«Kimda nima?» o’yini O’yin bolaning xotira va diqqatini rivojlantirish, hamda ziyrakligini oshirishga yordam beradi. O’yin uchun oldindan rasmli kartochkalar tayyorlab qo’yiladi. O’yindan ko’ngilochar mashq sifatida ham foydalanish mumkin.
O’yinda 4-5 bola ishtirok etadi. Bolalarning har biriga rangli rasm beriladi. Rasmlar bir xil mavzuda bo’lishiga ehtibor berish lozim. Masalan, gullar, mevalar, sabzavotlar va h.z. 1- o’yin turi: Bolalar bir qator turib olishadi. Birinchi bola o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsani nomini aytadi. Ikkinchi bola birinchi bolaning ismi va narsa nomini takrorlab, so’ng o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsaning nomini aytadi. O’yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi.
2- o’yin turi: Bolalar qolganlarga teskari qarab qo’llaridagi rasmlarni almashtirib olishadi. Qolgan bolalar nima o’zgarganini to’ishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |