishlari. 
Ob’ekti  bo’yicha  sug’urta  quyidagi  tarmoqlarga  bo’linadi:  mulkiy,  shaxsiy  va 
ma’suliyat  sug’urtasiga.  O’z  navbatida  sug’urta  tarmoqlari  tarmoqchalarga  va  yana 
alohida  turlarga  bo’linadi.  Mulkiy  sug’urtalashda  korxonalar,  tashkilotlarni  mulkchilik 
shakllari  bo’yicha  (davlat,  kooperativ,  aktsionerlik,  yakka  holdagi  va  boshqalar) 
ajratiladi,  shu  jumladan  turlari  bo’yicha  -binolarni,  qurilmalarni,  xom-ashyolarni, 
materiallarni,  yoqilg’ini,  transport  vositalarni,  uy-xo’jaligi  mulklarini  va  boshqalarni 
sug’urtalash.  Shaxsiy  sug’urtalash  tarmog’ida  -  hayotni  sug’urtalash  quyidagi  turlarga 
bo’linadi: sog’liqni, mehnat qobiliyatini, pensiyalarni (yoshi bo’yicha, invalidlik, baxtsiz 
hodisalardan va boshqalar) sug’urtalash va boshqalarga. 
Ma’suliyatni  sug’urtalash  quyidagi  turlarga  bo’linadi:  avtotransport  vositalari 
egalarining, yuk tashishning, tadbirkorlik va moliyaviy xatarlarning hamda boshqalarning 
fuqarolik ma’suliyatlariga. 
Ob’ektlarni  turlari  bo’yicha  sug’urtalash  ikki  shaklda  olib  boriladi:  majburiy  va 
ixtiyoriy. Majburiy sug’urtalash davlat tomonidan qonun asosida amalga oshiriladi, ya’ni 
bunda sug’urtaning ob’ektlari, turlari, shartlari va qoidalari, shuningdek sug’urtalovchi va 
sug’urta qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari, tarif stavkalari va boshqalar aniqlab 
berilgan bo’ladi. 


 
186 
Majburiy  sug’urtalashga  fuqarolarning  sotsial  va  meditsina  sug’urtasi, 
yo’lovchilarni  sug’urtalash,  notarius  va  bojxona  brokerlarining  kasbiy  ma’suliyatini 
sug’urtalash,  diniy  tashkilotlarga  ijaraga  berilgan,  davlat  korxonalari  va  davlat 
qurilishlari mol-mulkini sug’urtalash, fuqarolarning mulki hisoblangan turar joylar, dala 
xovlilar, bog’ uylar, xo’jalik qurilmalari va boshqalar kiradi. 
Ixtiyoriy  sug’urtalash  sug’urtalovchi  va  sug’urtalanuvchi  tomonlar  o’rtasidagi 
shartnomaga  asoslanadi,  uning  aniq  shartlari  amal  qilib  turgan  qonunchilik  doirasida 
sug’urtalanuvchi tomonidan  mustaqil  ravishda o’rnatiladi. Ixtiyoriy ravishda korxonalar 
va  tashkilotlarning  turli  xil  moddiy  boyliklari,  moliyaviy  xatarlar,  buzish  yo’li  bilan 
o’g’irlanadigan  uy-joy  mulki,  yong’indan,  vodoprovodning  avariyasidan,  qo’shimcha 
pensiya  bilan  ta’minlash  va  tibbiy  sug’urtasi  va  boshqa  mol-mulk,  sotsial,  shaxsiy, 
maishiy xarakterdagi risklar sug’urtalanadi. 
Sug’urta  bozorining  ko’rib  chiqilgan  kategoriyalari  sug’urta  tashkilotlari  ishini 
tashkil  qilishda,  shuningdek  sug’urta  statistikasini  tashkil  qilish  uchun  ham  asos 
hisoblanadi.  
Sug’urta  ob’ektlarini  o’rganish  uchun  maxsus  ma’lumotlarni  to’plash  va  ularni 
iqtisodiy-statistik  tahlil  qilish  zarur.  Bu  ishni  sug’urta  statistikasi  bajaradi.  Sug’urta 
statistikasining  predmeti  –  sug’urta  faoliyatini  ta’riflovchi  ko’rsatkichlarni  hisoblash  va 
tahlil  qilishni  o’rgatuvchi  metodlar  yig’indisidir,  ob’ekti  –  sug’urtalovchi  va 
sug’urtalanuvchilar o’rtasidagi bitimlar.  
Sug’urta statistikasi o’rganish predmeti va ob’ektiga muvofiq quyidagi vazifalarni 
bajaradi:  

 
Sug’urta kompaniyalarini statistik hisobot shakllari bilan ta’minlash; 

 
Sug’urta ishi haqida ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlashni tashkil etish; 

 
To’plangan ma’lumotlarni tartibga solish (guruhlash, svodkalash, jadvallar, 
grafiklar); 

 
Ixtiyoriy  (shaxsiy  mol-mulkni,  javogarlikni)  va  majburiy  sug’urta 
ko’rsatkichlarini va tarif stavkalarini hisoblash va tahlil qilish; 

 
Sug’urta  kompaniyalarining  iqtisodiy-moliyaviy  ko’rsatkichlarini  hisoblash 
va tahlil qilish; 

 
Statistik  ko’rsatkichlarni  hisoblash  va  tahlil  qilish  bo’yicha  statistik 
metodologiyani takomillashtirish.  
Sug’urta  statistikasining  muhim  vazifalaridan  biri,  aktuar  matematikada  modellar 
bo’yicha  hisoblangan  standart  natijalarni  (risklarni  baholash;  risklarni  har  biri  bo’yicha 
va  barchasi  uchun  birgalikda  ko’rilgan  zararni  hisoblash;  sug’urta  hodisasining 
chastotasini baholash va h.k.) integratsiya qilish hisoblanadi. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish