Ilk uygonish davri goyalari. Reja


Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g'oyalari



Download 31,94 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi31,94 Kb.
#886191
1   2   3   4
Bog'liq
Ilk uygonish davri goyalari. Reja

3. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g'oyalari
«Qutadg'u bilig» — Qutga, ya'ni baxt-saodatga eltuvchi bilim, degan ma'noni beradi. Uni mutafakkir shoir 1069-yilda yozib tamomlagan. Muallif bunday ulkan tarbiyaviy, ma'naviy, iqtisodiy tafakkur manbayi bo'lgan asarni yozish uchun uzoq tayyorgarlik ko'radi. U ko'plab o'lkalarga sayohat qiladi, ko'plab madaniy-adabiy manbalarni o'rganadi, tadqiq etadi. U deyarli barcha turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalarda (Xitoy, Turkiston, Eron va Turon) bo'ladi.
Asar o'sha davrning podshohi Tavg'ochxon huzuriga keltiriladi. Xon bu asar bilan tanishib chiqqach, uning badiiy, ilmiy, tarixiy, ma'naviy ahamiyatini haqqoniy taqdirlab, shoirga Xos Hojib unvoni beriladi. Ushbu asar XV asr o'rtalarida Hirot shahrida qayta ko'chiriladi. Ma'lumki, bu davr Xirotda Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi so'z mulkining daholari ijod etar edilar. Shunday bir muhitda kitobga berilgan e'tibor asarning haqiqatda ham juda yuqori qiymatidan dalolat berar edi.
«Qugadg'u bilig» biz uchun g'oyat muhim iqtisodiy g'oyalar ilgari surilgan asar sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Asardagi iqtisodiy munosabatlarning turli jihatlari to'g'risidagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa, qimmatlidir. Asarda mehnatga to'g'ri haq to'lash, boshqalar mehnatini to'g'ri taqdirlash, qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o'rin berilgan. Asarda muallif taqsimot munosabatlariga, ularning rag'batlantiruvchi ahamiyatiga e'tiborni qaratadi, zero, rag'batlantirish kuchiga ega bo'lgan taqsimot munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini orttiradi. Yusuf Xos Hojib yozadi: «Xizmat ahli o'z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko'ngli sinadi».
«Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turli- tuman toifalarga bo'linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo'g'i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko'rgan xodimning boshi ko'kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko'ngildagidek boladi».
Ko'rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni, barchani bab-barobar ta'minlash tizimini tanqid qilmoqda. Har bir xodim o'z mehnatiga, harakatiga, ish unumiga, keltirgan nafiga qarab taqdirlansa, hamma ish ko'ngildagidek bo'ladi. Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi tunga yollangan xodimning mehnatini to’g’ri qadrlashga chaqiriladi. Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam – ulik, essiz utgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 y. «Kutadgu bilik» asarini yaratgan).
IX - XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg’or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk Ipak yo’li, Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya)ni Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan chambarchas bog’lar edi. Bu esa karvon yo’li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama-qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O’rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy-ma’naviy savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantiradi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo’lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo’lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog’u toshlardan, qum cho’llardan olib o’tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko’rish kerak bo’ladi.
Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo’ldagi davlatlar, xalqlar talab-ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko’pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyogaa tanilgan Xorazmiy, Farg’oniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Yusuf Xos Hojib, Nizomul – mulk va boshka ko’plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. Sharq uyg’onish davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko’plari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Forobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyb barcha sohalarni o’z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetadiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir – «Muallimas-soniy» - «Ikkinchi muallim deb atay boshladilar.
Olimning ayniqsa, «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovor bo’lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog’liq bo’lgan muhim g’oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Forobiy o’z ustozi Arastu g’oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to’ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo’lgan «ehtiyoj»ni ta’rifladi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o’rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o’z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo’lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus kishilarga bo’lib berish afzalligi ko’rsatildi («Qushni so’ysa ham, kassob so’ysin»). Mehnat taqsimoti to’g’risidagi g’oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (XVIII asr) asosidir.
Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Sino (980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarining soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig’i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahlok, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan. Lekin bizgacha uning fakat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hurmatlab «Shayx Ur-rais» deb ataganlar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog’liq muhim g’oyalar ilgari suriladi. Inson sog’ligining ichki va tashki muhitga bevosita bog’liqligi, ayniqsa, ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko’rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo’lgan kategoriya «extiyoj»ni ta’riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarining o’rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G’arbiy Yevropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan suralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi. Baxouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «dil yor (Allox) bilan, kul ish bilan (band bo’lsin)» degan tezisi o’sha davr uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga fakat e’tiqod qilishning o’zi kifoya deb bilingan. Nizomul-mulk (1018-1092) «Sayoxatnoma» asarida hukmdorlar va qozilarning mansabni suiiste’mol qilishini, soliqlarning og’irligi, davlat mablag’larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida ikto’ni tanqid qilgan. Iqto’ – o’rta asrlarda o’rta Sharq, shu jumladan, O’rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga chek yer in’om qilingan (Temuriylar davlatida suyurgol).



Download 31,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish