Annotasiya:
Ushbu maqolada O`rta Osiyo xalqlari uchun ma`lum va mashhur
bo`lgan bir qancha fanlarga o`z hissasini qo`shgan Abu Rayhon Muhammad ibn
Ahmad ya‘ni bizga Abu Rayhon Beruniy taxallusi bilan tanilgan buyuk
bobokalonimiz haqida m`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
ma`danshunoslik, geodeziya, matematik geografiya, kartografiya,
meteorologiya, dorishunoslik, etnografiya, tarixshunoslik, filologiya,falsafa, sferik
sirtlar, kartografik, geodezik.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad ya‘ni bizga Abu Rayhon Beruniy taxallusi
bilan tanilgan ilk uyg‘onish davrining buyuk mutaffakkilaridan biri 973-yilning 4
sentyabrida Kat shahrida tavallud topdi. Beruniy fanning barcha sohalari samarali
ijod qilgan uning ilmiy merosi juda keng va rang barangdir, olimning 160 dan ortiq
asarlariga nazar tashlab buni bilib olamiz.
Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo‘r qobiliyati uning ko‘pchilik zamondoshlari
va keyingi olimlar tamonidan e‘tirof etilgan. Beruniy zaton ilmiy qiziqishlari
nihoyatda kengligi va chuqurligi va ilmiy nazariy tahlillari-yu, ta‘limotining
benazirligi, umumdunyo tan olgan haqiqatdir. Uning ikkinchi Ptolemey
deyishlarining ham sababi – aynan shu haqiqat samarasidir
2
Beruniy 1010 yil - ”O‘tmish avloddan qolgan yodorliklar‘‘ asarini yozdi.
Beruniy bu basarda birinchi manba asosida va katta aniqlik bilan qadimga greklar,
rimliklar, forslar, xorazmliklar bir qancha xalqlarning dini, urf – odati, qonun-
qoidalari haqida yozadi.
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo tabiati haqidagi geografik tasavvurlarning
rivojlanishida o‘ziga xos mustaqil davrdir. Bu davrda o‘lkamizda fan, madaniyat va
xo‘jalik taraqqiyotining yuksak darajaga yetganligi bilimlarning jadal to‘planishi,
kengayishiga va chuqurlashuviga katta ta‘sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyoda buyuk qomusiy
olim va mutafakkirlar yetishib chiqdi. Bu davr olimlari Muhammad Xorazmiy,
Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinolarning ilmiy
merosi, jumladan, tabiatshunoslikka oid tadqiqotlari olamshumul ahamiyat kasb
etadi. U ilk o`rta asrda, O`rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma‘naviy hayotida yirik
voqealar sodir bo`layotgan bir davrda yashadi. Bu davr fan va tafakkur sohasida
o`zining qomusiy olimlarini, buyuk kishilarini yuzaga chiqardi. Ular feodal
tuzumining mashaqqatli zulmi ostida, saroy bid`atlari sharoitda, shaharma-shahar
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
10
quvg`inda yurib o`sha davrning barcha tomonlarini o`zida aks ettiruvchi nodir asarlar
yaratdilar. Abu Rayhon Beruniy dunyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan ulug`
qomusiy olimlaridan biridir. Mavjud adabiyotlarda yozilishiga ko`ra, olimning
qoldirgan ilmiy merosi 150 dan ortiq bo`lib, bulardan bizgacha qo`lyozma holida 40
ga yaqini yetib kelgan. Ulardan ayrimlari rus, o`zbek, fors, nemis, ingiliz va boshqa
tillarda nashr etilgan va etilmoqda. Olimning asarlari tematik jihatdan turli -tuman,
ular matematika, fizika, astronomiya, ma`danshunoslik, geodeziya, matematik
geografiya, kartografiya, meteorologiya, dorishunoslik, etnografiya, tarixshunoslik,
filologiya va falsafa fanlari sohalarida qoldirilgan ilmiy merosdir.
Shuning uchun akademik I.Yu.Krachkovskiy Beruniy ijodiga ―Beruniy
qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko`ra qiziqmagan sohalarini sanab chiqish
osonroqdir‖ - deb baho bergan. Beruniyning ijodi o`zining turi va ko`lamining
kengligi bilangina emas, balki teranligi va hayotiyligi bilan ham qimmatlidir. Ilmiy
tafakkur xazinasiga Beruniy qo`shgan ulkan hissani baholash qiyin. ―Uning
bilimlarining xilma-xil sohalarida olib borgan tinimsiz izlanishlari va qo`lga kirigan
yutuqlari kishini hayratga soladi - deb yozadi falsafa fanlari doktori M. Xayrullayev.
O‘rta asr mualliflarining ajoyib kartografik va geodezik merosi katta e‘tiborga
loyiqdir. Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniyning dunyo xaritalari shular
jumlasidandir. O‘rta Osiyolik tadqiqotchi olimlarning IX-XII asrlarda o‘lka tabiati
haqida to‘plagan bilimlari antik davrning geografik tasavvurlaridan juda kengligi,
chuqurligi va haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Buni shundan ham yaqqol ko‘rish
mumkinki, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar O‘rta Osiyo tabiatini tasvirlash
bilangina cheklanmay, uning muhim qonuniyatlarini aniqlash va keng izohlab berish
bilan ham shug‘ullanganlar. Ularning tabiatning bir butunligi, doimo o‘zgarishda va
rivojlanishda ekanligi haqidagi, xususan, O‘rta Osiyoning geologik va tarixiy
rivojlanishi to‘g‘risidagi fikrlari o‘z ilmiy va tarixiy ahamiyatini hanuz yo‘qotmagan.
Beruniyning astronomiyaga doir eng katta va muhim ilmiy asarlari uning
astonomiya faniga qo`shgan dunyo ahamyatiga ega bo`lgan muhim hissasidir.
Astronomiya, geografiya, geodeziya va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishi
uchun takomillashgan matematik apparat zarur edi. Bu hol matematikaning tez
taraqqiy etishiga asosiy sabab bo`ldi. Beruniy o`zining ―Hindiston degan asarida
o`rta asr arifmetikasida juda keng tarqalgan mashhur uchlamchi qoidani ko`rib
chiqadi va besh, yetti va undan ham ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi
qoidani umumlashtiruvchi qoidalarini bayon qiladi, hamda uni qat`iy asoslab, amaliy
misollar bilan tushuntiradi. Uning bu asari arifmetikaning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo`ladi. Tariхda Amerika qit‘asini 1492 yil оktabr оyida dengiz
sayyohi Хristоfоr Kоlumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammо bu bоrada
Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma‘lum. Оlim o‘zining ―Hindistоn asarida
yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to‘g‘risida gapirib, ―Yerning chоragi
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
11
ma‘muradir. Ma‘murani g‘arb va sharq tоmоndan Muhit оkeani Atlantika va Tinch
оkean o‘rab turibdi. Bu Muhit оkeani, yerning оbоd qismini dengizlarning narigi
tоmоnida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki оdam yashaydigan оrоllardan ikkala
yoqdan g‘arbdan va sharqdan ajratib turadi‖ deb yozgan, keyinchalik Amerika deb
nоmlangan qit‘aning mavjudligini Beruniy yevrоpalik оlimlardan 450 yilcha оldin
taхmin qilib, o`z asarlarida bir necha bоr yozgan. Allomaning bu fikrlari XV asrdan
boshlab avj olgan Buyuk geografik kashfiyotlarning amalgam oshirilishi uchun
poydevor bo`lgan, desak, xato bo`lmaydi. U matematik geоgrafiya taraqqiyotiga ham
katta hissa qo‘shdi. Beruniy jоylarning geоgrafik uzоqligini va kengligini aniqlash
yo‘llarini ishlab chiqishda yangiliklar оchdi, u tоmоnidan ishlab chiqilgan yangi
metоd ungacha qo‘llanilgan metоdlarga nisbatan eng mukammali edi. Turli geоgrafik
jоylarning geоgrafik kengligi va uzоqligini aniqlashda u erishgan natijalar hоzirgi
zamоn оlimlarini ham hayratda qоldirmоqda. U Yer meridiani yoyining bir darajasi
110275 m ga teng deb tоpdi. Bu hоzirgi zamоn ma‘lumоtlariga juda yaqin. Beruniy
sayyoramizning shaklini aniq tasavvur etish bilan birga, uning tasvirini ham
yaratmoqchi bo`lgan. 1016 yilda Xorazmda u yasagan Shimoliy yarim shar globusi
diametri 5 metr bo`lgan. Bu Sharq olamidagi dastlabki globus bo`lishi bilan birga,
eng birinchi rel‘yefli globus ham edi. Bu glоbusda ahоli yashaydigan jоylar aniq
ko‘rsatilgan va buning yordamida ularning geоgrafik kооrdinatalarini aniqlash
mumkin bo‘lgan.
Beruniyning
yuqorida
qayd
etilgan
asarlaridagi
matematikaga
doir
masalalaridan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Beruniy Yevklid va Muhammad Xorazmiyning g`oyalarini rivojlantirib
nazariy elementlarini o`z ichiga olgan arifmetika va algebrani qaraydi. U arifmetika
va algebraning asosiy masalalariga ta`rif beradi hamda o`nli va oltmishli sistemaning
asosiy prinsiplari, abjad hisobi, butun va kasr sonlar ustidagi amallar, chiziqli,
kvadrat va kub tenglamalarini yechish usullarini bayon etadi.
2. Beruniy geometrik miqdorlarni son deb qarash bilan bu miqdorlar ustida
arifmetik amallarni bajarishda son tushunchasini musbat haqiqiy sonlargacha
kehgaytiradi.
3. Muhammad Xorazmiy arifmetik asarida ―aralash sistema – o`nli va oltmishli
sistemani qo`llagan bo`lsa. Beruniy o`z asarida birinchi bo`lib bir eradan ikkinchisiga
o`tishda butun sonlar uchun oltmishli sistemani qo`llaydi.
4. Beruniy geometriyaning asoschisi Yevklidning asosiy geometrik tushunchalar
va geometric figuralariga bergan ta`riflarining ayrimlarini aniqlash va to`ldirish bilan
bu ta`riflarga teng kuchli ta`ri flar beradi.
5. Beruniy planimetriyaning asosiy teoremalarini astranomiyaga tatbiq qiladi.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
12
6. Beruniy ichki chizilgan muntazam yetti va to`qqiz burchaklarni hisoblashni
uchinchi darajali tenglamalarga keltiradi. To`qqizburchakning tomonini, uchinchi
darajali tenglamaning taqribiy ildizlarini toppish bilan hal qiladi.
7. Beruniy geometriyasining ikkinchi qismi – stereometriyada, geometrik
jismlar: ko`pyoqlilar, aylanma jismlar, konus kesimlari va muntazam ko`pyoqlarga
ta`rif beradi va stereometriyaning asosiy tushunchalarini bayon etadi.
8. Beruniy o`zining zamondoshi Ibn Sino bilan munozarasida ―olti tomon
jismlarining o`lchovlari bo`yicha harakatining chegarasi ekanligini ta`kidlab, o`lchov
uchta ekanligini uqtiradi va planetalarning harakatini ko`rsatish bilan birinchi bo`lib
fazoviy koordinatlar g`oyasini beradi. U asturlobning turlicha tuzilishini va uning
yordamida yechiladigan amaliy masalalarini ko`rsatadi.
9. Beruniy chiziqli va sferik trigonometriyadagi asosiy masalalarni muntazam
ravishda, to`la-tekis ko`rish bilan yetarli hajmdagi sistematik trigonometriyani tuzadi.
Maxsus usul bilan trigonometrik chiziqlar orasidagi munosabatlarning isbotini
keltiradi. Sferik kosinuslar teoremasiga teng kuchli bo`lgan teoremaning isbotini
ko`rsatadi.
10. Beruniy astranomiyaga doir asarlarida yetarli hajmda matematikaning
tarmoqlari - arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya bilan muntazam
shug`ullanib, matematik tushunchalarning aniqlanishi va kengayishiga o`z hissasini
qo`shadi hamda matematikani astranomiyaning muhim masalalariga tatbiq qiladi.
Bunda keltirilgan qisqagina haqiqatlar Abu Rayhon Beruniyning matematikaga
qiziqish doirasi juda keng bo`lganligini tasdiqlaydi. Shuning uchun Beruniyning
matematik merosini o`rganayotgan olimlarimiz uni o`rta asrning eng ulug`
matematigi deb ataydilar.
Ilm – fanning buyuk homiysi va muxlisi bo`lgan Abu Rayhon Beruniyning
misilsiz boy ilmiy merosi yosh olimlar tomonidan zo`r qiziqish bilan o`rganilmoqda
va turli tillarda nashr etilmoqda. Sharq ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo`shgan
Beruniyning ilmiy merosi yana uzoq vaqt ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba
bo`lib qoladi. Olimga ehtirom sifatida dunyoning turli malakatlarida buyuk
allomaning haykallari o`rnatilgan.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |