Mavzu:“Ilk O’rta asr sanati (IV-IX)
O’rta asr san’ati evolyutsiyasi ham chuqur o’zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ilk o’rta asrlarda (5-9 asrlarda) franklar san’ati yetakchi o’rinnni egallagan. CHunki bu davrda franklar davlati deyarli butun yevropa hududini egallagan. hokimiyat merovinglar sulolasi qo’lida bo’lgani bois, 5-8 asrlar san’ati ko’p hollarda merovinglar san’ati deb ham ataladi.
Mohiyat-mazmuniga ko’ra bu san’at xristianlikkacha bo’lgan davrga xos edi. Bu davrda kiyim-kechak, qurol-yaroq, naqshlar bilan bezatilgan ot-ulov anjomlarini tayyorlash bilan bog’liq holda hunarmandchilik yuksaldi.
Minyatyura-kitoblarni rasimlar bilan bezash keng tarqaldi. Monastirlarda diniy kitoblarni yozish bezashga moslashtirilgan maxsus ustaxonalar-«skriptoriylar» faoliyat ko’rsatgan. Biroq oid frak me’morchiligi namunalari juda kamsaqlanib qolgan bo’lib, ular hozirgi Fransiya huquqidagi bir nechta kichkina cherkovlardangina iborat xolos. Varvarlar me’morchiligi (xristianlikkacha bo’lgan davr) namunasiga Ravenndaga ostgot qiroli Teodarix (520-530 yillar) qasri misol bo’la oladi.
Merovinglar sulolasi merosxo’rlari Karolinglar davri, (8-9 asrlar) ayniqsa «Ronald haqida qo’shiq» poemasining afsonaviy qahramoni Buyuk Karl hukumronligi vaqtida O’rta asrlar san’ati yuksak taraqqiyotga erishdi. BuyukKarl- franklar qirolligini boshqargan (768- 824 yillar davomida) yirik hukumdorlardan biri edi. «Buyuk» laqabi Karlga 53 ta harbiy yurishlarga boshchilik qilganligi, qonunchilik sohasida amalga oshirgan salmoqli ishlari, ilm-fan sohasidagixizmatlariuchun berilgan baho edi.
Bu davrda san’at, asta-sekin varvarlik ta’siridan xolos bo’lib, antik davr merosiga faol murojaat qila boshlaydi. SHuning uchun bu davrni ma’lum manoda «karolning Uyg’onishi» deb ham aytishadi. Bunda yuqorida ta’kidlaganimizdek, Karl Buyuk hissasi alohidadir. U o’z saroyi qoshida madaniy-ma’rifiy markaz tashkil qilib, uni Akademiya deb ataydi. Karl Buyuk akademiyada buyuk olimlar, faylasuflar, shoir va rassomlar ijodi uchun qulay sharoit yaratishga katta homiylik ko’rsatdi. Natijada bu davrda fanlar va san’at sirlarini chuqur o’rganish, taqiq qilish, ularni yanada rivojlantirishga bo’lgan intilish kuchayadi. Ayniqsa antik davr madaniyati bilan mustahkam aloqa o’rnatilishi uchun ko’p sa’y-harakatlar amalga oshiriladi.
Karolinglar davriga oid bir qancha memoriy yodgorliklar saqlanib qolgan bqlib, ulardan biri-sakkiz qirrali gumbaz bilan qoplangan, sakkiz burchakli inshootdan iborat Aaxendagi (800 yil) Karl Buyukning cherkovidir.
Bu davrda ham miniatyura san’ati rivojlanishda davom etdi. Mazmuni asosan diniy mavzularda bo’lishiga qaramasdan , ilk o’rta asr oxiriga kelib,
ularda ov, yer haydash kabi inson faoliyatiga doir boshqa mavzular paydo bo’la boshladi.
Karolinglar imperiyasi qulab, mustaqil Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari paydo bo’lgach, o’rta asr san’ati yangi bosqichga qadam qo’yadi.
Ilk o’rta asrlarda xristian yevropasi haykaltaroshlik va tasviriy san’at taqiqlangan bo’lishiga qaramasdan, ularda ham ancha vaqt davomida asosan diniy mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg’ambar, Momo Xudo, apostollar (payg’ambarlar) tisollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yunon va rim afsonalari timsolarini eslatgan. Xristianlarni ayrim tamoyillari qarama-qarshi bo’lishiga qaramasdan, antik dunyoning madaniy-tarixiy an’analari xristian dini tomonidan butunlay uloqtirib tashlanishi mumkin emas edi. Xristian dinini qabul qilgan ko’plab odamlarda ko’plab hali eski madaniyat an’analari bilan bog’liq bo’lgan turli estetik ehtiyojlar saqlanib qoladi.
Eng dastlabki xristianlarda Xudo tasvirini yaratish muammosi bo’lmagan, chunki dastlabki xristianlar yahudiylar bo’lib, ularning dinida tasviriy san’at umuman ta’qiqlangan edi. Xristian dinining g’arbga tarqalib borishi bilan yangi xristianlar Xudo timsolini ko’rishni xohlaydilar, Diniy markaz bo’lmaganligi bois bundan muammolarni hal qilish imkoni yo’q edi. Isoni Orfey ko’rinishida , chiroyli yoki xunuk qilib tasvirlashga urinishlar bo’ldi. Ikonalarni yaratishning yo’lga qo’yilishi ma’lum ma’noda mazkur muammolarning yechimini topish imkonini berdi. Ikonografiya – bu Iso payg’ambar timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat’iy amal qilishi lozim bo’lgan qonun- qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy-hissiy bog’lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda Xudoni bandalarning gunoh kechmishlarini mafirat etishga qaratilgan motamsaro ko’rinishini ifodalagan ikonalar yaratishning turli milliy, hududiy maktablari paydo bo’la boshladi (masalan, Vizantiya, Rus maktablari) . Ikona chizishda rassomlar yirik tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo’lishiga intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli bo’lib, real hayotiylikdan chetlash orqali tamoshabin e’tiborini to’la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini bergan.
Etuk o’rta asr boshlari- X asr vengerlar, saratsin (musulmon) lar , ayniqsa normannlar yurishlari natijasida eng murakkab, og’ir davr bo’ldi. YAngi tiklanayotgan davlatlar chuqur inqiroz va tanazzulni boshdan kechirar, san’at ham shunday holatda edi. Ammo X asr oxiriga kelib ahvol ancha yaxshilanadi: feodal munosabatlar o’rnatilib, hayotning barcha jabhalaridagi kabi , san’atda ham jonlanish va yuksalish kuzatiladi.
O’rta asrlardagi tasviriy san’at asarlarida insonlarning bo’shliq mavjudligini ongli ravishda tan olmaslikka intilishi aks etib turadi. SHu boisdan bu davrda yaratilgan ko’pchilik tasviriy san’at asarlarida osmon tasvirlanmagan. Osmon ramzi bo’lgan havo rang ayni chog’da inson erki, ozodligi ramzi bo’lgan. SHuning uchun rassomlar o’z asarlarini turli tasvirlar, masalan, serbarg o’simliklar, murakkab geometrik shakllar, to’g’ri va kesishgan chiziqlar, tillo rang muhit bilan bezatganlar. Rasmlardagi odamlar guruhi yaxlit bitta tanadan ko’p boshli, ko’p qo’l– oyoqlidek gavdalanadi. CHunki gavdalar orasida bo’sh joy bo’lmasdan, ular bir-biriga jipslashib turgandek idrok etiladi. O’rta asr rasmlarida mazmunan va geografik jihatdan, vaqt nuqtai nazaridan o’zaro bog’liq bo’lmagan voqea hodisalarni ham birlashtirishga intilishni his etamiz. Masalan, 15 – asrda yaratilgan va hozirgi kunda Florensiya muzeyida saqlanayotgan naqshinkor idishdagi «Paris ustidan sud» asarida mashhur afsonaning birdaniga bir nechta ko’rinishlari tasvirlangan: Parisning cho’ponlik davri, Momo-Xudolar yig’ini, oltin olmaning taqdim etilishi va hakazo. O’rta asr rasmlaridagi umumiy vaqt tasodif emas, balki qonuniyatdir.
O’rta asrlar musiqasida ham asosiy mavzu xudoni kuylash, injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy-ahloqiy poklanish, gunohdan mag’firat bo’lish aqidalari edi.
Musiqaviy madaniyat negizini cherkov qo’shiq-kuyi (liturgiya), sheriyat va dramaturgiyani o’zida uyg’unlashtirgan cherkov tantanalari tashkil etdi.
Me’morchilik ham ilohiyatning unsiz targ’iboti tarzida namoyon bo’ldi.
Me’morlar V-VII asrdayoq shaharlarni rejalashtirishning yangi uslublarini yaratishdi. YAngi ko’rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona joylashib, unda shaharning turli tomonlariga ko’chalar tarqalgan. Xuddi shu paytdan ko’p qavatli, peshtoqli uylar, boylarning mustahkam koshonalari, saroylari paydo bo’ldi. Vizantiyada cherkov va ibodatxonalar qurilishi ham yuksak san’at darajasiga ko’tarildi. 532-537 yillarda imperator YUstinianning buyrug’i bilan bunyod etilgan Muqaddas Sofiya ibodatxonasi bunga misol bo’la oladi. Bino gumbazi diametrining 30 m. dan ortiq bo’lib, ibodatxona ichidagi ustunlar, uning devorlari turli rangdagi marmarlar va mozaikalar bilan qoplangan.
Evropada qurilish-me’morchilik sohasi ayniqsa XI asrdan boshlab tez rivojlandi. Dastlabki paytda binolar va hatto, feodal zadogonlari qal’alari ham yog’ochdan qurilgan. O’rta yer dengizi havzasidagi shaharlar qurilishida toshni ashyo sifaatida ishlatish uchun bir necha asr kerak bo’ldi.
Toshning yumshoq turlari bo’lmagan mamlakatlarda, jumladan, Angliya va Polshada binolar pishiq g’ishtdan qurilgan. Ibodatxonalar va monatirlar toshdan qurilgan. O’rta asrda badiiy uslub hodisasi paydo bo’ladi. O’rta asr g’arbiy yevropa me’morchiligida X-XIII asrlarda roman uslubi keng tarqalgan. Roman tushunchasi Rim, ya’ni Qadimgi Rim madaniyatiga bog’liq degan ma’noni anglatadi. Bu san’at asarlarida qadimgi Rim san’atining so’nggi davriga hos uslublarga qilganiga muhim ishora edi. Ushbu uslubning me’morchilikdagi o’ziga xos jihati, bu yirik binolarning qat’iy geometrik shakli, tuzilishining oddiyligidadir. Roman me’morchilik binosi ko’rinishi sokinlik va mag’rurlik hissini uyg’otar edi. Faqat monastirlar, ibodatxonalargina emas, hukmdorlarning qasrlari qam roman uslubida qurilgan. Umuman, san’atning yangi yuksalish davri shartli ravishda roman davri nomini olgan. Bu ko’proq XI-XII asrlarga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |