6.6. Investitsiya statistikasi ma’lumot manbalari
Investitsiya bozori haqida asosiy ma’lumot manbai bo’lib korxona va
tashkilotlarning buxgalteriya va statistik hisobotlari hisoblanadi.Ularga quyidagilar
kiradi: 1-sonli shakl buxgalteriya balansi. 1-invest shakli-O’zbekiston Respublikasiga
xorijdan kiritilgan investitsiyalar to’g’risidagi hisobot (yillik). Ushbu hisobotni chet el
investitsiyalarni qabul qilgan yuridik shaxslar (kichik tadbirkorlik sub’ektlari,banklar va
boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) 25-martdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Hisobot ikki bo’limdan iborat : I bo’lim. O’zbekiston Respublikasiga xorijdan keltirilgan
investitsiyalar; II bo’lim. To’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritilgan korxona (tashkilot)
daromadlari. Bu hisobotni 3 ta ilovasi mavjud,ya’ni I, II, III choraklar uchun tuzilgan
hisobotlar.Ilovalarda kiritilgan va qaytarilgan investitsiyalarning summasi 3 guruhga
bo’lingan holda hisoblanadi: a) to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar (aktsioner kapital),
korxona (tashkilot)ning xorijiy sheriklaridan olgan kreditlari, korxona (tashkilot)ning
xorijiy sheriklariga debitor qarzlar, korxona (tashkilot)ning xorijiy sheriklaridan kreditor
qarzlar; b) portfel inestitsiyalar; v) boshqa investitsiyalar;
2-invest shakli – Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar to’g’risidagi hisobot
(yillik). Ushbu hisobotni 25-fevraldan kechiktirmay yuridik shaxslar va ularning alohida
bo’linmalari, qurilish xo’jalik boshqaruvlarini qo’shgan holda (kichik korxonalar,
mikrofirmalar, fermer xo’jaliklari, notijorat korxonalar va chet el investitsiyalari
ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlaridan tashqari) taqdim etadilar. Bu
hisobotning ilovasi (2-invest yillik) ham mavjud – Atrof muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar
to’g’risidagi hisobot. Bu ilova 15-yanvarda topshiriladi. 2-invest shakli choraklik turi
ham to’ldiriladi. Bu shakl hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay
topshiriladi.
3-invest shakli – Chet el investitsiyasi va kreditlari va tiklanish-tarqqiyot fondi
mablag’lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to’g’risidagi
hisobot (oylik). Hisobotni 2009 yil investitsiya dasturiga asosan chet el investitsiya va
167
kreditlari, tiklanish va taraqqiyot fondi mablag’lari ishtirokidagi loyiha tashabbuskorlari:
vazirliklar, idoralar, banklar (kredit liniyalari bo’yicha) qoshidagi investitsiya loyihalarini
amalga oshiruvchi guruhlar, korxonalar har oyda taqdim etadilar. Hisobot 9 ustundan
iborat bo’lib, ming AQSh dollarida verguldan so’ng 2 xonali shaklda to’ldiriladi.
4-invest – Investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi to’g’risidagi hisobot (oylik).
Hisobotni 2009 yil investitsiya dasturiga asosan (chet el investitsiya va kreditlari,
tiklanish va taraqqiyot mablag’i ishtirokidagi loyihalardan tashqari) investitsiya loyihalari
tashabbuskorlari:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat
hokimliklari, Toshkent shahar, vazirliklar, idoralar har oyda taqdim etadilar. Hisobot 6
ustundan iborat bo’lib, milliy valyuta – ming so’mda to’ldiriladi. Har bir loyiha bo’yicha
moliyalashtirish manbalari va qo’yilma turlari ko’rsatilib, ular bo’yicha hisobot
o’zlashtirilgan investitsiyalar summasi keltiriladi.
1-KS shakli – Qurilish ishlarining bajarilishi to’g’risidagi hisobot (yilik).
Hisobotni qurilish pudrat shartnomalari asosida o’z kuchi bilan ishlar bajaruvchi yuridik
shaxslar va ularning alohida bo’linmalari (kichik korxonalar va mikrofirmalardan
tashqari) 15-fevraldan kechiktirmay taqdim etadilar. Bu hisobotning ilovasi – Qurilish
mashina va mexanizmlari mavjudligi to’g’risidagi hisobot va oylik shakli – Qurilish
ishlarining bajarilishi to’g’risidagi hisobot ham taqdim etiladi.
8-KS shakli – Tugallanmagan qurilish holati to’g’risidagi hisobot (yillik).
Hisobotni yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalari (kichik korxonalar,
mkrofirmalar va fermer xo’jaliklaridan tashqari) o’z joyidagi tuman, shahar statistika
bo’limiga 15-fevraldan kechiktirmay taqdim etadilar.
1-Qurilsh shakli – Ob’ektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga
yo’naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to’g’risidagi hisobot. Ushbu hisobot yillik,
choraklik va oylik turlarga bo’linadi va yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalari,
qurilish xo’jalik boshqaruvini qo’shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer
xo’jaliklari, notijorat korxonalar va chet el investitsiyalri ishtirokidagi loyihalarni amalga
oshirish guruhlaridan tashqari) taqdim etadilar.
1-ChS shakli – Jismoniy shaxslar tomonidan ob’ektlar qurilishi to’g’risidagi
hisobot. Bu shakl kvartalda bir marta yakka tartibda uy-joy va noturar joy ob’ektlari
qurilish monitoringi bilan shug’ullanuvchi shahar (tuman) hokimyatlarining tashkiliy
tuzilmalari o’z joyidagi tuman, shahar statistika bo’limiga taqdim etiladi. Ushbu
hisobotning ilovasi ham mavjud – Yakka tartibda qurilgan turar joylarni ishga tushirish
to’g’risidagi hisobot. Bu ilova yilda bir marta tuziladi va shahar (tuman) hokimiyatlari
huzuridagi shirkat va yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtirish bo’limlari
tomonidan taqdim etiladi.
Investitsiya bozorini o’rganishda davlat statistika hisobotlari, ma’lumotlari bilan
bir qatorda statistika kuzatuvlari ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi. Kuzatuvlar
asosan so’rovnoma shaklida tashkil etiladi. Masalan, 1-TJ so’rovnomasi – Foydalanishga
topshirilgan yakka tartibdagi uy-joyni tanlama kuzatuv so’rovnomasi (choraklik) va
boshqalar.
Investitsiyalar bozori haqidagi ma’lumotlarni yuqorida keltirilgan statistik
hisobotlardan
tashqari
yana
investitsiyani
boshqaruvchi
organlarning
ichki
hisobotlaridan, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytidan
(
www.stat.uz
) va chop etiladigan statistik to’plamlardan (ular ochiq sotiladi), turli
168
sanalarga bag’ishlab chop etilgan albom-kataloglardan, jurnal va gazetalardan olish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |