―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI 4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 30 - SENTABR 2020 - YIL ―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 275
www.academiascience.uz
iroda va axloqiy sifatlarni paydo qilish ustida mashq qilish zarurligini uqtirishlari
lozim.
O‘z-o‘zini tarbiyalashga intilishni paydo qilishda jamoaning roli katta.Ta‘lim-
tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda o‘rta yoshdagi maktab davrining
birinchi yillaridanoq o‘quvchilarda o‘z xarakterini o‘zi tarbiyalashga intilish istagi
sezilarli ravishda ko‘rina boshlaydi. O‘smirlarda o‘z-o‘zini anglashning tarkib topishi
asosida kishi shaxsiga xos bo‘lgan yaxshi fazilatlarni o‘zlarida paydo qilish masalasi
tug‘iladi.O‘smirlar ko‘pincha o‘z harakatlarida faqat katta yoshdagi kishilarga yoki
o‘rtoqlariga taqlid qilibgina qolmay,balki har bir ishni o‘z xohlaganlaricha qilishga,
mustaqillikka, boshqalarga o‘xshamaslikka intiladilar.
Albatta, bu davrda ham bolalarda mustaqillikni uyg‘otish va uni qo‘llab
quvvatlash bilan birga pedagoglar bola shaxsining tarkib topishi protsesida ularni
doim yo‘lga solib turishlari krak bo‘ladi.Lekin tarbiyachilar bunda o‘smirlarning o‘z
ijodiy faoliyatlarini, tashabbuslarini ustalik bilan yo‘lga sola bilishlari va ularning o‘z
oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishda ko‘rsatayotgan o‘rinli qat‘iyatliklarini
bo‘g‘ib qo‘ymasliklari lozim.O‘smirlardagi aktivlik va mustaqillikka bo‘lgan
intilishni tegishli izga solmoq kerak.
Kishi shaxsiga xos bo‘lgan yaxshi fazilatlarni o‘zida paydo qilishga intilish
yuqori sinf bolalarida yana ham kuchliroq bo‘ladi.Bunday intilish o‘z-o‘zini
anglashning yana ham o‘sib borishi,ulardagi dunyoqarashning tarkib topishi va bu
yoshdagi bola shaxsida g‘oyaviy yo‘nalishning shakllanishi munosabati bilan ayniqsa
yaqqol ko‘rinadi.Katta yoshdagi maktab bolalari axloq va xarakterning ijobiy
xislatlari to‘g‘ridagi masalalar bilan juda ham qiziqadilar.Yigit va qizlarimiz kuchli
va mustahkam irodaga ega bo‘lishni istaydilar va shuning uchun ham ular,odatda,o‘z
iroda va xarakterlarini tarbiyalash hamda o‘zlarida iroda va xarakte tarbiyalab
yetkazish masalalari bilan juda ham qiziqadilar.Ular iroda,xarakterni o‘stirish
masalalariga oid maruzalar tinglashni va suhbatlar o‘tkazishni,shu masalalarga oid
adabiyotlar o‘qish va munozaralar o‘tkazishni sevadilar.
Yigit va qizlarimiz qat‘iyat,sabot-matonat va qiyinchiliklarni bartaraf
qilish,dovyuraklik singari xarakter xislatlarini o‘zlarida tarbiyalab etkazishga harakat
qiladilar.xarakterning irodaviy sifatlari tarkib topishida maktab o‘quvchilari
qiziqishlarining o‘sishi katta ahamiyat kasb etadi.Ko‘pchilik yigit va qizlarimizda
yuqori sinflarda o‘qiyotgan davlarida muayyan hayot ideallari bunyodga keladi,ular
o‘zlarining bo‘lg‘usi kasblarini tanlab oladilar.Bu qiziqish va ideallar sabot-
matonatning o‘sishiga,jasurlik,tashabbuskorlik kabi irodaviy sifatlarning taraqqiy
etishiga imkon beradi.