Trassant -
o’tkazma vekselni beruvchi.
Trassat -
o’tkazma veksel bo’yicha to’lovchi.
Tratta -
o’tkazma veksel.
Trast kompaniyasi -
depozitariya vazifasi va kapital egasining ishonch qog’ozi
bo’yicha uning mablag’ini boshqarishni birgalikda olib boruvchi investitsiya instituti.
Treyder -
birja savdo zalidagi broker firmasining vakili.
Tuganmas yoki asriy annuitet -
uzoq muddatli moliyaviy hisob-kitoblar,
bunda moliyaviy operatsiyalar muddati juda uzun bo’lib, muayyan (konkret) bir muddat
bilan belgilanmaydi, masalan, obligatsiya bo’yicha chegaralanmagan muddatlarda foizlar
298
to’lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |