Boshqarish
Boshqarish
(iktisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va
yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli
maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan
natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. B. usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga
xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni
nazarda tutadi. B. xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib
boriladi. B.ning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. B.ning iqtisodiy
usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar
(rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq
va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil
etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali
ishlashi taʼminlanadi (mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla
katta pul bilan takdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). B.ning maʼmuriy usuli buyruq va
farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni,
shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda
rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish
markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi B. ijtimoiymaʼnaviy vaziyatga taʼsir
etish orqali kishilarning feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish
yordamida olib boriladi.
B. tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan
esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. B. ishini davlatning boshqaruv organlari yoki
boshqaruvchshshr (menejerlar) amalga oshiradi. B. jarayonida vaziyatni B., yaʼni oʻzgargan
iqgisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni B.ning vazifasi
xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yunaltirishdan iborat. B.da
Soʻnggi tahrir 8 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
mahsulot sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda
muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi B.ning toʻgʻri
yoki samaradorliligini tasdiqlaydi (q Menejment).
Sadir Salimov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Boshq
arish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Boshqarish&oldid=2280466
"
dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |