Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


III. Chet el (xorijiy) investitsiyalar



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

III. Chet el (xorijiy) investitsiyalar 
1.  Xorijiy  investorlar  tomonidan  iqtisodiyotning  tarmoqlari,  O’zbekistonning 
viloyatlari va xududlari bo’yicha kiritgan investitsiya hajmlari. 
2. O’zbekiston iqtisodiyotdagi salmoqli investitsiyaga ega bo’lgan mamlakatlar. 
 
IV. Moliyaviy investitsiyalar 
1.  Birja  fond  bozorlaridagi  fond  qadriyatlari  bilan  bo’ladigan  operatsiyalarning 
asosiy  ko’rsatkichlari  (fond  qadriyatlari  hamma  turlari  bo’yicha  tuzilgan  bitmlar  soni, 
sotish oboroti, pul resurslari). 
2.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalarining  (DQO)  va  federal  zayom 
obligatsiyalarining (FZO) ilk bor joylashtirilishi asosiy ko’rsatkichlari - chiqarish hajmi, 
joylashtirish  hajmi,  sotilgandan  kelgan  daromad  hajmi,  byudjetga  mablag’larni  jalb 
qilish. 
3.  Korxona  va  tashkilotlarni  xorijiy  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  moliyaviy 
qo’yilmalari hajmi va tarkibi. 
Har bir guruh ko’rsatkichlarga qisqacha izoh beramiz. 
Birinchisi  -  kapital  hosil  qiluvchi  investitsiyalar  -  kapital  mablag’lar  statistikasini 
ifodalab,  u  kapital  hosil  qiluvchi  investitsiyalar,  asosiy  fondlar  va  ishlab  chiqarish 
quvvatlarini joriy etishda juda katta ulushni tashkil qiladi. 
Kapital  hosil  qiluvchi  investitsiyalar  o’z  ichiga  quyidagi  ko’rsatkichlarni  oladi: 
kapital  mablag’lar  (asosiy  kapitalga  investitsiyalar),  kapital  ta’mirlashga  sarflar,  er 
uchastkalarini  va  tabiatdan  foydalanish  ob’ektlarini  sotib  olishga  investitsiyalar, 
nomoddiy aktivlarga investitsiyalar (patentlar, litsenziyalar, programmalash mahsulotlari, 


 
146 
ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqishlar,  moddiy  aylanma  mablag’lar 
zaxiralarini  to’ldirish  uchun  investitsiyalar  va  h.k.).  Ko’rsatkichlar  tizimi  ichida  asosiy 
o’rinni  kapital  hosil  qiluvchi  investitsiyalarni  hajmi  va  tarkibini  xarakterlovchi  kapital 
mablag’lar  tashkil  qiladi.  Kapital  mablag’larning  hajmiga  yangi  qurilishga, 
rekonstruktsiyaga,  ishlab  turgan  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport,  savdo  va  boshqa 
korxonalarni  kengaytirish  va  texnik  jihatdan  qayta  qurollantirish  xarajatlari,  uy-joy  va 
madaniy-maishiy qurilish xarajatlari kiradi. 
Kapital  mablag’larga  hamma  turdagi  qurilish  ishlariga  qilinadigan  sarflar, 
uskunalarni montajiga qilinadigan xarajatlar, montajni talab qiluvchi va talab qilmaydigai 
uskunalarni  sotib  olishga  ketadigan  xarajatlar,  ishlab  chiqarish  asboblari  va  xo’jalik 
inventarlarini  sotib  olishga  qilinadigan  xarajatlar,  boshqa  kapital  ishlarga  qilinadigan 
xarajatlar ham kiradi. 
Asosiy fondlarni joriy qilish ko’rsatkichiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
ahamiyatiga  ega  bo’lgan  qurilishi  tugallangan  va  ishlab  chiqarishga  kiritilayotgan 
korxonalar,  binolar  va  qurilmalarning  qiymati,  ishlab  chiqarishga  kiritilayotgan  uskuna, 
mashina,  hamma  turdagi  transport  vositalarning  qiymati,  asosiy  fondga  kiritiladigan 
asbob,  inventar  va  boshqa  predmetlarning  qiymati,  ko’p  yillik  ko’chatlar  qiymati  va 
boshqalar kiradi. 
Qurilish  faoliyatini  xarakterlovchi  ikkinchi  guruh  ko’rsatkichlar  -  qurilish 
tashkilotlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ularning ixtisoslashuvi, pudrat ishlarining 
hajmi va boshqalardan iborat. 
Pudrat ishlari qiymatiga yangi qurilish, rekonstruktsiya, kengaytirish, texnik qayta 
qurish  ishlari,  shuningdek  kapital  va  joriy  ta’mirlash  bo’yicha  ishlar  va  boshqa  pudrat 
ishlar (ishga tushirishga sozlash, madaniy-texnik va boshqalar) kiradi. 
Uchinchi  guruhga  xorijiy  investitsiyalar  haqida  axborot  beruvchi  ko’rsatkichlar, 
ya’ni  xorijiy  kapital  mablag’lari,  shuningdek  respublika  xududida  joylashgan  chet  el 
korxona  filiallariga  O’zbekiston  yuridik  shaxslari  tomonidan  daromad  olish  maqsadida 
qo’ygan  kapital  kiradi.  Xorijiy  investitsiyalar  bevosita,  portfel  va  boshqa  turlarga 
bo’linadi (6.3 ga qaralsin). 
To’rtinchi  guruh  ko’rsatkichlari  korxonalarning  boshqa  korxonalar  qimmatli 
qog’ozlariga  qo’ygan  uzoq  muddatli  va  qisqa  muddatli  investitsiyalarini,  davlat  va 
mahalliy  zayom  obligatsiyalariga  hamda  boshqa  korxonalarning  ustav  fondlariga  va 
boshqalarga qo’ygan investitsiyalarini xarakterlaydi. 
Shunday  qilib,  ko’rsatkichlar  tizimi  kapital  mablag’larni  dinamikasi  va  tarkibini, 
ularni  mamlakat  sotsial-iqtisodiy  rivojlanishining  boshqa  investitsiya  jarayonlari  bilan 
o’zaro bog’liqligini amaliy jihatdan o’rganishda asos, poydevor bo’lib hisoblanadi. 
Kapital  mablag’lar  ko’rsatkichlari  joriy  va  solishtirma  baholarda  hisoblanadi  va 
ifodalanadi.  Bunda  solishtirma  narxlardagi  hisob-kitoblar  faqat  so’mda  emas,  balki 
AQSh  dollarida  ham  amalga  oshiriladi,  bu  esa  birinchidan,  hisoblanayotgan 
ko’rsatkichlarga  bahoning  (inflyatsiyaning)  ta’sirini  bartaraf  qilishga,  ikkinchidan, 
so’mning xalqaro kursidagi o’zgarishlari ta’sirini ham bartaraf qilishga olib keladi va shu 
bilan 
birga 
O’zbekistonning  investitsiya  faoliyati  ko’rsatkichlarini  boshqa 
mamlakatlardagi  xuddi  shunday  ko’rsatkichlar  bilan  aniqroq  va  bevosita  taqqoslash 
imkoniyatini vujudga keltiradi. 
6.1 - jadval 


 
147 
O’zbekistan Respublikasida 2000-2008 yillarda investitsiya summasining  
o’zgarish sur’atlari (joriy narxlarda) 
 
Ko’rsatkichlar 
2000y 
2002y 
2004y 
2006y 
2008y 
1. Investitsiya hajmi, mlrd. so’m 
700,0 
1526,6 
2629,0 
3838,3 
5601,1 
2. O’sish sur’atlari, martada 
1,0 
2,18 
3,76 
5,48 
8,00 
 
6.1-jadval 
ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  respublika  iqtisodiyotiga 
kiritiladigan investitsiya summasi o’sish tendentsiyasiga ega. Shunisi quvonarliki keyingi 
to’qqiz yilda investitsiya summasi 8 baravar oshgan. 
Ma’lumki,  kapital  mablag’lar  tarkibiy  qismiga  kiruvchi  xarajatlar  o’zining 
xarakteriga  ko’ra  bir  xil  emas  va  hosil  qilinayotgan  asosiy  fondlarning  qanday  maqsad 
uchun mo’ljallanganligidan kelib chiqadi. 
Xarajatlarning  tarkibiga  qidirish  xarajatlari,  loyihalash  va  qurilish-montaj  ishlari 
xarajatlari, uskunalar sotib olish xarajatlari va boshqalar kiradi. 
Kapital  mablag’lar  statistikasida  xarajatlarning  tarkibi  va  o’zaro  bog’liqligini 
xarakterlash  uchun  ma’lum  klassifikatsiyalar  (tasniflash)  va  gruppalar  ishlab  chiqiladi, 
ularni har tomonlama tahlil qilish modellari hosil qilinadi. Ulardan eng asosiylari kapital 
mablag’larning texnologik, takror hosil qilish va tarmoqiy tarkibi bo’lib, ular mulkchilik 
shakllari,  moliyalashtirish  manbalari,  xududiy  sub’ektlar  bo’yicha  gruppirovka  qilinadi 
(guruhlarga ajratiladi). 
Kapital  mablag’lar  o’zining  texnologik  tarkibiga  ko’ra  quyidagi  ish  turlari  va 
xarajatlardan tashkil topadi: 
• qurilish ishlarining hamma turlari; 
• uskunalarni montaj qilish ishlari; 
•  qurilish  smetalarida  ko’zda  tutilgan  uskunalar  (montaj  talab  qiladigan  va  talab 
qilmaydigan); 
• qurilish smetasiga kiritilgan asboblar va inventarlar; 
• boshqa kapital ishlar va xarajatlar. 
Boshqa  kapital  ishlar  va  xarajatlar  tarkibiga  kelgusi  yillar  qurilishi  uchun  loyiha-
qidiruv  ishlar,  qurilayotgan  korxona  va  texnik  kuzatuv  ma’lumotini  ta’minlash 
xarajatlari,  neft,  gaz  va  termal  suvlarni  ishlatish  va  chuqur  qidiruv-kavlash  ishlari, 
qurilish  smetasida  ko’zda  tutilgan  qurilayotgan  korxonalarda  ishlaydigan  kadrlarni 
tayyorlash  xarajatlari,  ishchilarni  tashkiliy  tanlash  ishlari  bo’yicha  xarajatlar,  ilmiy-
tadqiqot ishlari xarajatlari va boshqalar kiradi. 
Statistika  ishi  amaliyotida  kapital  mablag’larni  yangi  qurilish  uchun 
investitsiyalarga,  ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish,  rekonstruktsiya  qilish,  texnik 
qayta  qurollantirish,  harakatdagi  quvvatlarni  ushlab  turish  uchun  investitsiyalarga 
bo’linishi, ya’ni ularni takror hosil qilish tarkibining xarakteristikasi muhim hisoblanadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  ishlab  chiqarishni  tiklashga  va  uni  rivojlantirishga  qancha  ko’p 
investitsiya  kiritilsa  mamlakat  iqtisodiyoti  tezroq  rivojlanadi.  Buni  o’zi  sotsial 
rivojlanishga to’g’ri yul. 
Respublikamizda  bu  muammo  to’g’ri  tushinilgan  holda,  asosiy  qilinadigan 
investitsiya ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan (6.2-jadval).  
6.2-jadval  ma’lumotlari  asosida  ikki  tendentsiya  mavjudligini  aniqlash  mumkin. 
Birinchi  tendentsiya  respublikamiz  iqtisodiyotini  asosiy  tarmoqlari  hisoblangan  qishloq 


 
148 
xo’jaligi  va  sanoatga  yo’naltiriladigan  investitsiya  summasi  yildan  yilga  pasayib 
bormoqda. Bu salbiy tendentsiya. Ijobiy tendentsiya, u ham bo’lsa neft, elektroenergiya, 
transport,  aloqa,  uy-joy  xo’jaligi  tarmoqlariga  yo’naltirilgan  investitsiya  summasini 
umumiy summadagi ulushini ortib borishidir. 
6.2 - jadval 
O’zbekistan Respublikasida investitsiyalarning tarmoqlar  
bo’yicha tarkibi, % 
 
Tarmoqlar  
2001y. 
2003y. 
2005y. 
2007y. 
Jami investitsiya 
    shundan: 
Ishlab chiqarish sohasiga 
    Sanoat 
    Qishloq xo’jaligi 
    Qurilish  
    Transport va aloqa 
    Savdo va umumovqatlanish 
    Boshqalar  
Noishlab chiqarish sohasi
 
100,0 
 
63,1 
38,9 
5,5 
0,6 
14,1 
1,5 
2,5 
36,9 
100,0 
 
63,0 
29,0 
4,3 
0,7 
23,3 
1,5 
7,2 
34,0 
100,0 
 
68,2 
32,6 
4,4 
0,9 
24,1 
1,5 
4,7 
31,8 
100,0 
 
68,9 
33,2 
4,2 
0,8 
23,9 
1,5 
5,3 
31,1 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish