“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
33
www.academiascience.uz
birlashmasi, yuzga yaqin paxta tozalash zavodi, ―Paxtasanoat‖ ilmiy markazi hamda
34 ta maxsus urug‘lik chigit tayyorlash sexi faoliyat yuritmoqda. Andijon,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘ntadan, Buxoro viloyatida to‘qqizta,
Toshkent, Xorazm va Namangan viloyatlaridagi sakkiztadan zavod shular
jumlasidandir[2.40].
Respublika aholisining 60% dan ziyodrog‘i qishloq joylarda yashaydi. Yalpi
ichki mahsulotning 30%i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Chunki O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini qishloq xo‘jaligi, uning asosini esa paxtachilik tashkil etadi.
3,8 mln. kishi yoki respublikada ish bilan band bo‘lganlarning 43,7%i qishloq
xo‘jaligi sohasida mehnat qiladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 28 mln.ga yaqin
qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar mavjuddir. Shundan 4,2 mln.ga sug‘oriladigan
yerlar xisoblanadi va ulardan ishlab chiqariladigan maxsulotni 95- 97% olinadi.
Respublikadagi jami ekin maydonining 42-43%ini paxta, 40 foizini don ekinlari, 4
foizini sabzavot 2,5 foizini kartoshka va poliz ekinlari hamda 10 foizga yaqinini yem
xashak ekinlari, qolganini boshqa ekinlar egallaydi[3.56].
Paxta tozalash sanoati-yengil sanoat tarmoqlari orasida geografiyasi eng katta
bo‘lgan tarmoqdir. Respublikaning barcha paxtakor tumanlarida zamonaviy
texnologiyaga ega bo‘lgan paxta tozalash sanoati (birinchi navbatda paxta tozalash
zavodlari) mavjud. Birinchi paxta tozalash zavodi 1874-yil Toshkentda qurilgan edi.
O‘zbekiston paxta tozalash sanoati yagona boshqaruvda ishlaydigan paxta tayyorlash
punktlari, quritish-tozalash sexlari, transport xo‘jaliklari, paxta tozalash zavodlarini
o‘z ichiga oladi. Tarkibida 128 ta paxta tozalash zavodi, 582 ta paxta punkti faoliyat
ko‘rsatmoqda. Eng yirik paxta tozalash zavodlari Denov, Qo‘qon, Qorako‘l,
G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Xazorasp va boshqa shaharlarda joylashgan. (Ular 100
ming t. va undan ortiq paxtani qayta ishlash quvvatiga ega). Paxtadan tola chiqishi
o‘rtacha 31-32 foizni tashkil qiladi. Tolasi ajratib olingan texnik chigit yog‘-moy
kombinatlarida qayta ishlanadi. Mamlakatda yiliga 1,0 mln. tonna paxta tolasi va 200
ming tonnadan ortiq urug‘lik chigit tayyorlanadi. Jumladan, 2000 yilda
O‘zbekistonda 1018,6 ming t., 2004 yilda esa 976,7 ming t. paxta tolasi ishlab
chiqarilgan[4.94].
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. Sanoatning bu
tarmog‘ida paxta moyi ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Xalqimiz qadimdan turli
o‘simliklardan (kunjut, zig‘ir, maxsar) juvozlarda yog‘ olishgan. Paxta chigitidan
yog‘ oladigan dastlabki zavod 1884-yil Qo‘qonda qurilgan. Ayni paytda
Respublikada yiliga umumiy quvvati 3 mln. tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta
ishlaydigan 20 dan ortiq korxona ishlab turibdi. Ularda asosan g‘o‘za urug‘i (chigit),
kunjut, zig‘ir, maxsar, soya, meva danaklari urug‘laridan moy ishlab chiqariladi.
O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga 2,1 mln. t. atrofida chigit ishlatiladi.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |