2.2 ILK QADAM DAVLAT O’QUV DASTURINING TURLI MTT LARDA QO’LANILISHI.
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish Maktabgacha ta'lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: maktabgacha ta'lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va hududiy an'analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Davlat o‘quv dasturiga ilovalar 1-ilova MTT ta'lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar Ta'lim dasturi (quyida – Dastur) – MTT Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta'lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta'minlashi lozim. Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar. Dastur majburiy qism va ta'lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi.
Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta'lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
• maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
• mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo‘lim;
• tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta'minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o‘ziga xosligi bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otish hisoblanadi va bu esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir. Tizimdagi yana bir qiziqarli yangiliklardan biri bu bolaning rivojlanish kartasi paydo bo‘lishi va u o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi, karta bir yilda uch marta to‘ldiriladi va bola maktabgacha ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng ya’ni 6—7 yoshda bolaning maktabga tayyorligi kartasi ham to‘ldiriladi hamda ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanib, bola rivojlanishining beshta asosiy yo‘nalishini qamrab oladi:
– Jismonan rivojlanish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish;
– Ijtimoiy — emotsional rivojlanish;
– Nutq, suhbatlashish, o‘qish va yozishdagi yutuqlari;
– Bilim olish jarayonining rivojlanishi;
– Ijodiy rivojlanish.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon O‘quv-tarbiyaviy jarayon «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. 4.1. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish O‘quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi . O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: maktabgacha ta'lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va hududiy an'analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
MUNDARIJA
Do'stlaringiz bilan baham: |