Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini amalga oshirish bo`yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o`zgarish buldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga xalq qabulxonalari ham ko`paydi. Aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o`zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo`ldi. Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo`yicha jiddiy ish ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |