O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;
ishlab chiqaruvchi subyektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi;
ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
Sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot tovar deyiladi. Tovar kishilarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradi. Har qanday tovar mehnat sarfi natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat tovarning qiymati deyiladi. Tovarni yaratishda qanchalik ko`p mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha yuqori va aksincha, tovarga qanchalik kam mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha past bo`ladi. Shunday qilib, pulning paydo bo`lishiga asosiy sabab bo`lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash hisoblanadi. Sotib olinadigan ne’matlarning turlari va miqdorini, bitimni amalga oshirish vaqti hamda joyini, shuningdek, bitim bo‘yicha kontragentlarni tanlashdagi chiqimlarni tejashga pullar yordamida erishiladi.
Barterli (mavozali) iqtisodiyotda bunday chiqimlar shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin ediki, bu amalda har qanday ayirboshlash harakatlarini amalga oshirishni istisno qilib, mehnat taqsimoti eng kam miqyos kasb etgan bo ‘lardi va faoliyatning ko‘pgina turlari aslida vujudga kelmas edi. Aks holda shunday bir iqtisodiyot tashkil topgan bo‘lardiki, unda, masalan, sochini oldirmoqchi bo ‘lgan iqtisodchi iqtisodiyot bo‘yicha m a’ruza tinglamoqchi bo‘lgan sartaroshni izlashiga to‘g‘ri kelardi. Aytaylik, yangi palto tiktirmoqchi bo‘lgan aktyor buning uchun uning filmlarda o ‘ynagan rollari bilan qiziquvchi tikuvchini topishi kerak bo‘lardi va hokazo.
Pulllar potensial sheriklar xohish-istaklarining shu tarzda juftlik holdagi mos kelishi zaruratini bartaraf etadi va bitimlarni amalga oshirish joyi hamda vaqtini, ayirbosh- lanadigan ne’matlar sifati va miqdorini, bitim bo‘yicha sheriklarni qayishqoqlik bilan tanlashga imkon beradi va hokazo. Ne’matlar qimmatini oichashdagi chiqimlarning katta qismi pullar yordamida tejaladi. Umumiy ekvivalent xususida kelishuvga erishilgan iqtisodiyotda individlar ayirboshlanadigan proporsiyalarni osonlik bilan tuzishi mumkin. Agar ikkita tovarning narxi m a’lum bo‘lsa, unda ularning nisbiy qimmati ham aniq bo'ladi. Shuni ta ’kidlash zarurki, tovar ayirboshlash munosabatlari ular paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bozorda umumiy ekvivalent b o ‘la oladigan, hamma uchun maqbul qulay tovarni izlashni obyektiv ravishda taqozo etgan.
Ma’lumki, turli davrlarda metallar — bronza, temir, mis, kumush, oltin ana shunday ekvivalent bo'lgan. Oldiniga ular taqinchoqlar, qurollar, mehnat qurollari va ko'pincha tasodifiy shakldagi va miqdorlardagi kam ishlov berilgan metall parchalari shaklida qo‘llanilgan. Ular baisoklar, novdalar, plastinalar va yombilardan iborat bo'lgan. Yombilar bilan hisob-kitob qilish uchun ularni tarozida tortishga to ‘g‘ri kelgan, lekin ko‘pincha yombilarni birmuncha kichikroq bo’laklarga bo'lish zarurati vujudga kelgan. Universal hisob-kitob ekvivalentiga b o ‘lgan ehtiyoj eramizdan oldingi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va tarkibli standartlashtirilgan yombilar paydo bo‘lishiga olib keldi. Birmuncha keyingi davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo‘lishda qulay bo'lishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq, bunday takomillashtirishlar baribir savdogarlarni hisob-kitoblarni amalga oshirishda yombilar va ularning boyliklarini tortib ko'rish zaruratidan xalos etmagan. Tovar ishlab chiqarishning o ‘sishi va tovar ayirboshlashning kengayishi, bunday jarayonlarga ko'p soni hunarmandlar hamda boshqa qatnashchilarning jalb etilishi metall puliarnmg keyingi standartlashtirilishiga va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga olib keldi.
2. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. Pul deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas.
Pul — bu umumiy ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo ‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul ayirboshlash, to‘lov, qiymatni o’lchash, boylikni to‘plash vositasi funksiyalarini bajaradigan noyob tovardir. Hozirgi iqtisodiyotda pul muomalasi amalda tovarlarning hamm a turlari muomalasining o'zgarmas sharti hisoblanadi. Pul tufayli tovarlarni qiyoslash, ayirboshlashda zarur bo'ladigan qiymatning yagona mezoniga ega bo‘lish mumkin. Pul — bu boshqa ne’matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (um umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir. Pul — bu mutloq likvidlilikka ega bo'lgan ne’matdir. Pul — bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning m aqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir. Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat qiladi.
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari yashaganingizda, sizning pullaringiz asosan ispan kumush tangalardan iborat bo’lar edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi). Fukarolik urushigacha bo’lgan davrda AQShda pulning asosiy shakllari sifatida oltin va kumush tangalar xamda xususiy banklar tomonidan muomalaga chikarilgan banknotalar, veksellar mavjud edi . Xozirgi kunda AQShda pul sifatida xukumat tomonidan muomalaga chiqarilgan nafaqat tangalar va dollar banknotalari, balki banklardagi mavjud xisobraqamlarga yozilgan cheklarni pul sifatida ishlatishingiz mumkin. Turli davrlarda pul ko’rinishida xar xil tovarlar ishlatilishig qaramasdan, pul doimo insonlar va iqtisodiyot uchun muxim xisoblangan.
Pulning iqtisodiyotga tasirini tushunish uchun, pulning aynan nima ekanligini bilishimiz zarurdir. Ushbu bobda pulning funksiyalari, iqtisodiyotni samaradorligini oshirishda ularning urni, pulning tarixiy shakllari va ularni o’lchashning yangi yondashuvlari kurib chikiladi.
Biz kunlik nutkimizda ishlatadigan , pul so’zining mazmuni iqtisodchilar uchun aloxida moxiyatga ega xisoblanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan chalkashlikdan kochish maqsadida, odatiy foydalanishdan farqli ravishda iqtisodchilar tomonidan ―pul so’zini qay tariqa ishlatilishini aniqlashtirib olishimiz lozim.
Iqtisodchilar pul (yoki pul massasi) ni cheksiz ravishda tovar va xizmatlarni ayirboshlashda, shuningdek karz majburiyatlarini so’ndirishda qo’llaniladigan umumqabul qilingan to’lov vositasi sifatida belgilashadi. Dollar banknotalari va veksellardan tashkil topgan naqd pullar to’laligicha ushbu qarashga mos keladi va pullarning bir turi xisoblanadi. Ko’plab odamlar pul xaqida gapirishganda, naqd pullarni nazarda tutishadi. (kogoz pullar va tangalar).Agarda, masalan, kimdir sizning oldingizga kelib, shunday desa ― “Pulingiz yoki xayotingiz,―Pul” deganda aynan nimani nazarda tutdingiz? deyishdan tiyilgan xolda siz tezda barcha pullaringizni unga tutasiz.
Iqtisodchilar pulning moxiyatini fakatgina naqd pullar bilan cheklanishini juda ham tor deb xisoblashadi. Cheklar xarid uchun to’lov vositasi sifatida ishlatilganligi bois, chek depozitlari ham pul o’rnida ko’riladi. Ammo pulning moxiyatini yanada kengrok aniqlash zarur: xattoki amaliyotda jamg’arma depozitlar naqd pullar va chek depozitlarga tezda aylanganligi bois pulning o’rnida ishlatilishi mumkin. Shunday kilib, iqtisodchilar pul yoki pul massasining umumiy va aniq tushunchasiga ega emaslar.
―Pul so’zi tez-tez ―boylik so’zi bilan sinonim sifatida ishlatilishi, tushunchaning moxiyatini yanada murakkablashtiradi. Odamlar tomonidan ―Joe juda xam boy – uning juda ko’p puli bor so’zining aytilishi, nafaqat uning naqd puli va bankdagi depozitida ko’p mablag’ borligini, balki aksiyalari, obligatsiyalari, to’rtta mashinasi, uchta uyi va yaxtasi borligini bildiradi. O’z navbatida, naqd pullar ―pul so’zining tor ma‘nosini anglatsada, ushbu so’zning ―boylik ma‘nosida ishlatilishi juda xam keng ma‘nosini bildiradi. Iqtisodchilar pullarni (naqd ko’rinishida,talab qilib olinguncha depozitlar va boshkalar) sotib olish uchun ishlatiladigan va boylik – jamgarilgan mulkning qiymati sifatida farklashadi.
Boylik o’z ichiga nafakat pullarni, balki boshqa aktivlar ko’rinishidagi obligatsiyalar, oddiy aksiyalar, san‘at asarlari, er, mebel, avtomobil va uyni o’z ichiga oladi. ―Sheyla – juda xam zo’r qalliq, unda juda xam ajoyib ish bor va ko’p pul ishlab topadi kabi misolda iqtisodchilar tomonidan ―daromad sifatida olingan ko’rsatkich, odamlar tomonidan ―pul sifatida tavsiflanadi. Ammo daromad bir vaqt birligida mablaglar oqimini bildiradi. Aksincha, pul bu –ayni vaqt xolatiga ma‘lum bir summani ifodalovchi zaxira xisoblanadi. Agar sizga kimdir uning daromadi 1000 doll. ni tashkil qilganini ma‘lum qilsa, qaysi davr oralig‘ida (yilda,oyda, kunda) ishlab topilganligi tug‘risida ma‘lumotga ega bo‘lmasdan, siz ushbu daromad kam yoki ko’p ekanligini ayta olmaysiz. Kimdir sizga o’zining cho’ntagida 1000 AQSh dollari borligini ma‘lum qilsa, siz ushbu summaning kam yoki ko‘pligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz.
Eslab o’tish joizki, ushbu kitob cheklovlarsiz tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashda qo’llaniladigan pulning umumqabul qilingan to’lov vositasi,shuningdek, daromad hamda boylikdan tashqari qarz majburiyatlarini so‘ndirish vositasi sifatida o‘rganishga bag‘ishlangandir. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta‘riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e‘tirof etadii. Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e‘tibor qaratgan bo‘lmasalarada , iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi―savdo sotiqning yuksak quroli sifatida ta‘rif beradi. D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu –savdo –sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi deya ta‘kidlaydi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e‘tibor qaratish lozimligini ta‘kidlaydi. ―Birinchidan, pulning iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadii. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin.
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul –bu umumiy ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne‘matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne‘matdir. Pul –bu mutloq likvidlilikka ega bo‘lgan ne‘matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksionxarajatlarini tejashdan iborat.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‘zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. Pul – qat‘iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi.
3. Aslini olganda oldinda pul funksiyalari turli xil qilib aytishgan lekin ulardan asosiy ta’riflarini keltirishni o’zi yetarlidir. Pulning qiymat o’lchovifunksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya‘ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi. O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Evropa ittifoqiga a‘zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat o‘lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat bo‘lmagan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‟lov vositasifunksiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma‘lum davrga uzilishi, ya‘ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.
Pul chig‘anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‘oz pul ko‘rinishida bo‘lishidan qa‘tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |