Ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar



Download 35,1 Kb.
bet1/14
Sana30.04.2020
Hajmi35,1 Kb.
#48249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
30 mavzu. Fozilova.M




Jizzax Davlat Pedogogika Instituti “Maktabgacha ta'lim" fakulteti “Defektologiya: logopediya" yo'nalishi

Ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar

va ixtirochilar hayoti


R E F E R A T

O'qituvchi: Z.Sh.Jumayeva

Tayyorladi: M.Y.Fozilova

Jizzax-2020

REJA:

  1. Jahon ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi va olimlar



  1. Qadimgi Yunonistonda ilm-fan



  1. Mavorounnahrda ma'daniy hayot


1.Jahon ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi va olimlar


Vilgelm Rentgen

Vilgelm Rentgen (1845 -1923) Germaniyaning kichikroq qishloqlaridan birida tug’ildi. U Tsyurix politexnikumida ta’lim oldi. Keyinchalik Lyutsburg universitetiga kelib professor unvoniga ega bo’ldi va Maksvellning elektromagnitlar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. Shu bilan birga Rentgen turli gazlarning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlarini o’rgandi.

V. Rentgen 1895-yil anod va katoddan iborat elektrodli vakuum trubkalarida tajriba o’tkazayotib bir qancha yangi hodisalarni va noma’lum nurlarni kuzatadi, tasodifan Rentgen o’zining qo’l suyallarning qora tasvirini plastinkada ko’rib qoladi. Bu nurlarni har qanday to’siqdan, odam tanasi, qog’oz, karton va yupqa metall qatlamlaridan osongina o’ta olish qobiliyati borligini aniqladi. Boshqa nurlardan va quyosh nurlaridan farqli bo’lgan bunday ko’zga ko’rinmas bu nurni tushuntirib berish oson emas edi, shu sababli Rentgan uni “X- nur”, ya’ni kelib chiqishi noma’lum nur, deb ta’rifladi. Keyinchalik olimlar bu nurni “Rentgen nuri” deb nomlashdi. Bu nur hozirgi hayotida juda keng qo’llanilmoqda, ayniqsa tibbiyot sohasining rivojiga bu nurlarning ahamiyati g’oyat kattadir.

Genrix Gerts

Genrix Gerts (1857 -1894) Germaniyaning Gamburg shahrida tug’ildi. U muhandislik bilimlarini o’rgandi va keyinchalik, fizikani o’rganishga qiziqdi. U elektr zaryadlr ustida ko’p tajribalar olib bordi. Ana shu tajribalarning biri shuni ko’rsatdiki, elektr oqimi o’zidan elektromagnit to’lqinlar chiqarar ekan va buni bir qancha uzoqlikdan ham aniqlash mumkin. Bundan xulosa chiqargan G. Gerts haqiqatdan radioto’lqinlar – elektromagnit nurlanishning alohida ko’rinishi mavjudligini isbotladi. Keyinchlik, radioto’lqin ham xuddi yorug’lik to’lqiniga o’xshab, fokuslanish va sinib qaytish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Genrix Gertsning ishlari Maksvellning teoriyasini rivojlantirdi, ya’ni elektromagnit to’lqinlar xuddi yorug’lik nurlanishi kabi bo’lishini tasdiqladi.



Jeyms Maksvell

Jeyms Maksvell (1831 -1879) Shotlandiyaning Edinburg shahrida tug’ildi va shu shaharda ta’lim oldi. U matematik va Fizik edi. Uning asosiy tajriba va ishlari asosan, elektr va magnetizmga bag’ishlangan edi. Xans Ersted va Maykl Faradeyning g’oyalarini hamda nazariyalarini rivojlantirib elektromagnit kuchlanishni matematik hisobini va formulalarini keltirib chiqardi. U elektr toki manbai hosil qilgan magnit maydonning tarqalish tezligi tenglamasini tuzdi. Maksvell bu tezlikning yorug’lik tezligiga yaqin bo’lishini aniqladi va yorug’lik ham elektromagnit to’lqinning alohida ko’rinishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.




Download 35,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish