«Ilhaq» filmida qahramon Zulfiya aya rolini gavdalantirgan Dilorom Karimova bilan suhbat


Yana nimalar yoqdi, nimalar yoqmadi?



Download 25,33 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi25,33 Kb.
#745689
1   2   3   4
Bog'liq
Ilhaq

Yana nimalar yoqdi, nimalar yoqmadi?
Filmni har tomonlama tahlildan o‘tkazish juda ko‘p vaqt, sahifa va mehnat talab qiladi. Bunday chuqur tahlilni juda yaxshi ko‘raman, lekin ushbu maqola formati qisqalikni taqozo etadi – bu ilmiy matn emas, keng ommaga mo‘ljallangan qisqa taqriz. Shu bois «Ilhaq»ning qolgan jihatlariga qisqacha to‘xtalaman.

- Yuqorida ko‘rib chiqilgan kamchiliklarga qaramay, kartina ma’lum darajada tomoshabinga ta’sir qila oladi, ayniqsa birinchi ko‘rishda. Bunga erishish uchun mualliflar urush haqidagi filmlarda keng tarqalgan klishelarga – qolip obrazlar va situatsiyalarga murojaat qilgan. Misollar – burch va manfaat o‘rtasida qolib ketgan rais, qora xat olib kelaverishdan jigar-bag‘ri ezilib ketgan pochtachi, bu pochtachini urib alamini olayotgan ayollar, beshafqat harbiylar, urushdan qochib yurgan yoshlar. Bu klishelarni urush haqida asarlarda juda ko‘p uchratganmiz. Ular bir martalik emotsional ta’sir o‘tkaza oladi, lekin yodda qolib ketmaydi, asarning originalligini tushiradi. Yana «Sen yetim emassan»ga qaytamiz – unda ajoyib, esda qolib ketadigan noyob epizodlar nihoyatda ko‘p. Umuman, «Sen yetim emassan» o‘zbek kinematografida urush haqidagi filmlarning oltin standartini shu qadar yuqoriga ko‘tarib yuborganki, unga yetish tugul u bilan qiyosdan qochish juda qiyin.

- O‘zbek kinosida operatorlar ishi ko‘pdan buyon maqtovga sazovor bo‘lib kelmoqda. «Ilhaq»da ham operatorlar ajoyib ishlagani ko‘rinib turibdi. Kadr sifatli chiqqan, filmning maromini yaxshi boshqargan, shuningdek, sovet kinosining kadriga o‘xshatma qilingan joylar bor – xuddi klassik kino ko‘rayotganday bo‘lasiz. Bu bilan operatorlar sovet davrini jonliroq ko‘rsatishga uringan bo‘lsa kerak. Chamamda, filmga yirik va detalli planlar yetishmagan – bu qahramonlarning xarakterini ochib berishga, ekranda o‘ziga xos atmosfera yaratishga xizmat qilgan bo‘lardi.

- Aktyorlarning prototiplarga tashqi o‘xshashligiga urg‘u berilgan. Umuman olganda, aktyorlar rollarini yaxshi ijro etgan, kuchli ishlar bor, lekin bir talay obrazlar ochilmay qolgan (masalan, Yigitali Mamajonov ijrosidagi Shokir va Rayhona Asadova ijrosidagi Zulayho rollari). Hammaga ekran vaqti yetmagani yoki ssenariydagi kamchiliklar bunga sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Deylik, rais (Tohir Saidov), pochtachi Chori (Rahmatilla Qurbonov) va raisning o‘g‘li Mels (Bahodir Ahmedov) personajlari juda yaxshi jonlantirib berilgan, lekin Zulfiya ayadan (Dilorom Karimova) favqulodda performans va «Bittasiyam qaytib kelmadi-ya»dan ko‘ra kuchliroq final kutgan edim. Fotih Nasimov doimgidek kuchli o‘ynagan, ammo uning qahramoni ham yirik planlar va ekran vaqti kamligidan aziyat chekkan.

- Saund-treklar chiroyli va ta’sirli chiqqan, o‘rinli ishlatilgan, lekin ular ham rivojlanmay qolgan. Musiqa shunchaki fon emas, u dramatizmni kuchaytirishga, personajlar fe’l-atvorini ochib berishga xizmat qiladi. Kinoga xulosalovchi fojiali musiqa yetishmagan. Urush tematikasidagi o‘zbek kinolarida saund-trek bilan ishlashning juda yaxshi namunasi – Zulfiqor Musoqovning «Berlin – Oqqo‘rg‘on» filmi.

- Postanovka sifatli, sun’iy epizodlar deyarli ko‘rmadim, faqat Isoqjonni (Ilhom Sodiqov) va Vahobjonni (Husan Rashidov) qatl etgan fashist zobiti Turkistonni bunchalik yaxshi bilishi-yu, ikki aka-uka o‘limidan oldin bir yerda uchrashib qolgani (va fashistlar ularning aka-uka ekanini bilishi) notabiiydek ko‘rindi.

- Tarixiy muhit juda yaxshi jonlantirilgan. Balki qandaydir nuqsonlar border, birinchi ko‘rishda ularni payqamadim. Bundan yaqqol ko‘zga tashlanadigan xatolar yo‘q degan xulosaga keldim. Fonda ko‘proq radio yangrasa, ekranda ko‘proq urush atributlari, faxriylar, plakatlar ko‘rinsa, manzara yanada jonliroq bo‘lardi.
«Ilhaq»ning yana bir shubhasiz yutuqlaridan biri u SSSR propagandasiga aylanib qolmaganidadir. Ikkinchi jahon urushi voqealari ortiq darajada siyosiylashtirib yuborilayotgan bugungi zamonda bu mavzuga siyosatni qo‘shmay qo‘l urish juda qiyin bo‘lib qoldi – yondashuvingiz albatta u yoki bu tomonga yoqmaydi. Jahongir Ahmedov bayonda xolislikni saqlagan, dohiylarning manfaatlari to‘qnashuvida qolib ketib qurbon bo‘lgan, taqdiri singan oddiy odamlarni yaxshi ko‘rsatib bera olgan. Film urushning yomonligini va beshafqatligini, urushga bahona qilib ko‘rsatiladigan ideallar tinch turmushimizni buzishga va jonimizni qurbon qilishimizga arzimasligini ko‘rsatib bergan – shu bois oxirida raisning ko‘zi ochildi, shu bois urushda o‘lib ketishni xohlamagan Melsni salbiy obraz hisoblamayman, uning motivlarini tushunaman.
Filmdan olgan xulosam quyidagicha. Kecha ukangning to‘yida raqs tushayotgan eding, ertaga esa o‘zing tanimaydigan odamlarga qarshi qurol ko‘tarib, ularning qurolidan juvonmarg bo‘lishing mumkin. Inson hayoti buzilib ketishi naqadar osonligi, siz-u biz kabi odamlar kimlarningdir o‘ylamay qo‘yilgan imzosi-yu, allakimlarning manfaatlari yo‘lida bekordan-bekor juvonmarg bo‘lishi, bu ularning yaqinlariga mislsiz azob berishi mumkinligidan darak beradi bu film. «Ilhaq»ni eng kamida mana shu xulosa uchun ham ko‘rish kerak.

Download 25,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish