CHunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir. Foyda, zararni bilishga majburdir. Biroq asalari bolasi-chi? U asal yig‘ishni o‘rganishi uchun na o‘qishga, na oliy o‘quv yurtini bitirishga ehtiyoji bor. U dunyo hayotiga mukammal holda yuborilgan. Inidan chiqar chiqmas ishini boshlaydi. Biz esa yigirma kun yoki yigirma yil, umr bo‘yi o‘rganishga muhtojmiz. SHuning uchun beshikdan qabrgacha ilm olishga, o‘rganishga buyurilganmiz. Inson qobiliyatini bilim va tajriba bilangina oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |