4.2. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjetining o’rin va axamiyati kattadir.
Moliyachi iqtisodchilarning xisob kitoblarga qaraganda bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarida davlat byudjeti moliya resurslari tarkibida 40%, mamuriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi. Byudjet
«Budget» chemodan, pul bilan to’ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatilgan.
Byudjet-daromadlar va sarflar rejasi, ya’ni moliya rejasidir. Bu reja xar bir shaxs, oila,
xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tuman, shahar, viloyat va davlat miqiyosida tuzilishi
mumkin. Davlat byudjeti davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ihtiyoridagi
yirik markazlashtirilgan pul jamg’armasidir. Davlat byudjetida barcha asosiy moliya
institutlari: sarflar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat byudjeti davlatning
moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan
mamlakatning sotsial-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunida «Davlat byudjeti-
davlat pul mablag’larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining)
markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar
miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi» deyilgan. O’zbekiston
Respublikasida yagona byudjet tizimi shakillantirilgan. U ikki bo’g’inlikdan iborat
bo’lib, davlat byudjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston respublikasi va mahalliy
byudjetlar (viloyat, shahar, tuman) ni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat
maqsadli jamg’armalari jamlanadi. O’zbekiston Respublikasida barcha bo’g’inlardagi
byudjetlarni shakillantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijrosini hisobga olish milliy
valyutada-so’mda amalga oshiriladi. Faqat 1992-1996 yillarda valyuta tushum
82
(qarz)larini hisobga olish va hukumatni valyutada qiladigan operatsiyalarini qoplash
uchun xorij valyutasida mustaqil byudjet ham tuzilgan. Keyinchalik,1996 yildan boshlab,
yagona va yig’ma, sumda baholanadigan byudjetga o’tilgan. Yagona byudjet tizimining
elementlari davlat byudjeti statistikasini o’rganish ob’ektlaridir. Davlat byudjeti
statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya, soliq) siyosatini mazmuni va
yo’nalishini belgilovchi byudjetning asosiy ko’rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir.
Bu vazifani quydagicha aniqlashtirish mumkin:
1.
O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan itegratsiyalashuvi
sharoitida davlat byudjeti tasniflarida, ko’rsatkichlari tizimini tuzish, ularni hisoblash va
baholashda xalqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2.
Davlat byudjetining asosiy funktsiyalari: yalpi milliy daromadni taqsimlash va
qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartiblashtirish va rag’batlantirish, sotsial siyosatni moliya
bilan ta’minlash va mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg’armalarini vujudga
keltirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif berish;
3.
Davlat byudjetining daromadlari, sarflari va defitsiti (profitsiti)ni umumiy
summalarini hisoblash;
4.
Davlat byudjeti daromadlari va sarflarining tarkibi va tarkibiy tuzilishini
o’rganish;
5.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarini o’rganish;
6.
Davlatning ichki va tashqi qarzining ko’lamini baholash;
7.
Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholini turmush
darajasiga ta’sirini o’rganish va boshqalar (masalan byudjet tashkilotlari shahobchalari,
xodimlari soni, sarf-xarajatlari va boshqalar);
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassalari faoliyatini tahlil qilish, sotsial-
iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlarga XVF standartlari asosida
moliyaviy ma’lumotlarni taqdim qilish, MHT va to’lov balansini tuzish uchun zarur
bo’lgan birlamchi ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish (guruhlash, umumlashtirish)
bilan shug’ullanmoqda. Davlat byudjeti statistikasi amaliyotiga xalqaro standartlarni
qo’llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushunchalari, qoida va
tasniflaridan ham foydalanilmoqda.
Hozirgi paytda davlat statistikasi organlari byudjet tasniflarini va davlat byudjeti
ko’rsatkichlarini takomillashtirish bo’yicha va davlat boshqaruv organlarini ishonchli
ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida ancha ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin, ushbu
bajarilgan ishlar ularni asosiy vazifasi bilan almashtirmasligi lozim.
O’zbekistonni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashib borayotgan
bugungi kunda davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
Respublika amaliyotida qo’llaniladigan byudjet tasnifini xalqaro standartlarga
moslashtirish;
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari xajmi va dinamikasini aniqlash;
Davlat byudjeti daromadlarining manbaalari va xarajatlarining yo’nalishlarini
o’rganish;
Boshqarishning barcha darajalarida davlat byudjetining bajarilishini taxlili;
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tahlili;
Davlatning ichki qarzi xajmini, uning tarkibi va dinamikasini aniqlash;
83
Byudjet muassasalarini sonini, shtatini va kontingentini o’rganish;
Fiskal siyosatni o’tkazish samaradorligini va uni iqtisodiy o’sishga hamda
aholining xayot darajasiga ta’sirini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |