Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
60 
 
 
 
III BOB. PUL BOZORI STATISTIKASI 
 
3.1. Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari 
 
 
Umumiy ta’rifga binoan pul maxsus tovar bo’lib, u hamma tovarlar uchun umumiy 
ekvivalent  rolini  bajaradi.  Hamma  tovarlar  singari  pul  ham  qiymatga  va  iste’mol 
qiymatiga  egadir.  Pul  muomala  vositasi,  jamg’arma  vositasi  va  qiymat  o’lchovi 
funktsiyalarini  bajaradi.  Bu  uch  funktsiyani  hamma  olimlar  va  amaliyotchilar  tan 
olishadi. Lekin iqtisodiy adabiyotdan bizga ma’lumki, pul yana ikki (to’lov va jahon puli) 
funktsiyasini  bajaradi  deb  ko’pchilik  ta’kidlashadi.  Bu  muammoni  tahlil  qilish  bizning 
vazifamiz emas.  
 
Pul  qachon  va  qaerda  paydo  bo’lgan  degan  savol  ko’pchilikni  qiziqtiradi.  Bizga 
ma’lumki, qog’oz pul (Xitoyda IX asrda, AQSh-1690 yil, Evropada, anig’i Frantsiyada 
1716-1720 yillarda paydo bo’lgan) paydo bo’lgunga qadar, uning o’rnida hayvonlar soni 
(Hindiston,  Rim,  Arab  davlatlari  va  boshqalar),  chig’anoqlar  (Tinch  okean  davlatlarida, 
Afrikada), fil  suyaklari  (Afrika), bug’doy  (Misrda),  tuz  (Xitoyda),  choy  (Mongoliyada), 
qimmatli metallar (bir qancha davlatlarda) va boshqalar ishlatilgan. 
 
Pul  muomalasi  parametrlari  va  eng  avvalo  pul  miqdori  iqtisodiyotda  uni 
boshqarish  richagi  ekanligini  bundan  700-800  yil  oldin  insonlar  tushunib  etgan.  1357 
yilda Maritaniya amiri Yusuf qamaldagi arkda bo’la turib, qog’oz pulni chiqardi va ularni 
qamal tugagandan so’ng metal pulga almashtirish majburiyatini olgan. 
Metal  pullarni  paydo  bo’lishidan  boshlab,  ularni  zarb  qilish  va  muomalaga 
chiqarishni  davlat  nazorat  qilgan,  davlat  qarzini  qoplash  quroli  sifatida  pul  miqdorini 
manipulyatsiya  qilishdan  eramizdan  oldin  ham  foydalanilgan.  Eramizgacha  512  yilda 
Gipiy  Afinskiy  Spartaga qarshi  urush  olib  borish va  ajoyib qurilishlar qilgani  natijasida 
qarzga  botganligi  munosabati  bilan,  muomaladan  barcha  pullarni  yig’ishtirib  olishni  va 
ularni  kumush  tangalar  bilan  almashtirishga  buyruq  beradi.  Shu  yo’l  bilan  u  barcha 
qarzlardan  qutiladi,  chunki  u  o’sha  paytda  barcha  kumush  konlarini  nazorat  qilgan. 
Pulning  o’lchov  birligini  o’zgartirish  bilan  ham  ancha  muammolarni  echish  mumkin. 
Masalan,  7  yillik  urush  davrida  14lik  taler  o’rniga  20,  40,  45  zarb  qilindi  va  ularni 
chiqarish  muddati  ancha  oldinga  surildi.  Talerlarda  kumushning  miqdori  kamaytirilishi 
va  chiqarish  vaqtini  o’zgarishi  qirol  Fridrixga    7  yillik  urushni  moliyalashtirishga 
imkoniyat tug’dirdi. 
 
Metal  va  qog’oz  pullarni  chiqarish  texnologiyasining  rivojlanishi  bilan  birgalikda  
pul  aylanish  nazariyasi  va  pul  miqdorini  o’lchash  metodologiyasi  takomillashib  bordi. 
Pulning  muhim  makroiqtisodiy  indikator  ekanligiga  asta-sekin  tushunib  borildi.  Biroq, 
pul munosabatlarining rivojlanib borishi bilan pul turlari tez-tez o’zgarib turdi. Bu holatni 
tushunib  etish  o’sha  davr  pul  nazariyachilari  uchun  juda  qiyin  kechadi.  Xatto,  ularning 
ayrimlari  (ingliz  Devid  Yum  (1711-1776))  qog’oz  pullardan  foydalanishdan  voz 
kechishni va ularni yo’qotishni taklif qiladi.  
 
Naqd  pulni  aylanishida  bir  qancha  qiyinchiliklarga  uchrash  tufayli  iqtisodiyotda 
pul o’rniga muomalaga veksellar, cheklar, qarzdorlik tilxatlari va boshqalar kiritildi. 


 
61 
Xo’jalik oborotida bo’lgan barcha pul massasi, o’z ichiga ikki unsurni (naqd pulni; 
naqdsiz pulni) qamrab oladi.  
 
Pul  muomalasi  kontseptsiyasi  iqtisodiy  nazariyaga  asoslanadi.  Vaqt  o’tishi  bilan 
iqtisodiy nazariya ham takomillashib boradi va hozirgi kundagi nazariyaning asosi bo’lib, 
Irvin  Fisherning  pulning  miqdoriy  rivojlanishi  nazariyasi  hisoblanadi  deyishadi.  Unga 
muvofiq,  pul  miqdori  va  tovar  oqimlari  miqdori  o’rtasidagi  bog’liqlik  berk  truba 
tizimidagi  suv  miqdori  va  shu  truba  ichida  oquvchi  suv  oqimi  o’rtasidagi  bog’liqlikka 
o’xshashdir. Ayrim davrlar uchun suv xarakati hisobidan oqim trubadagi suv zaxirasidan 
ko’p  bo’lishi  mumkin.  Potok  miqdori  va  suv  zaxirasi  miqdorining  bog’liqligi,  uning 
xarakat  tezligi  bilan  aniqlanadi.  Iqtisodiy  tizimdagi  pulning  roli  trubadagi  suv  zaxirasi 
bilan bir xil emish. Pul belgilari aylanish funktsiyasini bajarib, doimo aylanib turadi, ular 
yordamida tovar va xizmatlar xarakati amalga oshadi. Lekin pul oqimining umumiy yoki 
yillik pul oboroti miqdori tizimdagi pul miqdoridan ancha ko’p, negaki ma’lum bir davr 
ichida  har  bir  pul  birligi  bir  martadan  ko’p  sarf  qilingan  bo’lishi  mumkin.  Iqtisodiy 
tizimda  pul xarakatsiz  qolmasligi  munosabati bilan  pul oboroti  miqdori uning tizimdagi 
xajmi va aylanish tezligiga bog’liq. 
 
Iqtisodiy  nazariya  pul  muomalasini  davlat  tomonidan  boshqarishga  asos  bo’ladi. 
Oxirgisi,  mamlakatda  pul  tuzimining  qonuniy  o’rnatilishi  va  pul-kredit  siyosati 
mexanizmini realizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. 
 
Iqtisodiy reformalarni amalga oshirish uchun yaxshi pul tizimi bo’lishi zarur. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish