―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
324
www.academiascience.uz
tuprog‗iga, el-yurtiga sodiq, vatanparvar bo‗ladi. Bundan ko‗rinadiki, inson musiqa
bilan ona allasi orqali tanishishar ekan.
Musiqa insonga ma‘naviy ozuqa beradi. Ana shu ozuqadan bahramand bo‗lish
uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‗zallikni his eta olishi kerak. Shu
bois musiqa darslarida o`quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‗lgan
musiqa madaniyatini tarbiyalash bosh maqsadlardan biridir. Agar biz vatanimizni
dunyoga tanitmoqchi, uning yorug‗ kelajagini ulug‗lamoqchi, uni avlodlar xotirasida
boqiy saqlamoqchi bo‗lsak, avvalom bor, buyuk shoirlarni, ijodkorlarni,
musiqashunoslarni yetishtirishimiz kerak. Cunki musiqa qaysi xalq yoki millat vakili
tomonidan ijro etilmasin, o‗zida eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni
ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o‗zining ―Zafarnoma‖ kitobida
Amir Temur davrida o‗tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to‗xtalib ―Yaxshi ovozli
xonandalar kuylashni boshlab, g‗azalu naqsh aytur erdilar va turku mo‗g‗ul, Xitoyu
arab va ajamdin har kim o‗z rasmi bilan nag‗ma aytur erdi‖ degan ma‘lumotlarni
keltiradi. Bugungi kunda ulug‗ bobolarimizning ana shunday an‘analarini davom
ettirgan holda mamlakatimizda musiqa san‘atini keng rivojlantirishga qaratilgan
dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qadimiy kuy va qo‗shiqlar, mumtoz
musiqiy merosimizni asrabavaylash va o‗rganish, uni yosh avlodlarga bevosita
yetkazish maqsadida turli ko‗rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari
muntazam ravishda o‗tkazib kelinmoqda.
E‘tibor qiladigan bo‗lsak, ayrim farzandlarimiz kichik yoshligidanoq turli xil
o‗ta shovqinli musiqalarni eshitishadi. Bunday qo‗shiq va kuylar nafaqat ularning
sog‗ligiga, balki tarbiyasida salbiy ozgarishlar paydo bo‗lishiga olib keladi. Nega
deganda, agar insonning qulog‗i bunday ohanglarga o‗rganib qolsa, bora-bora uning
badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday
yoshlarimiz
mumtoz
merosimizning
noyob
durdonalarini
ham,
buyuk
kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‗ladi. Buning oldini olish
uchun musiqa o‗qituvchisi dars jarayonida mumtoz kuy-ohanglarning sof buloqlari
bo‗lgan xalq kuy-qo‗shiqlariyu, mumtoz maqomlarini qalb ila tinglash madaniyatini,
ularni zarur darajada ijro eta olish malakalarini shakllantirmog‗i kerak. Shundagina
biz iste‘dodli ajdodlarimiz ijodi bois qadimdan davom etib kelayotgan boy badiiy
an‘analarimiz silsilasiga ma‘nan bog‗lanishga erisha olamiz.
Musiqa darsida yurtimiz rivojini aks ettiruvchi, ozodlik, hur fikrlilikni aks
ettiruvchi kuy qo‗shiqlar o‗rgatib boriladi. Bunday kuy va qo‗shiqlar orqali
ajdodlarimizning qadimiy urf-odatlari, bizning shunday dorulomon kunlarga etib
kelgunga qadar bajargan savobli ishlari hamda ularning ibratli o‗gitlari ham
tushuntiriladi, kuylash chog‗ida esa ana shu ruhni yo‗qotmaslik uqtirib boriladi.
Musiqa asarini ongli idrok etish, asar mazmunini tushuntirishda musiqa tinglash
Do'stlaringiz bilan baham: |