II BOB. OLIY MOLIYaVIY, AKTUAR VA TAQRIBIY HISOBLASh
METODLARI
2.1 Oliy moliyaviy hisoblashlarning tayinlanishi,
vazifalari va tarixi.
Respublikaga bozor iqtisodiyotini kirib kelishi bilan moliyaviy operatsiyalar va
bitimlar amalga oshirila boshlandi. Xar qanday moliyaviy kredit, investitsion, tijorat
operatsiyalarni amalga oshirish uchun qator shartlarni bajarish kerak va ular bilan bitimni
barcha qatnashchilari rozi bo’lishlari zarur. Kredit olishni ko’rsak. Bu erda bitim
qatnashchisi ikkita: karz beruvchi va oluvchi. Ular shartnomaga qo’l qo’yishdan oldin
kredit summasi, vaqt parametrlari, foiz stavkasi va boshqa miqdoriy ma’lumotlarni
o’zaro kelishib olishlari kerak. Ma’lumki, sanalgan xarakteristikalar turli-tuman
shakillarida ifodalanishi mumkin. Masalan, to’lovlar bir yo’lakay to’lanadigan, muddati
uzaytirilgan, vaqt bo’yicha doimiy va uzgaruvchan bo’lishi mumkin. Foizlarni va foizni
ko’shib yozishni o’nlab turlari mavjud. Vaqtni xajmi va oralig’i ikkita operatsiyada bir
21
xil bo’la olmaydi. Bitta moliyaviy bitim chegarasida yuqorida sanab o’tilgan
ko’rsatqichlar tegishli mantiqqa bo’y sunadigan qandaydir bir o’zaro bog’langan tizimni
tashkil etadi. Bu tizimni parametrlarining ko’pligini o’zi o’ning oxirgi aniq natijasi ochiq-
oydin emasligiga olib keladi. Buning ustiga tizimdagi bitta miqdorni o’zgarishi
operatsiyani umumiy natijasiga ta’sir etadi. Demak, bunday tizimlar miqdoriy moliyaviy
tahlil ob’ekti bo’lishi zarur. Mana shunday tahlil oliy moliyaviy hisob-kitoblar deyiladi.
Ularni maqsadi – moliya bozori qo’rsatqichlarni mantiq jixatdan oldindan tahlil qilgan
holda miqdoriy o’rganishdir. Kredit va qarzlarni olish, qoplash, ma’lum bir miqdorda va
davrda foizlar to’lash, moliyaviy risklar, operatsiya va bitimlarni samaradorligini
baxolash va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan muammolarning tahlil qilishning miqdoriy
metodlarni ishlab chiqish oliy moliyaviy hisob-kitoblarning vazifasidir.
Oliy moliyaviy hisoblashlar kredit, sug’urta, investitsiyalar, pul muomalasi yig’ma
ko’rsatqichlarni umumlashtirishda, ularni darajasini, tarkibini, dinamikasini va o’zoro
boliqligini, valyuta va qimmatli qog’ozlar bozori kon’yukturasini o’rganishda, davlat
moliyasini turli qo’rsatqichlarni (davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, respublika va
xududiy tarif, norma, renta, foizlar, soliq stavkalari) hisoblashda, tashkilot va
korxonalarni (bo’ysunishi va mulk shaklidan kat’iy nazar) moliyaviy natijalari va
barqarorligini o’rganishda va boshqalarda qo’llaniladi.
Oliy moliyaviy hisoblashlar metodlari bundan tashqari moliyaviy operatsiya va
bitmlarning u yoki bu omilga bog’liqligini aniqlashda, moliyaviy xolatlarning kulajak
modellarni tuzishda, o’sgan qiymat xajmini hisoblashda, moliyaviy ko’rsatqichlarni
diskontlashda, turli moliyaviy to’lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni qoplash
rejasini tuzishda va h.k. qo’llanadi.
Miqdoriy moliyaviy tahlil xal qiladigan vazifalar turli-tuman. Ularni ma’lum bir
tizimga solish mumkin, agarda berilgan parametrlar o’zgarmasa, solish mumkin emas,
agarda berilgan parametrlar o’zgarsa. Real xayotda oxirgi xolat ko’proq uchraydi. Oliy
moliyaviy hisoblash xal qiladigan vazifalarni ananaviy va yangi vazifalarga bo’lishadi.
Bu, bizni fikrmizcha, noto’g’ri. Chunki bugun yangi deb hisoblangan vazifa ertaga eski
bo’lishi mumkin.
Miqdoriy moliyaviy tahlil turli sharoitlarda qo’llaniladi. Masalan, oddiy
obligatsiyalarni chiqarishda barcha shart-sharoit aniq, yani ularni muddati, kutgan
daromad, sotib olish tartibi to’lig’icha ko’rsatiladi. Bu xamma vaqt xamma narsa aniq
bo’ladi degani emas. Masalan, pul bozori dinamikasini xisobga olishga to’g’ri kelsa
noaniqlik boshlanadi. Chunki, vaqt o’zgarishda foiz stavkalari, valyuta kurslari va tariflar
o’zini qanday tutishni bilmaymiz.
Miqdoriy moliyaviy hisob-kitoblar qo’llanilishi ramkasi juda keng. Ularni oddiy
foiz yozishdan boshlab to murakkab moliyaviy hisob-kitoblargacha qo’llash mumkin.
Masalan, obligatsiya chiqarish samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillarni baxolash yoki
moliyaviy investitsiyalar portfelini diversifikatsiyalash bilan risklarni qisqartirish
metodlar va x.k.
Oliy moliyaviy hisob-kitoblarni xal qiladigan vazifalar turlicha:
Oshgan qiymatni hisoblash;
Umumiy natijada operatsiyani xar bir qatnashchini manfaatini aniqlash;
Foizlarning turli stavkalarini tahlil qilish;
Diskontlash metodlarni qo’llash;
22
To’lovlarni va stavkalarni ekvivalentligini ta’minlash;
Moliyaviy operatsiyalanir bajarish rejalarini ishlab chiqish;
Operatsiya va bitimlarni oxirgi natijalarini va ularning parametrlari o’rtasidagi
bog’liqligini o’lchash;
Moliyaviy operatsiya va bitimlarni samaradorligini o’rganish.
Yukorida sanab o’tilgan vazifalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Zamonaviy
amaliyot yangi-yangi vazifalari ko’ndalang qilib qo’yaveradi. Zamondan-zamonga oliy
moliyaviy hisob-kitoblarni ko’llanilishi diapazoni paydar-pay kengayib borgan.
Moliyaviy hisob-kitoblar kapitalizm paydo bo’lishi davrlarida boshlangan degan
fikrni juda ko’pchilik tasdiqlaydi. Bilimning aloxida tarmog’i sifatida ular XIX asrda
paydo bo’lgan. O’sha paytlarda ular “tijorat hisob-kitoblari” deb atalaradi. XIX asrning
oxiridagi ayrim g’arb davlatlarida iqtisodiyotni tez o’sishi tijorat hisoblashlarini ortishiga
va xatto kadrlarni tayorlashni ko’payishiga olib keldi. Bu ishga bozirganlar bilan bir
qatorda shaxar va xatto xukumat organlari aralashadigan bo’ldi. Usha yillarda faqat
Germaniyada “tijorat ariftikasini” o’rgatishga asoslangan 24 oliy tijorat bilim yurti
faoliyat ko’rsatgan.
Tijorat bilimining dolzarbligi va muximligini Rossiyaning davlat arboblari darrov
tushinib etishdi va o’n yilda (1896-1906) Rossiyada 150 dan ortiq tijorat maktablari
ochildi. 1896 yildan boshlab Rossiyadagi barcha tijorat maktablari moliya vazirligi
xuzurida ishlaydigan bo’ldi. Tijorat maktablarida o’qitiladigan asosiy fan bo’lib tijorat
arifmetikasi xisoblangan. Tijorat arifmetikasi kursiga nimalar kirgan? Bugungi kun
pozitsiyasidan karaganda juda onson bo’lgan u kurs – oddiy va murakab foizlarni
hisoblash texnikasi, veksel hisoblari (diskont va diskontlash metodlari) texnikasi, veksel
– kurs hisoblari texnikasi, pul-moneta hisoblari (turli davlat pul birligida), tovar hisoblari
(tovar baxolari, chegirmalar va xakazolar kalkulyatsiyasi) texnikasi, foizli qog’ozlar va
aktsiyalar hisoblari texnikasi, bank hisoblari (joriy schetlar, qisqa va uzok muddatli
qo’yilmalar va ssudalar, komission operatsiyalar) texnikalarni o’rgatish bilan
shug’ullangan. Bulardan tashqari tijorat arifmetikasi kursiga qisqa (soddalashtirilgan) va
taqribiy hisoblash texnikalari xam kirgan.
Ajoyib rus matematigi, moliyachisi va buxgalteri N.S. Lunskiyni (Rossiya
moliyaviy menejmentining otasi, XIX asr) takidlashicha moliyaviy matematika oldinlari
“siyosiy arifmetika” nomi bilan atalgan. Ushbu termin, taniqli iqtisodchiy, klassik
burjuaziya siyosiy iqtisodi asoschisi U.Petti (1623-1687) tomonidan obixodga kiritilgan
1
.
N.S. Lunskiy “siyosi arifmetika” yo’nalishida bilimni tartibga soldi va boyitdi va u
moliyaviy matematikaga ko’yidagi tarifni berdi: “oliy moliyaviy hisoblashlar – bu amaliy
matematikani tarmog’i bo’lib, bu tarmoq siyosiy iqtisod, statistika va moliyaviy
fanlarning matematik tahlil qilish mumkin bo’lgan tadqiqoilariga bag’ishlanadi”.
Lekin, Rossiyada tijorat arifmetikasi bo’yicha rus tilida birinchi qo’llanma
“Bankirlar, savdogarlar, zavodchilar, fabrikachilar va ularni tarbiyalovchilar uchun
savdo-sotiq arifmetikasi” 1811 yilda V. Kryajev tomonidan chop qilingan. Keyinchalik
Shteyngauz, M. Tsvetkov, M. Savinov, V. Vladikin, I. Xrushev, F. Grosskurt, A.
1
Ульям Петтининг “Сиёсий арифметика” асари 1676 йилда ёзилган. Бироқ, бу асар Англия ва Франция ўртасидаги
сиёсий муносабатларни мураккаблиги муносабати билан чоп этилмаган эди. Бошида бу китобининг кўл ёзмаси
тарқатилган, кейинчалик муаллифни рухсатисиз бошқа ном билан чоп қилинган. “Сиёсий арифметика” китобини
тўлиғича У. Петтини вафоти сўнг унинг ўғли лорд Шелберн чоп этган
23
Prokofev va boshqa mualiflar kitoblari chop kilinadi. Boshida chop qilingan kitoblar,
usha davrning asosiy muammosi bo’lgan hisob-kitoblarni tezkor texnikasini o’rgatishga
mo’ljallangan. Ikkinchi to’lqin bilan chop qilingan kitoblar, tijorat arifmetikasini
o’rgatadiganlarga nisbatan qiyinroq bo’lib, ularni o’rganuvchilarda ma’lum miqdorda
matematik tayorgarlik mavjudligi, ya’ni kurs eshituvchilar boshlang’ich algebra, qayta
ko’paytirish nazariyasi, Nyuton binomi va extimollar nazariyasining boshlang’ich
asoslari bilan tanish bo’lishlari kerak bo’lgan.
Yuqoridagi talablar asosida rus tilida ilk bor chop qilingan kitob G. Brauning 1845
yilda chiqqan “Moliyaviy hisoblashlar” asaridir. Shu asar chiqqan vaqtdan boshlab,
moliyaviy hisob-kitoblar shartli ravishda ikki yo’nalishga bo’lindi deb xisoblash
mumkin: 1) tijorat arifmetikasi; 2) oliy moliyaviy hisoblashlar.
Oddiyroq tilda aytganda tez hisoblash va moliyaviy operatsiyalarni baxolash.
Yanada oddiyroq qilib aytganda ta’lim tizimida yangi fan – oliy moliyaviy xisoblashlar
paydo bo’ldi. Ushbu fanning paydo bo’lishiga sabab sifatida kuyidagilarni ko’rsatish
mumkin:
Birinchidan, oldin ta’kidlanganidan XX asr boshida moliyaviy operatsiya va
bitimlarni tuzishda hisob-kitoblarni tezkorligi va aniqligi dalbzarb bo’lishi. Vaqt bu pul
degan ta’moil o’sha paytlarda paydo bo’lgan bo’lsa ajab emas. Barcha hisob-kitoblar
hisoblash texnikasi yordamida juda qisqa vaqt ichida va aniq bajarilishini o’sha davr
amaliyotchilari orzu xam qila olmagan bo’lsa kerak.
Ikkinchidan, moliyaviy hisoblashlarni bajarishda tez va aniq hisoblash bilan bir
qatorda maxsus bilim va ko’nikmalar zarurligi.
Uchinchidan, kam mexnat va vaqt sarfi bilan noma’lum natijaga erishish
maqsadida hisoblashlarni soddalashtirish. Soddalashtirilgan usul kunlik yoki odatdagi
hisob-kitoblarni tekshirish uchun xam ko’llanilgan.
To’rtinchidan, tijorat arifmetikasi xar qanday sotuvchi shaxs, ayniqsa boshqa
mamlakatlar bilan ish yurutuvchilar uchun xaddan tashqari muximligi. Bundan tashqari u
buxgalteriya hisobini o’rganishda va turli moliyaviy bitimlarni tuzishda ularni
samarsdorligini baxolashda yordam ko’rsatadi, kurslardan aqilona foydalanishga, chet el
veksellar bo’yicha to’lashga va olishga eng manfaatli yo’lni tanlashga, foizli qog’ozlar
bilan turli operatsiyalarni bajarishga, tovarlarni turli bozorlardagi narxini farqidan
foydalanishga imkoniyat yaratadi.
O’z paytida tijorat xisoblashlarni mohiyati va tayinlanishi kanday aniqlangan? Fan
sifatida u “yangi tarix tongida” Venetsiyada paydo bo’lgan xisoblanadi. O’sha paytlarida
Venetsiya savdoning juda katta markazlaridan biri bo’lgan. Savdo markazini Evropaga
siljisi bilan tijorat arifmetikasini rivojiga nemis va golland maktablarining ta’siri
kuchayib bordi. M.S. Lunskiy moliyaviy va tijorat xisob-kitoblarining rivojlanishiga
asosiy xissani nemis, golland, frantsuz, ingiz olimlarni ko’shgan deb ta’kidlashi tasodif
emas
1
.
Tijorat arifmetikasi bo’yicha ilk mualliflar
2
uni fan emas, umumiy arifmetikani
amaliy qismi deb xisoblashgan, boshqalari
3
esa, teskarisi – u mustaqil fan deb
isbotlashgan. Buxgalteriya hisobi, tijorat arifmetikasi va statistika birgalikda hisob-tahlil
1
Лунский Н.С. Лекции по высшим финансовым вычислениям. Часть 1-3 М.: Т-во “Печатная С.П. Яковлева”, 1912
2
Боболович Ф. Полний учебник коммерческой арифметики. 2-изд., испр. и доп. – М., Типография Г. Лиссенера и А.
Чешоля, 1902; Ломовисский А.Ф. Курс коммерческих вичислений (теория и практика) М.; Снобкоопгиз, 1928
3
Евзлин З.П. Коммерческая арифметика – СП б: Книгоиздательство,1909
24
yo’nalishdagi fandir deb hisoblovchilar
4
xam mavjud bo’lgan.
Kursni nomi xam evolyutsion o’zgarib bordi va u 1811 – 1870 yillarda savdo
arifmetikasi, 1870 yildan boshlab tijorat arifmetikasi deb atalgan. Takidlash lozimki,
ikkalasida ham asosiy e’tibor savdoga qaratilgan.
XIX asr oxirlariga kelib ixtisoslashuvni kuchayishi natijasida va manfaat ko’rish
(yo’qotish) savdodan boshqa tarmoqlarga (masalan, moliyaga) asta-sekin ko’chishi bilan
tijorat hisoblashlari bilan bir qatorda moliyaviy hisob-kitoblarga bag’ishlangan kitoblar
chop qilina boshlandi. A.N. Glagolev o’z kitobida
5
ilk bor murakkab foizlar va rentalar
nazariyasi, qoplash rejalarni tuzish metodlarini, foizli qog’ozlarni daromadlilik usullarini
yoritib beradi. A.I. Tolvinskiy, I.I. Kaufman, B.F. Maleshevskiy, I.P. Babenko, N.S.
Lunskiy va boshqalar yirik olimlari va mutaxassislar ushbu sohani rivojlanishiga katta
hissa qo’shganlar. Ular orasida serxosil mexnati bilan N.S. Lunskiy ajralib turadi. Aynan
u “oliy moliyaviy hisoblashlar” tushinchasini iste’molga kiritdi.
1917-1980 yillarda oliy moliyaviy hisoblashlar ancha-muncha davom ettirildi.
Davr idealogiyasiga mos ravishda (1930-1950) oliy moliyaviy hisob-kitoblar – “xo’jalik
hisoblari” deb nomlanadigan bo’ldi. 1960 yillardan boshlab hisobni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish yo’nalishi paydo bo’lishi bilan xo’jalik hisobi kursi o’rniga “IIQIAT –
iqtisodiy informatsiyani qayti ishlashni avtomatlashtirilgan tizimi” nomli kurs o’qitila
boshlandi. 1990 yillarda bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan yana oliy moliyaviy
hisob-kitoblar bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma va monografiyalar chop qilina
boshlandi.
Umumiy xolda oliy moliyaviy hisob-kitoblarni paydo bo’lish va rivojlanishi
kuyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin: birinchi bosqichda faqat tijorat
arifmetikasi bilan yoki tijorat xodimlariga tezkor hisob-kitoblarni o’rgatish: ikkinchi –
moliyaviy operatsiyalarni baxolash, yani doimiy to’lovlarni – moliyaviy rentalarni tahlil
qilish, uchinchi (bizning davr) – to’lov oqimlari (potoklari) tahlili, to’rtinchi (kelgusida)
– moliyaviy investitsiyalar portfeli va qarzlarni tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |