Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘G‘risida


-modda. Noyob ilmiy obyektlarni saqlashni moliyalashtirish



Download 38,8 Kb.
bet15/16
Sana25.04.2022
Hajmi38,8 Kb.
#581527
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ilm-fan va ilmiy faoliyat togrisidagi qonun

38-modda. Noyob ilmiy obyektlarni saqlashni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Noyob ilmiy obyektlarni saqlashni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi hamda joriy ta’minlash, shu jumladan binolar, asbob-uskunalarni ishchi holatda saqlash, ashyolar bilan ta’minlash, ma’muriy va yordamchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
39-modda. Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
40-modda. Ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari
Yuridik va jismoniy shaxslar tashabbusi bilan ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tuzilishi mumkin.
Jamg‘armalarning ta’sis hujjatlarida mablag‘larni shakllantirish, yo‘naltirish, taqsimlash, ilmiy izlanishlarning (mavzularning) loyihalari va natijalarini baholash, hisobot berish tartibi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Jamg‘armalar o‘z faoliyati haqida yillik hisobotni e’lon qilib borishi shart.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
41-modda. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorligi milliy ilmiy maktablarning jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, dunyo ilm-fani va texnologiyalari ilg‘or yutuqlaridan milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini yuksaltirishda foydalanish, chet el investitsiyalari, chet ellik yetuk ilmiy va texnologiya markazlari, olimlar, mutaxassislarni mamlakatga jalb etish, ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarning xorijda tajriba va malaka orttirishlarini ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Davlat O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari, shuningdek xalqaro ilmiy dasturlar va loyihalar doirasidagi ilmiy faoliyatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Ilmiy faoliyat subyektlari xalqaro va xorijiy ilmiy hamda texnologiya tuzilmalariga a’zo bo‘lish, xalqaro ilmiy dasturlar va loyihalarda qatnashish, cheklovlar bo‘lmagan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi ilmiy tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 38,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish