«ilk bolalik va kichik maktabgacha yoshda idrok xususiyatlari»



Download 208 Kb.
bet2/12
Sana20.07.2022
Hajmi208 Kb.
#829023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sevara Sherzodovna.444

Kurs ishining maqsadi:  Besh yoshli bolalarda vizual idrokning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish muammosi bo'yicha psixologik va pedagogik adabiyotlarni o'rganish, besh yoshli bolalarda vizual idrok xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan diagnostika dasturini tuzish va sinovdan o'tkazish.
Kurs ishining ob'ekt  Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokni rivojlantirish.
Kurs ishining predmeti : Ilk bolalik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokni shakllantiruvchi metodikalar.
Kurs ishining vazifalar:
1. Besh yoshli bolalarda vizual idrokni o'rganish muammosi bo'yicha psixologik, pedagogik va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish;
2. Psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish asosida, besh yoshli bolalarda vizual idrokning rivojlanish xususiyatlarini ochib berish;
3. Besh yoshli bolalarda vizual idrok xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan diagnostika dasturini tuzish va sinovdan o'tkazish;
4. Ushbu diagnostika dasturini qo'llash jarayonida olingan natijalarni tahlil qiling, xulosa va tavsiyalar tuzish.
Tadqiqot metodlari:

  1. Nazariy usullar:o'rganilayotgan masala bo'yicha psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish;

  2. Empirik usullar:tajriba, sinov. Tajriba davomida quyidagi metodlarni o'z ichiga olgan diagnostika dasturi ishlatilgan:"Bu chizmalarga nima etishmayapti?", "Chizmalarda qanday narsalar yashiringan?", "Kimligini aniqlang?"

  3. Ma'lumotni qayta ishlash usullari:olingan natijalarning miqdoriy va sifatiy tahlili.



I BOB. ILK BOLALIK DAVRIDA IDROKNING BOLA HAYOTIDAGI O’RNI.

1.1. Ilk bolalik davri psixologik xususiyatlari
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning maktabgacha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter hislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serxarakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatnining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so’zlardan bog’cha yoshidagi bola tabiatning asosiy qonuni bo’lmish serxarakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola axloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Maktabgacha yoshidagi bola endi o’z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning xarakati muvofiqlashtirilgan holda bo’ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustaxkamlashga ehtiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
* Maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosobatda bo’lish, o’ynash ehtiyojlarining mavjudligidir. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to’la o’zlashtirganlari va haddan tashqari xarakatchanliklari tufayli ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bo’lish extiyoji tug’iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosobatlarga intila boshladilar.
Xamma narsani bilib olishga bo’lgan extiyoj kuchayadi. Maktabgacha yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli extiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik sifatida ko’rib bola uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan o’sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’lik bo’lgan murakkab psixik xodisa desa bo’ladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin kadar chuqurroq bilishiga intiladi va binobarin uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug’ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o’stirishga va mustaxkamlashishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o’yindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning o’yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Maktabgacha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg’ayib mustaqil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar bo’yicha dunyosqarashi kengayib boradi.
Maktabgacha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo’lishiga intiladi. Bu o’rinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sig’adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi ham yetmayligan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo’lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni o’zi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo’lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo’lgisi keladi. Biroq tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Bu o’rinda savol tug’iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasidagi qarama - qarshilik qanday yo’l bilan hal qilinadi? Bu qarama qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali ya’ni bolaning o’yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o’yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o’yinga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o’yin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan bog’likdir. Ikkinchidan esa, bolalar o’yin jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni, o’zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo’ladilar. Bolalarning o’yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. O’yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom xayol, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o’yin faoliyatida aniq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki o’yin faqat tashqi muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o’yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi. Demak, bog’chadagi ta’lim tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko’p jixatdan bolalarning o’yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila borishga bog’likdir.
Shunday qilib, o’yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining o’zi o’yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go’yo bir mo’jizadek ko’rinadi. Natijada ular ham o’zlarining turli o’yinlari jarayonida o’xshatma qilib (ya’ni analogik tarzda) har xil xayoliy narsalarni o’ylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolarning turli xayoliy narsalarni o’ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o’zlarining har turli o’yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog’da extiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning o’yin faoliyatlarida har xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir.

.


Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish