III. Chet el (xorijiy) investitsiyalar
1. Xorijiy investorlar tomonidan iqtisodiyotning tarmoqlari, O’zbekistonning
viloyatlari va xududlari bo’yicha kiritgan investitsiya hajmlari.
2. O’zbekiston iqtisodiyotdagi salmoqli investitsiyaga ega bo’lgan mamlakatlar.
IV. Moliyaviy investitsiyalar
1. Birja fond bozorlaridagi fond qadriyatlari bilan bo’ladigan operatsiyalarning
asosiy ko’rsatkichlari (fond qadriyatlari hamma turlari bo’yicha tuzilgan bitmlar soni,
sotish oboroti, pul resurslari).
2. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining (DQO) va federal zayom
obligatsiyalarining (FZO) ilk bor joylashtirilishi asosiy ko’rsatkichlari - chiqarish hajmi,
joylashtirish hajmi, sotilgandan kelgan daromad hajmi, byudjetga mablag’larni jalb
qilish.
3. Korxona va tashkilotlarni xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga moliyaviy
qo’yilmalari hajmi va tarkibi.
Har bir guruh ko’rsatkichlarga qisqacha izoh beramiz.
Birinchisi - kapital hosil qiluvchi investitsiyalar - kapital mablag’lar statistikasini
ifodalab, u kapital hosil qiluvchi investitsiyalar, asosiy fondlar va ishlab chiqarish
quvvatlarini joriy etishda juda katta ulushni tashkil qiladi.
Kapital hosil qiluvchi investitsiyalar o’z ichiga quyidagi ko’rsatkichlarni oladi:
kapital mablag’lar (asosiy kapitalga investitsiyalar), kapital ta’mirlashga sarflar, er
uchastkalarini va tabiatdan foydalanish ob’ektlarini sotib olishga investitsiyalar,
nomoddiy aktivlarga investitsiyalar (patentlar, litsenziyalar, programmalash mahsulotlari,
146
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar, moddiy aylanma mablag’lar
zaxiralarini to’ldirish uchun investitsiyalar va h.k.). Ko’rsatkichlar tizimi ichida asosiy
o’rinni kapital hosil qiluvchi investitsiyalarni hajmi va tarkibini xarakterlovchi kapital
mablag’lar tashkil qiladi. Kapital mablag’larning hajmiga yangi qurilishga,
rekonstruktsiyaga, ishlab turgan sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, savdo va boshqa
korxonalarni kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish xarajatlari, uy-joy va
madaniy-maishiy qurilish xarajatlari kiradi.
Kapital mablag’larga hamma turdagi qurilish ishlariga qilinadigan sarflar,
uskunalarni montajiga qilinadigan xarajatlar, montajni talab qiluvchi va talab qilmaydigai
uskunalarni sotib olishga ketadigan xarajatlar, ishlab chiqarish asboblari va xo’jalik
inventarlarini sotib olishga qilinadigan xarajatlar, boshqa kapital ishlarga qilinadigan
xarajatlar ham kiradi.
Asosiy fondlarni joriy qilish ko’rsatkichiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
ahamiyatiga ega bo’lgan qurilishi tugallangan va ishlab chiqarishga kiritilayotgan
korxonalar, binolar va qurilmalarning qiymati, ishlab chiqarishga kiritilayotgan uskuna,
mashina, hamma turdagi transport vositalarning qiymati, asosiy fondga kiritiladigan
asbob, inventar va boshqa predmetlarning qiymati, ko’p yillik ko’chatlar qiymati va
boshqalar kiradi.
Qurilish faoliyatini xarakterlovchi ikkinchi guruh ko’rsatkichlar - qurilish
tashkilotlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ularning ixtisoslashuvi, pudrat ishlarining
hajmi va boshqalardan iborat.
Pudrat ishlari qiymatiga yangi qurilish, rekonstruktsiya, kengaytirish, texnik qayta
qurish ishlari, shuningdek kapital va joriy ta’mirlash bo’yicha ishlar va boshqa pudrat
ishlar (ishga tushirishga sozlash, madaniy-texnik va boshqalar) kiradi.
Uchinchi guruhga xorijiy investitsiyalar haqida axborot beruvchi ko’rsatkichlar,
ya’ni xorijiy kapital mablag’lari, shuningdek respublika xududida joylashgan chet el
korxona filiallariga O’zbekiston yuridik shaxslari tomonidan daromad olish maqsadida
qo’ygan kapital kiradi. Xorijiy investitsiyalar bevosita, portfel va boshqa turlarga
bo’linadi (6.3 ga qaralsin).
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlari korxonalarning boshqa korxonalar qimmatli
qog’ozlariga qo’ygan uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarini, davlat va
mahalliy zayom obligatsiyalariga hamda boshqa korxonalarning ustav fondlariga va
boshqalarga qo’ygan investitsiyalarini xarakterlaydi.
Shunday qilib, ko’rsatkichlar tizimi kapital mablag’larni dinamikasi va tarkibini,
ularni mamlakat sotsial-iqtisodiy rivojlanishining boshqa investitsiya jarayonlari bilan
o’zaro bog’liqligini amaliy jihatdan o’rganishda asos, poydevor bo’lib hisoblanadi.
Kapital mablag’lar ko’rsatkichlari joriy va solishtirma baholarda hisoblanadi va
ifodalanadi. Bunda solishtirma narxlardagi hisob-kitoblar faqat so’mda emas, balki
AQSh dollarida ham amalga oshiriladi, bu esa birinchidan, hisoblanayotgan
ko’rsatkichlarga bahoning (inflyatsiyaning) ta’sirini bartaraf qilishga, ikkinchidan,
so’mning xalqaro kursidagi o’zgarishlari ta’sirini ham bartaraf qilishga olib keladi va shu
bilan
birga
O’zbekistonning investitsiya faoliyati ko’rsatkichlarini boshqa
mamlakatlardagi xuddi shunday ko’rsatkichlar bilan aniqroq va bevosita taqqoslash
imkoniyatini vujudga keltiradi.
6.1 - jadval
147
O’zbekistan Respublikasida 2000-2008 yillarda investitsiya summasining
o’zgarish sur’atlari (joriy narxlarda)
Ko’rsatkichlar
2000y
2002y
2004y
2006y
2008y
1. Investitsiya hajmi, mlrd. so’m
700,0
1526,6
2629,0
3838,3
5601,1
2. O’sish sur’atlari, martada
1,0
2,18
3,76
5,48
8,00
6.1-jadval
ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, respublika iqtisodiyotiga
kiritiladigan investitsiya summasi o’sish tendentsiyasiga ega. Shunisi quvonarliki keyingi
to’qqiz yilda investitsiya summasi 8 baravar oshgan.
Ma’lumki, kapital mablag’lar tarkibiy qismiga kiruvchi xarajatlar o’zining
xarakteriga ko’ra bir xil emas va hosil qilinayotgan asosiy fondlarning qanday maqsad
uchun mo’ljallanganligidan kelib chiqadi.
Xarajatlarning tarkibiga qidirish xarajatlari, loyihalash va qurilish-montaj ishlari
xarajatlari, uskunalar sotib olish xarajatlari va boshqalar kiradi.
Kapital mablag’lar statistikasida xarajatlarning tarkibi va o’zaro bog’liqligini
xarakterlash uchun ma’lum klassifikatsiyalar (tasniflash) va gruppalar ishlab chiqiladi,
ularni har tomonlama tahlil qilish modellari hosil qilinadi. Ulardan eng asosiylari kapital
mablag’larning texnologik, takror hosil qilish va tarmoqiy tarkibi bo’lib, ular mulkchilik
shakllari, moliyalashtirish manbalari, xududiy sub’ektlar bo’yicha gruppirovka qilinadi
(guruhlarga ajratiladi).
Kapital mablag’lar o’zining texnologik tarkibiga ko’ra quyidagi ish turlari va
xarajatlardan tashkil topadi:
• qurilish ishlarining hamma turlari;
• uskunalarni montaj qilish ishlari;
• qurilish smetalarida ko’zda tutilgan uskunalar (montaj talab qiladigan va talab
qilmaydigan);
• qurilish smetasiga kiritilgan asboblar va inventarlar;
• boshqa kapital ishlar va xarajatlar.
Boshqa kapital ishlar va xarajatlar tarkibiga kelgusi yillar qurilishi uchun loyiha-
qidiruv ishlar, qurilayotgan korxona va texnik kuzatuv ma’lumotini ta’minlash
xarajatlari, neft, gaz va termal suvlarni ishlatish va chuqur qidiruv-kavlash ishlari,
qurilish smetasida ko’zda tutilgan qurilayotgan korxonalarda ishlaydigan kadrlarni
tayyorlash xarajatlari, ishchilarni tashkiliy tanlash ishlari bo’yicha xarajatlar, ilmiy-
tadqiqot ishlari xarajatlari va boshqalar kiradi.
Statistika ishi amaliyotida kapital mablag’larni yangi qurilish uchun
investitsiyalarga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik
qayta qurollantirish, harakatdagi quvvatlarni ushlab turish uchun investitsiyalarga
bo’linishi, ya’ni ularni takror hosil qilish tarkibining xarakteristikasi muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarishni tiklashga va uni rivojlantirishga qancha ko’p
investitsiya kiritilsa mamlakat iqtisodiyoti tezroq rivojlanadi. Buni o’zi sotsial
rivojlanishga to’g’ri yul.
Respublikamizda bu muammo to’g’ri tushinilgan holda, asosiy qilinadigan
investitsiya ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan (6.2-jadval).
6.2-jadval ma’lumotlari asosida ikki tendentsiya mavjudligini aniqlash mumkin.
Birinchi tendentsiya respublikamiz iqtisodiyotini asosiy tarmoqlari hisoblangan qishloq
148
xo’jaligi va sanoatga yo’naltiriladigan investitsiya summasi yildan yilga pasayib
bormoqda. Bu salbiy tendentsiya. Ijobiy tendentsiya, u ham bo’lsa neft, elektroenergiya,
transport, aloqa, uy-joy xo’jaligi tarmoqlariga yo’naltirilgan investitsiya summasini
umumiy summadagi ulushini ortib borishidir.
6.2 - jadval
O’zbekistan Respublikasida investitsiyalarning tarmoqlar
bo’yicha tarkibi, %
Tarmoqlar
2001y.
2003y.
2005y.
2007y.
Jami investitsiya
shundan:
Ishlab chiqarish sohasiga
Sanoat
Qishloq xo’jaligi
Qurilish
Transport va aloqa
Savdo va umumovqatlanish
Boshqalar
Noishlab chiqarish sohasi
100,0
63,1
38,9
5,5
0,6
14,1
1,5
2,5
36,9
100,0
63,0
29,0
4,3
0,7
23,3
1,5
7,2
34,0
100,0
68,2
32,6
4,4
0,9
24,1
1,5
4,7
31,8
100,0
68,9
33,2
4,2
0,8
23,9
1,5
5,3
31,1
Do'stlaringiz bilan baham: |