Boshqarish
Boshqarish (iktisodiyotda) — xoʻjalik
obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini
tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni;
subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va
iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga
muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi,
ularning faoliyatini yoʻnaltirish va
koʻzlangan natijalarga erishish
maqsadlarida amalga oshiriladi. B.
usullari boshqariladigan obʼyektning
oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin
hamisha boshqaruv qarori tatbiq
etiladigan davrni ajratib olishni nazarda
tutadi. B. xoʻjalik faoliyati davrlari uchun
ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq
holda olib boriladi. B.ning iqtisodiy,
maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud.
B.ning iqtisodiy
usulidakutilganmaqsadlarga erishish
uchun iqtisodiy vositalardan
foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish,
texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik,
narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq
va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri
foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab
chiqarish jamoasini tashkil etadigan
kishilarning shaxsiy va guruhiy
manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali
ularning samarali ishlashi taʼminlanadi
(mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi
toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta
pul bilan takdirlash va boshqa
ragʻbatlantirish choralari). B.ning
maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar
asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz
xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni,
shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib,
ularning vazifalari, masʼuliyati va
huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish,
resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni
taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish
markazlashtirilgan tartibda olib boriladi.
Ijtimoiyruhiy usuldagi B. ijtimoiymaʼnaviy
vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning
feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning
ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib
boriladi.
B. tarkibiy jihatdan korxona, firma,
kompaniya, birlashma va boshqa
miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman,
shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi.
B. ishini davlatning boshqaruv organlari
yoki boshqaruvchshshr (menejerlar)
amalga oshiradi. B. jarayonida vaziyatni
B., yaʼni oʻzgargan iqgisodiy vaziyatga
tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin
tutadi. Vaziyatni B.ning vazifasi xoʻjalik
obʼyektini uning uzoq muddatli
maqsadlarini amalga oshirishga
yunaltirishdan iborat. B.da mahsulot
sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab,
taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda
muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi
va ularning kutilgan natijalarga olib
kelishi B.ning toʻgʻri yoki samaradorliligini
tasdiqlaydi (q Menejment).
Sadir Salimov.
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Boshqarish&oldid=1823079
"
dan olindi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |