Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
VII BOB. QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI STATISTIKASI  
 
7.1. Qimmatli qog’ozlar tushunchasi, turlari va  
statistikasining vazifalari  
 
Qimmatli  qog’ozlar  deganda  korxona  va  tashkilotlarning  (mulk  turidan  qat’iy 
nazar)  mol-mulkida  va  shu  mol-mulkdan  olinadigan  daromadda  qimmatli  qog’ozlar 
egasining xissasi borligini tasdiqlovchi yuridik xujjat tushuniladi. 
Qimmatli  qog’ozlar  qachon  paydo  bo’lgan  degan  savolga,  qo’shimcha  moliyaviy 
mablag’larga ehtiyoj tug’ilgan kundan boshlab, deb javob berish mumkin. (Evropa XVII 
acp). 
Bu  muammoni  tarixiga  nazar  tashlansa,  ishbilarmonlar  moliyaviy  mablag’ni 
etishmasligi muammosini ssuda, kredit, qarz olish bilan bir qatorda qimmatli qog’ozlarni 
chiqarish va sotish orqali echish yo’lini topganlar. 
Qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  emissiya,  ularni  chiqaruvchilar  -  emitentlar 
deyiladi.  Aktsiyadorlik  jamiyati,  bank,  davlat,  investitsion  kompaniya  yoki  fond, 
mahalliy organlar va boshqa yuridik shaxslar emitent bo’lishi mumkin.  
Qimmatli qog’ozlar bozori birlamchi va ikkilamchi bozorlarga bo’linadi. 
Birlamchi  bozorda  qimmatli  qog’ozlar  ularni  chiqaruvchilar  (emitentlar) 
tomonidan  sotiladi,  ikkilamchi  bozorda  esa  fond  birjalari  orqali.  Bu  bozorda  qimmatli 
qog’ozni taklif qiluvchi qarzdor, sotib oluvchilar esa kreditorlar deb ataladi. Ma’lum bir 
miqdorda daromad olish uchun o’z pullariga qimmatli qog’ozlarni sotib olgan yuridik va 
jismoniy shaxslar investorlar deb ataladi. 
Jahon  amaliyotida  moliyaviy  vositachilarning  bank  va  nobank  xarakteriga  qarab 
qimmatli qog’ozlar bozori 3 modelga bo’linadi: 
1.
 
Nobankli model, bu asosan AQShga taalluqli; 
2.
 
Bank modeli, bu asosan Germaniyaga taalluqli; 
3.
 
Aralash model, bu asosan Yaponiya, Rossiya va Belarussiyaga taalluqli. 
Jismoniy  shaxslar  individual  investorlar  deyilsa,  moliyaviy  tashkilotlar,  pensiya 


 
169 
fondi,  investitsion  kompaniya  va  fondlar,  banklar,  sug’urta  jamiyatlari  esa  institual 
investorlar deb yuritiladi. 
Dastlab  qimmatli  qog’ozlar  ko’chada  va  kafelarda  sotilgan.  Shuning  uchun  ham 
ayrim adabiyotlarda qimmatli qog’ozlar bozorini "ko’cha bozori" deb atashadi. "Ko’cha 
bozori" savdosi hozirgi kunda ham saqlanib qolgan, bu ish hozirgi kunda faqat telefon va 
internet  orqali  bajariladi.  Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  sotuvchi  bilan  sotib  oluvchi 
shaxsni uchrashtiruvchi shaxs - broker (uni birja makleri, komissioner, kurte, stek-broker 
deb atashadi) nomini olgan. 
Jahon iqtisodiyotida sanoat to’ntarishi natijasida yirik korxona va tashkilotlarning 
paydo  bo’lishi  bilan  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  tashkiliy  bozorlar  paydo  bo’la 
boshlaydi, ya’ni fond birjalari. Birinchi fond birjasi 1773 yilda Londonda paydo bo’ldi. U 
dastlab  qirollikning  pul  almashtirish  muassasasi  (banki)  binosining  bir  qismida  ijaraga 
joylashdi.  1791  yilda  Filadelfiya  shahrida  AQShda  birinchi  fond  birjasi  tashkil  etildi. 
1792 yilda esa Nyu-York fond birjasi tashkil etilgan. 
Hozirgi kunda dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida 200 ga yaqin fond birjalari 
mavjud.  Shundan  15  tasi  Shimoliy  Amerikada  (AQSh  va  Kanada  mamlakatlarida),  100 
dan  ortig’i  -Evropada,  20  tasi  Janubiy  Amerikada,  qolganlari  Osiyoda,  Avstraliyada, 
Afrikada.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  30  dan  ortiq  birjalar  Parijda  joylashgan  fond 
birjalarining  Xalqaro  Federatsiyasiga  (FBXB)  a’zo.  Bu  tashkilotning  har  yili  bir  marta 
o’tkaziladigan  yig’ilishida  birja  ishi  bo’yicha  qonunlar  tuzish  va  chiqarish,  qimmatli 
qog’ozlarni sotishni tartibga solish, iqtisodiy siyosatning fond bozorlariga ta’siri, birjalar 
ishining texnikasi va texnologiyasi masalalari ko’rib chiqiladi va muvofiqlashtiriladi. 
"Toshkent"  birjasi  -  O’zbekistonda  yagona  fond  birjasidir.  U  O’zbekiston 
Respublikasi  Adliya  vazirligida  1994  yil  8  aprel  kuni  yopiq  turdagi  aktsioner  jamiyati 
sifatida ro’yxatdan o’tgan. U o’zining bir qancha mintaqalararo shaxobchalariga ega. 
Qizig’i shundaki, xozirgi kungacha birja so’zi qachon va qaerda paydo bo’lganligi 
to’g’risida aniq ma’lumot yo’q. Bir qancha taxminlar mavjud. Bir taxmin bo’yicha birja 
so’zi  yangi  lotin  so’zi  "birsa"  -  "charm  hamyon"  ma’nosini,  ingliz  tilidagi  ikki  so’zni 
("exchange" va "stock") negizida fond birjasi paydo bo’lgan. Ikkinchi taxminga binoan, 
bu  so’z  Belgiyaning  Bryuge  shahrida  yashovchi  juda  boy  savdogar  golland  Van    Der 
Burse  nomi  bilan  bog’lanadi.  U  savdogar  gerbida  uchta  hamyon  tasvirlangan  va  uning 
hovlisi  juda  qulay  maydonda  joylashgan  ekan  va  u  erda  kishilar  har  kuni  pul 
almashtirishga    to’planganlar.  Van  Der  Burse  keyinchalik  o’z  hovlisini  savdogarlarga 
topshiradi va oxir oqibatda bu hovli birinchi birja binosiga aylanadi. 
Hozirgi  kunda  fond  birjasi  deganda  tijorat  vositachilarning  tashkiliy  birlashmasi, 
qimmatli qog’ozlar savdo qilinadigan joy tushuniladi. 
Birja quyidagi funktsiyalarni bajaradi: a) qimmatli qog’ozlar bozorini professional 
qatnashchilari tomonidan qimmatli qog’ozlarning sotilishi bo’yicha sharoitni ta’minlash; 
b) qimmatli qog’ozlar kursini aniqlash; v) maxsus byulletenlarda kurslarni chop qilish; g) 
qimmatli  qog’ozlar  bozori  qatnashchilarining  faoliyatini  boshqarish;  d)  kam  samarali 
tarmoqlardan yuqori samarali tarmoqlarga kapitalning o’tish mexanizmini ta’minlash. 
Qimmatli  qog’ozlarni  o’rganishda  ularni  bir  qancha  belgilari  bo’yicha 
tasniflashadi:  1)  emitentlar  bo’yicha;  2)  daromad  to’lash  usuli  bo’yicha;  3)  ularni  sotib 
olishda zarar ko’rish riski darajasi bo’yicha; 4) qimmatli qog’ozlarni turlari bo’yicha; 5) 
mazmuni bo’yicha; 6) aylanish muddati bo’yicha; 7) foydalanish tiplari bo’yicha. 


 
170 
Qimmatli  qog’ozlar  emitentlar  bo’yicha:  davlat,  shaxsiy  va  xalqaro;  ularni  sotib 
olishda  zarar  ko’rish  riski  bo’yicha:  xavfsiz  (davlatniki)  va  xavfli  (riskli);  daromad 
to’lash  bo’yicha:  qayd  qilingan  (obligatsiyalar)  va  o’zgaruvchi  (suzuvchi)  daromadli 
qimmatli qog’ozlar; turlari bo’yicha: asosiy (aktsiya, obligatsiya) va xosilaviy (veksellar, 
fyucherslar,  optsionlar,  cheklar  va  h.k.);  muddati  bo’yicha:  muddatli  (obligatsiya  va 
boshqalar)  va  muddatsiz  (aktsiyalar);  foydalanish  turi  bo’yicha:  investitsion  (aktsiya, 
obligatsiya va boshqalar) va noinvestitsion turlarga bo’linadi. 
Qimmatli  qog’ozlarning  quyidagi  turlari  ma’lum:  aktsiyalar,  obligatsiyalar, 
veksellar,  xazina  majburiyatlari,  bank  sertifikatlari,  hosilaviy  va  xalqaro  qimmatli 
qog’ozlar. 
AKTsIYa  -  bu  aktsionerlik  jamiyatining  mol-mulkida  va  oladigan  foydasida 
aktsiya  egasining  xissasi  borligini  tasdiqlovchi  rasmiy  yuridik  xujjat.  Aktsiya  oddiy  va 
imtiyozli  turlarga  bo’linadi.  Ular  bir-biridan  quyidagicha  farq  qiladi.  Oddiy  aktsiyada 
olinadigan dividend summasi olingan foyda hajmiga qarab har xil bo’ladi. Uning miqdori 
hech  kim  tomonidan  qat’iy  kafolatlanmaydi,  ammo  oddiy  aktsiya  egasi  aktsionerlik 
jamiyati  yig’inida  ovozga  ega,  unga  jamiyat  ishini  boshqarishda  qatnashish  huquqi 
beriladi.  Oddiy  aktsiyalarning  egalari  boshqa  qimmatli  qog’ozlarga  nisbatan  ko’proq 
mas’uliyatni  o’z  zimmalariga  olganliklari  tufayli,  ana  shunday  aktsiyalar  uchun 
olinadigan  dividendlar  miqdori  yuqoriroq  qilib  belgilanadi.  Shuni  ham  esdan 
chiqarmaslik kerakki, oddiy aktsiya egalari umuman dividend olmasliklari ham mumkin. 
Imtiyozli  (preferentsial  yoki  prefaktsiya)  aktsiya  shunday  aktsiyaki,  u  bo’yicha 
beriladigan  dividend  summasi  (normasi)  foyda  hajmiga  bog’liq  emas,  davlat  zayomlari 
kabi,  oldindan  belgilangan  qat’iy  foizlarda  beriladi.  Agarda,  ma’lum  bir  ob’ektiv 
sabablarga  ko’ra,  joriy  yil  uchun  dividendlar  to’lanmasa,  u  holda  aktsiya  egasiga 
kelajakda  bu  summa  to’lanishiga  kafolat  beriladi.  Ammo  imtiyozli  aktsiya  egalari 
aktsionerlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo’lmaydilar. 
Imtiyozli  aktsiyalar  qoidaga  ko’ra  aktsioner  jamiyati  ustav  fondining  10  foizidan 
ortiq  chiqarilishi  mumkin  emas.  Ular  turli  ko’rinishlarda  chiqarilishi  mumkin:  chaqirib 
oluvchi  aktsiyalar;  komulyativ  aktsiyalar;  retrektiv  aktsiyalar;  konversiyalanuvchi 
aktsiyalar; suzuvchi yoki o’zgaruvchan kursli aktsiyalar; orderli aktsiyalar. 
OBLIGATsIYa deb, olingan qarzni tasdiqlovchi va qarzni ma’lum bir muddatdan 
keyin  qat’iy  belgilangan  foiz  bilan  qaytarib  berish  majburiyati  ko’rsatilgan  qimmatli 
qog’ozga  aytiladi.  Shunday  qilib,  obligatsiya  tasdiqlaydi  va  ishontiradi:  1)  emitentni 
qimmatli qog’oz egasidan pul mablag’ olganligini;       2) ma’lum bir muddatdan keyin 
emitent olgan qarzini qaytarib  berishi majburiyatini; 3) investorni ma’lum bir muddatdan 
keyin bergan qarzi uchun obligatsiyaning nominal qiymati bo’yicha mikofot olishini. 
Obligatsiyaning  aktsiyadan  ancha  farqi  bor.  Birinchidan,  olinadigan  dividend 
bo’yicha.  Aktsiyalar  bo’yicha  beriladigan  dividend  katta  tafovutga  ega  yoki  ayrim 
sabablarga  ko’ra  umuman  berilmasligi  mumkin,  obligatsiyalar  bo’yicha  beriladigan 
foizlar o’zgarmas bo’ladi, o’zgargan taqdirda ham juda sezilarli darajada emas. Shuning 
uchun  ham  obligatsiyalarni  belgilangan  yoki  qat’iy  daromadli  qimmatli  qog’ozlar  deb 
ham  atashadi.  Davlat  obligatsiyasiga  ega  bo’lgan  amerikalik  fuqaro  7-8  foiz  (yillik), 
kanadalik - 9-11 foiz, avstraliyalik -15 foizgacha daromad oladi. Obligatsiyalar bo’yicha 
foizlar  emitentlarni  oladigan  foydasi  va  moliyaviy  axvolidan  qat’iy  nazar  har  yil  bir 
marta  to’lanadi.  Undan  tashqari,  agarda  ma’lum  bir  sabablarga  ko’ra  obligatsiya 


 
171 
chiqargan  jamiyat  tugatilsa,  obligatsiya  egalari  taqsimlanadigan  foyda  va  aktivlarga 
tegishli ravishda da’vogar hisoblanadi. 
Yana bir farqi aktsiyalarning daromad keltirish vaqti cheklanmagan, obligatsiyalar 
bo’yicha esa cheklangan, chunki obligatsiyalar asosan bir muddatga chiqariladi. Asosiy 
farqi,  aktsiya  egalari  mulkdorga  aylanadi,  obligatsiya  egalar  esa  faqatgina  kreditor 
maqomini oladi xolos. 
Aktsiya  va  obligatsiyalar  bir-biridan  farq  qilishiga  qaramasdan,  ular  o’zaro  uzviy 
bog’liq  qimmatli  qog’ozlardir.  Ikkalasining  ham  maqsadi  yagona  –  biron-bir  manfaatli 
loyihani amalga oshirish uchun pul mablag’ini to’plash. 
Aktsionerlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiyalar chiqarish huquqiga ham 
ega.  Ular  o’zaro  almashtirilishi  ham  mumkin.  Shu  munosabat  bilan  obligatsiyalar 
konvertatsiya  qilinadigan  va  almashtiriladigan  obligatsiyalarga  bo’linadi.  Konvertatsiya 
qilinadigan 
obligatsiyalar 
shu 
kompaniyaning 
aktsiyalariga 
almashtirilishi, 
almashtiriladigan  obligatsiyalar  boshqa  kompaniyalarning  aktsiyalariga  almashtirilishi 
mumkin. 
Obligatsiyalarning  yana  bir  qancha  turlari  mavjud:  davlat  (eng  ishonchli  va  risk 
deyarli  nolga  teng);  mahalliy;  kompaniya  yoki  firma;  chet  el;  qisqa  va  uzoq  muddatli; 
ismli  va  taqdim  etuvchiga  tegishli;  chop  qilingan  va  qilinmagan;  o’zgarmas  va 
o’zgaruvchan  foizli  (yoki  foizsiz);  ta’minlangan  va  ta’minlanmagan  va  boshqa 
obligatsiyalarga bo’linadi. 
VEKSEL  -  bu  olingan  qarzni  belgilangan  muddatda  to’lash  majburiyati  qat’iy 
yuklangan,  qonun  bilan  tasdiqlangan  holatda  to’ldirilib  rasmiylashtirilgan  qarzdorlik 
tilxatidir. 
Ilk  bor veksel  qadimgi  Gretsiyada paydo bo’lgan.  Keyinchalik  XII  asr  o’rtalarida 
veksel  muomalasi  Italiyada  keng  tarqaladi.  1930  yilga  kelib  veksellarni  tartibga  solish 
maqsadida xalqaro bitim  "Yagona  veksel huquqi" imzolanadi. Bu  bitimga  25  mamlakat 
qo’shiladi.  Sobiq  sho’ro  xududida  yangi  iqtisodiy  siyosat  (NEP)  davrida  veksel 
muomalasi keng rivojlanganligi xalqimizga yaxshi tanish. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1995  yil  2  iyunda  "O’zbekiston 
Respublikasi  xalq  xo’jaligida  veksellarni  qo’llash  to’g’risida"gi  qarorni  qabul  qildi.  Bu 
qarorda  veksellardan  xalq  xo’jaligida  foydalanishga  o’tish  bir  necha  bosqichda  amalga 
oshirilishi,  dastlabki  bosqichda  ko’proq  tijorat  banklarining  veksellaridan  keng 
foydalanish,  muomalaga  chiqarilgan  har  bir  veksel  oldindan  emitentning  to’lov 
qobiliyatini  aniqlab,  banklar  tomonidan  ro’yxatdan  o’tkazilishi  qayd  etilgan.  Shu  qaror 
asosida  respublikada  veksel  ishi  1995-1997  yillarda  ancha  rivojlandi  va  ko’zlagan 
natijaga  erishilmaganligi  munosabati  bilan  bu  ish  asta-sekin  o’z  mohiyati  va  ahamiyati 
yo’qotdi. 
Veksellar  quyidagi  turlarga  bo’linadi:  davlat  (ya’ni  xazina);  xususiy  (ya’ni 
shaxsiy); moliyaviy; tijorat (tovar); oddiy va o’tkazma (tratta) veksellar. 
Bular ichida eng keng tarqalgani oddiy (solo) va o’tkazma (tratta) veksellaridir. 
Oddiy  (yoki  "solo-veksel")  veksel  beruvchining  (qarzdorning)  belgilangan 
muddatda  va  joyda  veksel  oluvchiga  (ushlovchiga)  pul  mablag’ni  to’lash  majburiyatini 
o’zida  aks  ettirgan  yozma  xujjatdir.  Birinchi  veksel  ushlovchi  ikkinchi  shaxsga  veksel 
bo’yicha pulni olish huquqini berishi mumkin. Masalan, men tovar yoki xizmat sotib olib 
pul  o’rniga  veksel  berishim  mumkin.  Buning  uchun  men  vekselni  orqa  tomoniga 


 
172 
o’tkazish  yozuvini  yozaman.  Bu  yozuv  indossament  deb  ataladi.  Agarda  bu  yozuvni 
qo’shimcha  varaqqa  yozib  va  tasdiqlab  berilsa  -  alonje  deyiladi.  Vekselni  o’tkazuvchi 
shaxs indossant, oluvchi shaxs - indossat nomini oladi. 
Oddiy  veksel  indossament  yordamida  bir  necha  marotaba  qo’ldan  qo’lga  o’tishi 
mumkin,  bunda  veksel  bo’yicha  javobgarlik  barcha  ishtirokchilar  uchun  bir  xil  bo’ladi. 
Veksel o’z vaqtida to’lanmasa, norozilik veksel beruvchiga bildiriladi. 
O’tkazma  veksel  (tratta)  veksel  beruvchining  to’lovchiga  pul  belgilangan 
muddatda va joyda veksel ushlovchiga yoki uning  buyrug’i bilan boshqa shaxsga so’zsiz 
to’lash to’g’risidagi yozma hujjatdir. 
Bu  erda  veksel  beruvchi  trassant,  to’lovchi  -  trassat  nomi  bilan  ataladi,  veksel 
beruvchi  qandaydir  shaxsga  to’lab  berishni  yuklaydi  va  o’zi  to’lov  kafolatiga  aylanadi. 
Shuning  uchun  ham,  trassatda  trassantning  vekselda  ko’rsatilgan  summadan  ko’proq 
shaxsiy moddiy qiymatlari bo’lishi kerak. 
Trassatni o’z vaqtida to’lashi uchun veksel ushlovchi o’z vaqtida aktseptga xujjat 
topshirishi  shart.  Agarda  trassat  to’lovni  (aktseptni)  qabul  qilmasa,  unda  pulni  trassant 
to’laydi. 
Amaliyotda  vekselning  ishonchliligini  ta’minlash  uchun  aktseptlashdan  tashqari, 
veksel beruvchining kafilligini olishi mavjud. Bu ishni avallash deyiladi. Avalchi (odatda 
bank)  vekselni  avallasa,  bu  degani  agar  to’lovchi  vekselni  to’lay  olmasa,  qarz  avilist 
tomonidan qoplanadi. 
Yana  bir  qoida.  Muomalada  veksel  bir  necha  nusxa  bo’lishi  mumkin.  O’tkazma 
vekselning  birinchi  ekzemplyari  (prima  deb  ataladi)  trassatga  yuboriladi,  ikkinchisi 
(sekunda  deb  ataladi)  muomalaga  chiqariladi.  Har  bir  ekzemplyar  o’z  nomeriga  ega 
bo’ladi  va  har  biri  qo’l  qo’yish  bilan  tasdiqlaniladi.  Lekin  faqat  bir  ekzemplyar  veksel 
aktseptlanadi. 
XAZINA  MAJBURIYaTLARI.  Qarz  faqatgina  fuqarolar,  korxonalar,  kompaniya 
va  firmalar,  davlatlar  o’rtasida  bo’lmasdan,  balki  aholi  va  davlat  o’rtasida  ham  bo’ladi. 
Ayrim  paytlarda  davlat  byudjetning  kassaviy  rejalarini  bajarilishini  ta’minlash,  byudjet 
defitsitini kamaytirish va mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida o’z 
aholisidan  qarz  oladi  va  qarzdorligini  tasdiqlovchi  xujjat  beradi.  Bu  xujjat  xazina 
majburiyati deb ataladi. 
O’zbekiston  Respublikasining  xazina  majburiyatlari  mijozlarning  davlat 
byudjetiga  o’z  pul  mablag’larini  berganliklarini  tasdiqlovchi,  mazkur  qimmatli 
qog’ozlarga  egalik  qilishning  butun  muddati  davomida  belgilangan  daromadni  olish 
huquqini beruvchi rasmiy xujjatdir. 
Xazina  majburiyatlarining  qisqa  va  uzoq  muddatli  xazina  veksellari, 
obligatsiyalari, moliyaviy majburiyatlari va boshqa turlari mavjud. 
BANK  SERTIFIKATLARI  -  bu  omonat  qo’yilganligi  to’g’risidagi,  omonatchi 
yoki uning  huquqiy  vorisining belgilangan  muddat  to’lgandan  so’ng  omonat summasini 
va  unga  tegishli  foizlarni  olishga  bo’lgan  huquqini  tasdiqlovchi  bank,  ya’ni  emitent 
bergan guvohnomasidir. 
Bank  sertifikatlari  ikki  turda  bo’ladi;  depozit  va  jamg’arma  sertifikati.  Ular: 
shakliy  ko’rinishi  bo’yicha:  naqd  pul  va  pulsiz  ko’rinishadagi  sertifikatlarga;  qarz 
muddati  bo’yicha:  muddatli  va  muddatsiz  sertifikatlarga;  qayd  qilinish  usuli  bo’yicha: 
tsessiya (egasini ismi yozilgan) va tsessiyasiz sertifikatlarga bo’linadi. 


 
173 
Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  omonatchilarni  yoki  ularni  vorislarini  benefitsiarlar 
deb atashadi. 
HOSILAVIY  QIMMATLI  QOG’OZLARNI  chiqarish  va  ularning    muomalasi 
qoidalarini  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  qoshidagi  qimmatli  qog’ozlar  va 
fond  birjalari  bo’yicha  Davlat  komissiyalari  belgilaydi.  Ular  quyidagi  turlarda  bo’lishi 
mumkin:  optsion,  fyuchers,  depozit  tilxatlari,  varrant,  privatizatsiya  cheklari  va 
kuponlari. 
OPTsION  deb  ikki  tomonlama  tasdiqlangan,  kontraktda  kelishilgan  bahoda  va 
muddatda aktivlarni sotib olish va sotish huquqini olishga aytiladi. U bilan savdo qilish 
xavf-xatarni  ancha  kamaytiradi.  Aktiv  egasi,  uni  sotish  optsionini  olishi  bilan  aktivni 
bozor qiymatining pasayishidan o’zini kafolatlaydi, investor esa teskarisi. 
Optsionni quyidagi turlari mavjud: optsion Call (sotib olish); optsion Put (sotish); 
optsion Stellage (qo’shma); Evropacha va Amerikacha. 
Evropacha usulda optsionning bajarilishiga faqat kelishilgan vaqtda (kunda) ruxsat 
beriladi,  Amerikacha  usulda  -  belgilangan  muddat  ichida,  istalgan  vaqtda  bajarilishi 
mumkin. 
Optsion  bozorida  qatnashish  uchun  quyidagi  tushunchalarni  -  LOT,  STRING, 
MUKOFOT  -  bilish  talab  qilinadi.  LOT-  bu  sotuvga  qo’yilgan  bir  xil  turdagi  aktivlar 
partiyasi.  Bir  necha  lotlar  to’plami  string  deyiladi.  Mukofot  -  kontraktning  optsion 
bahosidir.  Boshqacha  qilib  aytganda  kontrakt  egasi  (ya’ni,  sotib  oluvchi)  sotuvchiga 
(ya’ni  kontraktni  yozib  beruvchiga)  komissiya  to’laydi.  Komissiya  summasi  mukofot 
deyiladi. 
FYuChERS deganda, tovarlarni yoki qimmatli qog’ozlarni (moliyaviy fyucherslar) 
belgilangan muddatda, kontrakt imzolangan kunda o’rnatilgan narx bo’yicha, kelishilgan 
vaqtda  va  joyda  sotish  va  sotib  olish  majburiyati  tomonlar  zimmasiga  yuklatilganligini 
tasdiqlovchi  xujjat  tushuniladi.  Uning  optsiondan  farqi  shundaki,  u  shartnoma  emas, 
balki qat’iy majburiyatdir. 
VARRANT  deganda  shaxslarga  qimmatli  qog’ozlarni  ma’lum  bir  narxlarda  sotib 
olish uchun berilgan sertifikat  tushiniladi yoki  bu so’zni tilxat sifatida  ham  ishlatishadi. 
Masalan, siz o’z tovaringizni birovning omborida saqlasangiz, ombor mudiri, haqiqatdan 
ham  sizning  tovaringiz  omborda  saqlanayapti  deb  xujjat  beradi.  Shu  tilxatni  (bizning 
tilimizda bu hujjat ombor ma’lumotnomasi deyiladi) chet elda varrant deb atashadi. 
Umuman  olganda,  fikrimizcha,  varrantni,  depozit 
 
tilxatlarini,  privatizatsiya 
cheklari  va  kuponlarini  qimmatli  qog’oz  deb  atalishi  noto’g’ri  bo’lmasa  ham,  o’ta 
shartlidir. 
Qimmatli qog’ozlar bozori statistikasining predmeti – statistik metodlar yordamida 
qimmatli 
qog’ozlarni  chiqarish,  joylashtirish  va  muomalasi  samaradorligini 
xarakterlovchi  ko’rsatkichlarni  hisoblash,  ob’ekti  –  shu  bozordagi  operatsiya  va 
bitimlardir. 
Qimmatli  qog’ozlar  statistikasi  oldida  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  statistik 
kuzatish  o’tkazish  dasturini    ishlab  chiqish  va  takommillashtirish,  qimmatli  qog’ozlar 
joylanishi  va  muomalasi  haqida  ma’lumotlar  to’plash,  qimmatli  qog’ozlarni  statistik 
ko’rsatkichlari  sistemasini  yaratish  va  bu  sistema  yordamida  qimmatli  qog’ozlar 
bozoridagi mavjud qonuniyatlarni aniqlash va baholash vazifalari turadi. 
 


 
174 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish